So’nggi yangiliklar

23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  0 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  2 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  2 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  11 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  61 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1

A Seriya, 4-tur. Prevyu Yangiliklar

A Seriya, 4-tur. Prevyu

Italiya A Seriyasining 4-turi bugun start oladi.

SHanba kuni turning uchta o'yini bo'lib o'tadi.


Mavsumni Spaletti qo'li ostida ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan "Inter" "Krotone"ga safar uyushtiradi.

A Seriyada yo'qotishlarsiz ketayotgan "Inter" to'xtatib qolish "Krotone"ning qo'lidan kelishiga ishonish qiyin. CHunki "Krotone" hozirga qadar nafaqat ochko ishlamagan, balki raqiblar darvozasini ham ishg'ol etmagan. "Milan", "Verona" hamda "Kalyari" darvozasiga yo'l topa olmagan Davide Nikola shogirdlarining Xandanovichning darvozasiga "kalit" topishi mushkul masala.
Davide Nikola o'tgan mavsumda jamoani A Seriyada olib qolishga erishgandi. Yangi mavsumda ham Nikola oldiga qo'yilgan asosiy vazifa shu.


"Inter" esa mavsumni juda ajoyib tempda o'tkazmoqda. O'tkazilgan uchta o'yinda maksimal ochko to'plagan jamoa raqiblari darvozasini 8 bor ishg'ol etgan. Luchano Spaletti qurayotgan jamoa nafaqat hujumda samarador o'ynamoqda, balki himoyada ham tartibli harakat qilmoqda.
"Inter" joriy mavsumda chinakamiga jiddiy maqsadlarni ko'zlasa bo'ladi. CHunki jamoaning hozirgi potenciali "Yuventus" va "Napoli"ga ham chempionlik uchun jiddiy kurash taklif etishga qodir.

Kunning ikkinchi bahsi "Fiorentina" hamda "Bolonya" o'rtasida kechadi.
Mavsumni juda xunuk boshlagan Pioli jamoasi o'tgan turga kelib nihoyat uzoq kutilgan g'alabani nishonladi. "Verona" darvozasiga mehmonda 5 marta yo'l topgan "Fiorentina" ruhiy bosimdan chiqib ketgani aniq. Endi esa o'z uyida o'tgan hafta "Napoli"dan "tarsaki" egan "Bolonya"ni qabul qiladi. Bu ikki jamoada hozirda ikki xil ruhiy holat. "Fiorentina" nihoyat o'ziga keldi, "Bolonya" esa "Napoli"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin biroz tushkunlikka tushgan. Turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan ushbu jamoalar o'rtasidagi bellashuv ancha qiziqarli o'tishi kutilmoqda.

O'tgan turda noqulay ob-havo tufayli dam olgan "Roma"  Rimda "Verona"ni mehmon qiladi.
Eysebio di Franchesko jamoasi o'z uyidagi oxirgi ikkita o'yinda g'alaba qozona olmadi. Ikkinchi turda "Inter"ga yutqazgan "Roma", ECHLda "Atletiko" bilan durang qayd etdi. SHu boisdan ham "Olimpiko"ga keladigan "Roma"ning ishqibozlari jamoasining g'alabasini ancha sog'inib qolishdi. Bu safar "Roma"ni xato qilishga haqqi yo'q. Aks holda Eysebio di Franchesko keskin tanqidlar ostida qolishi mumkin.
"Verona" esa o'tgan o'yindagi sharmandali mag'lubiyatdan keyin "Roma" qarshi kurash taklif etishi jumboq.
Bu o'yinda "Roma"ga g'alaba kerak, "Verona" esa ochko suv va havodek zarur.

Ertaga esa turning qolgan barcha uchrashuvlari o'tkaziladi.

Yakshanbaning ilk uchrashuvi "Sassuolo" - "Yuventus".
Allegri jamoasining A Seriyadagi ishlari doimgidek alo. ECHLda "Barselona"dan yirik mag'lubiyatni qabul qilib olgan "Yuve"ga ichki chempionatda har kim ham muammo tug'dira olmaydi.
Lekin Allegri jamoaga kelganidan buyon jamoa har gal mavsumni yo'qotishlar bilan boshlardi. Bu yili esa hozircha A Seriyada jamoa bir tekis ketmoqda. ECHLda esa Allegrining mavsum startidagi sindromi davom etdi.
"Yuventus" hali o'zining optimal sport formasiga kirib olgani yo'q. Jamoa o'yinida bazi kamchiliklar ko'zga tashlanmoqda. Himoya va yarim himoya o'rtasidagi bog'liqliklarda muammolar bor. "Sassuolo" esa aynan shu jihatga etibor qaratib, "Yuve"dan ochko olishga urinib ko'rishi mumkin. Kristian Buchchi jamoasi uchun mavsum yaxshi boshlanmadi. Jamoa hozircha g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. "Sassuolo"ning mavsumdagi ilk g'alabasi "Yuventus" ustidan qozonilsa, bu jamoaga katta ishonch bag'ishlashi aniq. Ammo bu ishni uddalash  "Sassuolo"ning qo'lidan kelishiga ishonish qiyin.
"Sassuolo" 2015 yilda o'z uyidagi bahsda "Yuventus"ni mag'lubiyatga uchratgandi. Bu g'alaba "Sassuolo"ning "Yuve" ustidan qozongan yagona g'alabasi. Qolgan barcha o'yinlarda "Yuventus" raqibiga imkoniyat qoldirmagan.

A Serida o'tgan turda "Lacio"ga yirik hisobda mag'lub bo'lgan va uchrashuvda deyarli hech narsa ko'rsata olmagan "Milan" bu gal "Udineze" bilan kuch sinashadi.
"Milan" "Lacio"dan uchralgan mag'lubiyat alamini Evropa ligasida "Austriya"dan olishga erishdi.
Ammo A Seriyadagi raqibi "Udineze" bilan Montellaning alohida hisob-kitobi bor. CHunki bu jamoalar o'rtasidagi o'tgan mavsumdagi har ikkala uchrashuvda ham "Udineze" "Milan"ni mag'lub etgan. O'tgan yilgi "Milan" bilan hozirgisini o'rtasida katta farq bor. Jamoa butkul yangilandi. "Udineze" esa deyarli o'sha-o'sha.
Yangilangan, ko'pchilik nazarida kuchaygan "Milan" o'sha "Udineze"ni enga oladimi? Bu savolga javobni ertangi o'yindan keyin bilib olamiz.

Turnir jadvalidagi uchta peshqadamdan biri "Napoli"ning bu turdagi "o'lja"si - "Benevento" bo'ladi. A Seriyaning yangi mehmoniga bu turdagi safar ancha qiyin bo'ladi. "Napoli" A Seriyada "Yuventus"ning chempionlik uchun kurashdagi potencial jihatdan eng yaqin raqibi. Mauricio Sarri ECHLdagi muvaffaqiyatsiz o'yindan keyin bu o'yinda jamoani yanada jiddiyroq tayyorlashi aniq. "Benevento" esa o'tkazilgan uchta turdan keyin hali ochko ishlamagan yagona jamoa bo'lib turibdi.
A Seriya debyutanti uchun Neapoldagi mehmondorchilik qimmatga tushishi mumkin.

Hali mag'lubiyatga uchramagan ikkita jamoa o'rtasidagi bahs har doim qiziqarli va keskin kurashlar boy bo'ladi. SHu boisdan Turindagi "Torino" hamda "Sampdoriya" o'rtasidagi bellashuv ancha qiziqarli o'tishi kutilmoqda. Turning eng etiborga molik o'yini aynan Turinda bo'lib o'tadi.
Kuch jihatdan bir-biriga mos va teng raqiblar Turinda uchrashishadi. Sinisha Mixaylovich va Marko Jampaolo qarama-qarshiligida taktik kurash kechishi aniq.

Simone Inzagi qurayotgan "Lacio"ga bo'lgan hurmat tobora kuchayib bormoqda. "Lacio"ni nafaqat A Seriyada, balki evropada ham hurmat qilishni boshlashlari aniq. "Lacio"ning ajoyib o'yinlari va qayd etayotgan natijalari bunga sabab bo'lmoqda.
O'tgan turda "Milan"ni popugini pasaytirib qo'ygan "Lacio"ning Genuyaga safar qiladi. "Jenoa" mehmoni bo'ladigan "Lacio"ga Ivan Yurich hujumkor o'yin taklif qilishi aniq. "Jenoa" har doim o'z uyida hujumkor futbol namoyish etadi. Simone Inzagi jamoasiga esa bu taklif yoqishi aniq. Ikkita hujumkor uslubni xush ko'radigan jamoalar qarama-qarshiligidan avvalo muxlislar yutishadi. O'rtaga qo'yilgan 3 ochkoni kimga nasib etishini esa o'yin ko'rsatadi.

A Seriya, 4-tur. Turnir jadvali

16 sentyabr, shanba.
"Krotone" - "Inter" (18:00)
"Fiorentina" - "Bolonya" (21:00)
"Roma" - "Verona" (23:45)

17 sentyabr, yakshanba.
"Sassuolo" - "Yuventus" (15:30)
"Milan" - "Udineze" (18:00)
"Napoli" - "Benevento" (18:00)
"SPAL 2013" - "Kalyari" (18:00)
"Torino" - "Sampdoriya" (18:00)
"Kevo" - "Atalanta" (21:00)
"Jenoa" - "Lacio" (21:00)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика