A Seriya futbolchisiga besh yillik qamoq jazosi tayinlandi
05 may 2023 09:43
Yangiliklar
A Seriya futbolchisiga besh yillik qamoq jazosi tayinlandi
Neapol prokurori Mauricio De Marko futbolchi uchun 4 yil-u 10 oylik qamoq jazosini so'ragan. Futbolchining sudlangani haqidagi faktlar uning B seriyada “Avellino” jamoasida o'ynagan davriga to'g'ri keladi. Sud Icco va yana ikki futbolchi – Franchesko Millesi va Luka Pinining firibgarlik sxemalarida vositachi bo'lganligi, ularning o'yin natijalariga tasir o'tkazishga uringani qayd etilgan.
Manbaning qayd etishicha, sud hukmi hali kuchga kirmagan, apellyaciya jarayonlari tugaguniga qadar futbolchi qamoq jazosini o'tamaydi. Armando sud qarori ustidan shikoyat qilmoqchi.
31 yoshli Icco o'tgan yili "Torino"dan "Monca" safiga ijara asosida kelib qo'shilgandi. Bungacha himoyachi "Triestina" va "Jenoa" klublarida ham to'p tepgan hamda Italiya terma jamoasi libosida uch o'yinda maydonga tushgan.
Joriy mavsum "Monca" 33 uchrashuvda 45 ochko jamg'arib, Italiya chempionati turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda. Icco klub safida 25 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar