So’nggi yangiliklar

01:17Мартинес ўйин давомида икки марта сариқ карточка олди, аммо майдондан четлатилмади. Бу қоидаларга зид эмасми? Йўқ!   1 00:53Аршавин: "Ливерпул"га қарши тўртта гол урган ўйиним фаолиятимдаги энг яхшиси эмас"  2 00:36Машариповнинг жамоадоши мухлисини бағрига босгани учун жазоланди  3 00:00Европа лигаси. "Милан", "Ливерпуль" ва "Байер" иштирокидаги ўйинлар бошланди (онлайн ҳисоб)  2 23:54"Барселона" мухлислари ПСЖга учралган мағлубиятдан илгари ўз жамоаси автобусига ҳужум қилишди  3 23:37Эрон Про лигаси. Ўрунов 77 дақиқа ҳаракат қилган ўйинда "Персеполис" йирик ғалабага эришди  0 23:20Футзал бўйича Осиё кубоги. Тожикистон - Жанубий Корея 2:0   0 23:10Футзал бўйича Осиё кубоги. Япония - Қирғиз Республикаси 2:3   1 23:08АПЛда дебют қилган 19 ёшли футболчи майдонга тушганидан 3 дақиқа ўтгач, ҳушидан кетди   0 22:41U-23 Осиё кубоги. Қатар ҳакам томонидан қўшиб берилган 13-дақиқада Иордания дарвозасига ғалаба тўпини киритди  15 22:22Мессини немис грандлари ўз сафига қўшиб олмоқчи  8 21:54"Барселона"да Хавининг ўрнини ким эгаллаши деярли маълум  4 21:38Жасур Жалолиддинов: "Олимпиада йўлланмаси бериладиган мусобақада қандай ҳолатда бўлишимизга қарамай, натижа кўрсатишимиз керак"   4 21:17Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган навбатдаги клублар маълум, улардан бири — "Зальцбург"  1 20:50Футбол олами. ОКМК ва "Насаф"да мағлубият: Ўзбекистон кубоги 1-тури ҳақида батафсил   0

A Seriya. "Jenoa" safarda "Atalanta" bilan durang o'ynadi. Eldor SHomurodov uchrashuvda to'liq harakat qildi Yangiliklar

A Seriya. "Jenoa" safarda "Atalanta" bilan durang o'ynadi. Eldor SHomurodov uchrashuvda to'liq harakat qildi

Italiya chempionati 18-turidan o'rin olgan "Atalanta" - "Jenoa" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Asosiy tarkibda o'yinni boshlagan hamyurtimiz final hushtagigacha maydonda harakat qildi. Birinchi bo'limda Eldor ikki bor ajoyib zarba yo'lladi, ammo omad undan biroz yuz o'girdi. Ikkinichi bo'limda ham SHomurodov ancha foydali harakat qildi va oxirgi daqiqalargacha almashtirilmadi, jamoasi esa kuchli raqibga qarshi safardagi bellashuvda bir ochko ishlab oldi.      

"Atalanta" – "Jenoa" 0:0 
"Adzurri d′Italiya" stadioni

"Atalanta" – Gollini, Gozens, Toloi, Gimshiti, Xatebur (Mele, 88), Ilichich (Lammers, 88), Froyler, Malinovskiy (Miranchuk, 66), de Ron, Palomino, Sapata (Muriel, 57).

"Jenoa" – Perin, Dzappakosta (Ongene, 80), Krishito, Masello (Goldaniga, 56), CHiborra, Badel, Radovanovich, Strotman (Bexrami, 56), Zayc (Lerager, 46), Pyaca (Pandev, 68), SHomurodov.

Ogohlantirish: Goldaniga (72), Dzappakosta (74), Gozens (83).


A Seriya turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Hozirgi daqiqaga kelib, "Kalyari"ni ortda qoldirgan "Jenoa" 16-pog'onaga ko'tarilib oldi. 13-o'rindagi "Speciya" bilan oradagi farq bor yo'g'i 3 ochko! O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov va uning jamoasiga kelgusi uchrashuvlarda ham omad yor bo'lishini tilab qolamiz. Etiboringiz uchun tashakkur, sog' va salomat bo'ling! Unutmang, futbol bu shunchaki o'yin. Asablaringizni asrang! 

Gol ura olmagan bo'lsada, Eldor yomon o'ynamadi, undan ham ko'proq - u yaxshi o'ynadi desak mubolag'a bo'lmaydi, so'zlarimizni 5 ta o'zgarish qilgan jamoa ustozi uni oxirigacha maydonda qoldirgani ham isbotlab turibdi. SHu tariqa, "Jenoa" Bergamodan bir ochko bilan uyiga qaytadigan bo'ldi. 

90+7-daqiqa. Bo'ldi, Perin to'pni o'yinga kiritib berdi va hakamning final hushtagi chalindi. 

90+6-daqiqa. Niyatiga eta olmayotgan mezbonlar hayratda!

90+5-daqiqa. Qo'shib berilgan oxirgi daqiqada to'pga intilgan mehmonlar himoyachisi va Murel parallel ravishda yiqilib tushishdi, hakam himoyachi foydasiga qaror qabul qildi.  

90+4-daqiqa. SHomurodov to'pni qabul qilib o'ng qanotdan oldinga qochib ketishi mumkin edi, raqib oyog'iga tegib to'p maydonni tark etdi.  

90+2-daqiqa. Gosensning urinishidan keyin himoyaga qaytgan SHomurodov xavfni bartaraf etdi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi. SHomurodov gol urishi uchun 5 daqiqa qo'shildi.  

Keyingi urinish esa aynan "Jenoa" futbolchilari, jumladan SHomurodov ishtirokida amalga oshirildi, lekin Pandev o'zi istagan ishni amalga oshira olmadi va 3 nafar futbolchi oldinga ketayotgan bir hujumni buzib qo'ydi. 

88-daqiqa. "Atalanta"ning navbatdagi hujumidan keyin to'p jarima maydoni ichida mehmonlar himoyachisi qo'liga tekkandek bo'ldi, lekin hakam o'yinni davom ettirishni so'radi.    

O'yin tobora yakunlanib bormoqda va tan olaylik, "Jenoa" uchun safarda "Atalanta" bilan durang o'ynab, ochko ishlash ham yomon natija emas. Lekin agar SHomurodov gol urib, jamoasi yutib ketganda Italiyadagilarni bilmadik-ku, O'zbekistonda nechchi million futbol muxlislari o'zlari Italiya chempionatida gol urgandek xursand bo'lishlari turgan gap edi. 

85-daqiqa. Qariya Goran Pandevga nisbatan qo'pol o'ynashdi.  

83-daqiqa. Ogohlantirish! Gosens Goldanigaga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi. 

82-daqiqa. Martin De Ronning kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. 

81-daqiqa. Radovanovich qoida buzishni istamasligini qanchalik ko'rsatishga urinmasin, hakam himoyachi qo'pol o'ynadi deb hisobladi. 

80-daqiqa. O'zgarish! Davide Zappakosta ("Jenoa") uchun bugungi o'yin yakunlandi. Jerom Ongene uchrashuvni yakunlab qo'yadi.    

79-daqiqa. Luis Murel to'pni qabul qilayotganda ortidagi himoyachini yuziga urib yubordi va hakam buni etiborsiz qoldirmadi. 

77-daqiqa. Robin Gosens jarima maydoniga yorib kirib ketdi va zarba yo'lladi, Perin katta qiyinchilik bilan to'pni qaytarishga erishdi.  

76-daqiqa. SHubhasiz, Eldor ham ancha charchadi, lekin shunga qaramay, yaxshi harakat qilmoqda. Hozirgi vaziyatda ham ikki bor raqiblariga to'pni bermay, jamoasida saqlab qoldi. 

"Jenoa" tarkibida yana bir o'zgarish tayyorlanmoqda. 

75-daqiqa. Ogohlantirish! Davide Zappakosta sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

74-daqiqa. Zappakosta to'pga eta olmadi va Gosensni tepib yubordi. 

73-daqiqa. Luis Murelning urinishi umuman o'xshamadi. 

72-daqiqa. Ogohlantirish! Qoida buzgan Eduardo Goldaniga sariq kartochka ishlab oldi. 

72-daqiqa. Miranchuk qulay nuqtadan jarima zarbasi ishlab bermoqda jamoasiga.

70-daqiqa. SHomurodov to'pni sherigiga uzatishda xatoga yo'l qo'ygandi, lekin Murel ham shunday javob qaytardi.

69-daqiqa. "Jenoa" jarima maydoni ichida tahlikali vaziyat. Miranchuk to'pga intilib, yiqilib tushdi va hakamga yuzlandi. Bosh hakam esa penalti yo'q deb hisobladi. 

68-daqiqa. O'zgarish! Marko Pyaca charchadi, uning o'rniga Goran Pandev o'yinga qo'shildi. 

To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 59% - 41%. 

66-daqiqa. O'zgarish! Ruslan Malinovskiy ("Atalanta") o'rniga Aleksey Miranchuk jangga tashlandi.   

65-daqiqa. Xans Xatebur kutilmaganda hujumga qo'shildi va kuchli zarba berdi, zarba kuchini taxmin qilish uchun ustundan chiqqan ovozga etibor berish etarlidek.  

64-daqiqa. Jarima maydoni ichida to'pni raqibdan olib qo'ygan Krishito tavakkal qilmay, uni maydon tashqarisiga tepib yubordi.  

63-daqiqa. "Jenoa" futbolchilari to'pni olib qo'yganda ham oldinga chiqishga qiynalishmoqda. 

61-daqiqa. "Jenoa" hujumga o'tmoqchi bo'lgandek ko'ringandi, ammo to'pni olib qo'ygan "Atalanta" soniyalar ichida yana raqib jarima maydoniga etib bordi. Xans Xatebur hujumda qo'pol o'ynadi.

60-daqiqa. "Jenoa" darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Krishito bir amallab raqib uzatmasi yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Burchak zarbasidan esa yana hech nima chiqmadi.   

58-daqiqa. Ikkinchi bo'limdagi kam sonli zarbalardan biri amalga oshirildi, ammo noaniq. "Atalanta" to'p bilan muomala qilish bo'yicha ko'rsatkichlarini ancha yaxshilab olgan bo'lsada, ha deganda zarbaga imkon topa olmayapti.  

57-daqiqa. O'zgarish! "Atalanta"da ham o'yinchi almashdi. "Ketmoni uchmagan" Duvan Sapata o'rniga Luis Murel tashlandi. 

56-daqiqa. O'zgarish! Masiello o'rnini Goldanigaga bo'shatib bermoqda. Kevin Strotman o'rniga esa Valon Bexrami maydonga tushdi.  

53-daqiqa. Davide Zappakosta qanotidan oldinga o'tdi va burchak to'pi ishlashga uringandi, raqiblar bunga ham imkon qoldirishmadi.   

52-daqiqa. CHempionatda etakchi hisoblanmish "Milan" klubi adashi Milan Badel jarohat olib maydonda shifokorlar yordamiga muxtoj bo'lib yotibdi.  

51-daqiqa. "Atalanta" raqib himoyasiga kuchli bosim uyushtirmoqda.   

49-daqiqa. Zappakosta yana tinchgina to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasidan esa mezbonlar naf chiqara olishmadi.  

48-daqiqa. SHomurodov sheriklariga yordam berish uchun ortga qaytdi va "Jenoa" himoyadan chiqib ketayotgandi, lekin to'p De Ronning qo'liga tegdi va hakamning hushtagi chalindi.  

47-daqiqa. Badel ("Jenoa") markazga yaqin joyda raqiblarini aldashga berilib ketdi va to'pni yo'qotdi. 

"Jenoa" chap qanotdan oldinga o'tib ko'rdi. Birinchi bo'limni aynan mehmonlar hujum bilan boshlashdi. 

46-daqiqa. O'zgarish! "Jenoa" safida futbolchi almashdi. Mixa Zayc o'rniga Lukas Lerager o'yinga qo'shildi. 

Bo'ldi, hakam birinchi bo'limga umuman vaqt qo'shmaslikka qaror qildi. Har ikki jamoa navbat bilan ancha keskin hujumlarni uyushtira olishdi, lekin himoyada ham bor kuchlari bilan raqibga qarshilik qilishmoqda. SHu sababli, hozircha hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limda jamoalardan, ko'proq "Jenoa"dan, ayniqsa, Eldordan samarali harakatlar kutib qolamiz!     

45-daqiqa. Masiello to'p uchun kurashda Malinovskiy bilan to'qnashib yiqilib yotibdi, o'yin to'xtatildi. 

44-daqiqa. "Jenoa" himoyachilari (bazan yarim himoyachilari ham) darvozani qo'riqlashda va raqib zarbalaridan keyin to'p darvozalarigacha etib bormasligini taminlash yo'lida astoydil mehnat qilishyapti.  

43-daqiqa. Markazda Kevin Strotmanning kutilmaganda yo'l qo'yilgan qo'pol xatosi juda qimmatga tushishi mumkin edi. Lekin yarim himoyachining o'zi xatosini to'g'rilay oldi.  

42-daqiqa. Eldor himoyachi qarshiligi va bosimiga qaramay, to'pni jamoasida saqlab qola bildi. 

40-daqiqa. SHomurodov ajoyib uzatma bilan sherigini qulay imkoniyatga chiqargandi, lekin to'p bir aylanib Eldorning o'ziga kelib qoldi va uning zarbasidan keyin darvozabon mahorat ko'rsatib, to'pni qaytarib yubordi. 

Hozircha havodagi kurashlarda Eldorga oson bo'lmayapti. 

38-daqiqa. O'ng qanotdan rivojlantirilgan tezkor hujumni Yosip Ilichich yakunladi, lekin uning urinishidan keyin to'p ancha noaniq yo'nalish oldi. 

36-daqiqa. Duvan Sapata to'p uchun kurashda himoyachiga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

35-daqiqa. To'g'ri. bu oson emas, lekin "Atalanta"ni to'psiz qoldirganda "Jenoa" ayniqsa ishonchli ko'rinmoqda.  

34-daqiqa. "Jenoa" o'z uslubiga sodiq holda, imkoniyatini kutib harakat qilmoqda.  

32-daqiqa. Mezbonlar navbatdagi hujumni chap qanotdan amalga oshirishdi va Krishito so'nggi pallada to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

31-daqiqa. "Atalanta" raqibni ancha ortga qaytib o'ynashga majbur qilmoqda. 

29-daqiqa. Sapata himoyachiga nisbatan qo'polroq o'ynagandek tuyulgandi, "Jenoa" futbolchilari ham shunday deb o'ylashdi chog'i, bir lahza to'xtab qolishdi, Duvan esa harakatni davom ettirib, zarba yo'lladi va Perrin ishonchli o'yin ko'rsatdi.   

28-daqiqa. Yana Ilichichga nisbatan qoida buzildi. Bu safar Krishito raqibni "iliq" kutib oldi. 

27-daqiqa. Zappakosta sherigi bilan "devor" uslubida o'ynab oldinga o'tdi va to'pni jarima maydoniga uzatishga urindi, lekin uzatma ko'ngildagidek chiqmadi. 

25-daqiqa. "Jenoa" futbolchilari "Atalanta"ga qarshi ham bemalol o'ynash mumkinligiga ishonib, ancha ishonch bilan harakat qila boshlashdi. Ketma-ket futbolchilar texnikalarini ishga solishdi va jarima maydoni markaziga yo'llangandi, ammo bu to'pga Eldor etib kelishi qiyin edi.  

Zaxira o'rindig'i tomondan Eldor, Eldor italyanchada bir nima deb baqirib qo'yishyapti. 

22-daqiqa. "Atalanta" yana o'ng qanotidan oldinga o'tdi. Yosip Ilichich jarima maydoniga kirib ketishni niyat qilgandi, lekin raqibiga to'qnashib yiqilib tushdi. O'yin qisqa fursatga to'xtab turdi. 

20-daqiqa. Ilichich qulay nuqtadan noaniq zarbani amalga oshirdi. 

Yarim himoyachilardan biri to'pni olib qo'ygani zahoti Eldor qochib ketishi uchun uzatmani amalga oshirdi, lekin qulayroq vaziyatdagi himoyachi hamyurtimizga imkon qoldirmadi. 

19-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin Sapata imkoniyatga ega bo'ldi, ammo Perrin ham bo'sh kelmadi.  

18-daqiqa. Zappakosta qanotdan amalga oshirilgan uzatmadan keyin tavakkal qilmay, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.   

14-daqiqa. "Jenoa" ijrosida qarshi hujum, Marko Pyaca himoyachilarni sherigi yordamida chalg'itib, markazdan oldinga o'tdi va pastki o'ng burchakka zarba yo'lladi, lekin darvozabon nuqta tanlashda adashmadi.  

13-daqiqa. Kevin Strotman qoidani buzdi, "Atalanta" qulay nuqtadan jarima zarbasi amalga oshiradi. Ilichichning zarbasidan keyin Perrin to'pni qaytarib yubordi. 

12-daqiqa. "Jenoa" futbolchilari to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishga urinishmoqda. 

11-daqiqa. Markazda Eldor to'pni boshi bilan o'ynadi, Palomino esa to'pga etolmagach, oyog'ini hamyurtimizning boshi balandligiga ko'tardi va hakam xavfli o'yin bo'lganini qayd etdi. 

10-daqiqa. CHap qanotda to'pni qabul qilgan Eldor dadil ravishda oldinga o'tdi va ikki raqibini dog'da qoldirib, to'pni markazroqda turgan sherigiga etkazdi, hujumdagi yakuniy zarbani Zayc berdi, lekin darvozabon to'pni avval qaytarib, keyin ushlab olishga muvaffaq bo'ldi.  

8-daqiqa. Uxxx, sal qolishiga sal qoldi. Ajoyib uzatmadan keyin SHomurodov to'pni o'ziga bo'ysundirib oldi va darhol zarba yo'lladi, lekin to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. Boshlanishi yomon emas. Olg'a, Eldor.  

6-daqiqa. Eldor hujumni rivojlantirishda o'z vazifasini alo darajada bajardi, o'zi tomon uzatilgan to'p uchun kurashda raqibidan ustun chiqib, to'pni o'ng qanotga etkazdi, ammo keyinroq uni sherigining uzatmasi qovushmadi va ish zarbagacha etib bormadi.  

4-daqiqa. Kutilganidek "Atalanta" ustunlikni qo'lga olish uchun harakat qilyapti, lekin "Jenoa" ham bo'sh kelmayapti. 

3-daqiqa. "Jenoa"ning ilk hujumi, ilk urinishi Marko Pyaca ijrosida bo'ldi, qaysidir manoda Eldordan to'pni qizg'angan futbolchining zarbasi noaniq bo'ldi.  

2-daqiqa. Hozircha to'p asosan maydon markaziga yaqin hududda yuribdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi. Uni Duvan Sapata boshlab berdi. 

Har ikki jamoa azolari maydonga tushib kelishdi. 

Kubok bahsida "Yuventus"ga qarshi o'yinda dam olish imkoniyatiga ega bo'lgan Eldor bugun asosiy tarkibda va jamoasi uchun muhimroq bo'lgan bahsda foyda keltirishiga harakat qiladi. Biz esa bunga umid qilib qolamiz. Jamoa bosh murabbiyi o'sha kuni bir qator asosiy futbolchilariga dam berganidan ham bilish mumkinki, asosiy vazifa A Seriyada jon saqlab qolish deb belgilangan. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Atalanta" – "Jenoa"

22.00, "Adzurri d′Italiya"

"Atalanta" – Gollini, Toloi, Jimsiti, Palomino, Xatebor, De Ron, Freyler, Gosens, Malinovskiy, Ilichich, Sapata

"Jenoa" – Perin, Strotman, Radovanovich, Masello, Zappakosta, Badel, Krishito, Zayc, CHiborra, Pyaca, SHomurodov.

Reyting: +62   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика