So’nggi yangiliklar

21:03"Барселона"нинг 20 ёшли дарвозабони ҳаммомда вафот этди  2 20:46ОКМК Беларусь клуби билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  2 20:29Ҳамдаллаҳ Саудиянинг бошқа клубига ўтиш арафасида турибди  0 20:12Назорат учрашуви. "Олимпик" "Металлург"ни мағлубиятга учратди  3 19:26"Бавария" ПСЖ футболчисини 90 млн. еврога сотиб олмоқчи, аммо бир йилдан сўнг  4 19:15"Локомотив" "Навбаҳор" футболчилари билан шартнома имзолади  2 19:08Кроос Кукурельянинг қўли ҳақида: "Ҳакам пенальти қўйишни хоҳламади"  13 18:45⚡️Шерзод Эсанов тез орада Россия клубига трансфер қилинади  17 18:23Эшитдик-да! Асадбек Собиржонов "Металлург" билан шартнома тузди. Бугун футболчи Бекобод клуби сафида майдонга тушди  1 18:06Рабьо эркин агентга айланди  1 17:56Льорис аргентиналикларнинг бақириқлари ҳақида: "Бу Франция халқига жиддий ҳужум"  9 17:02"Лилль" МЮга ўтиши кутилаётган Йорони қўрқитишга ўтди  4 16:53"Ал Насср" бразилия терма жамоаси вакили билан битим имзолади  1 16:15Ибрагимовичнинг ўғли "Милан" билан шартнома имзолади  2 15:41"Рома" янги мавсум учун либосини тақдим этди  3

A Seriya 28-tur yakunlari - SHomurodov gol urdi, "Milan" "Napoli"ni ayab o'tirmadi Yangiliklar

A Seriya 28-tur yakunlari - SHomurodov gol urdi, "Milan" "Napoli"ni ayab o'tirmadi

Italiya chempionatida navbatdagi tur ortda qoldi.

"Milan" Neapolda "Napoli"ni er tishlatdi

Osimxen jarohati bilan band bo'lgani uchun, asosiy tarkibda uning o'rnini Jovanni Simeone egalladi. Birinchi golli vaziyat golli vaziyat aynan kichik Simeoneda yuzaga keldi. Ammo Xvichaning qanotdan uzatgan to'pini u darvozaga aniq yo'llay olmadi. "Napoli" ustunlikka ega edi, lekin "Milan" birinchi vaziyatidanoq foydalandi. Braim Dias markazda raqiblari bilan "ishni hal qilgach", Leaoni oldinga chorladi. Portugaliyalik esa birga-bir vaziyatda to'pni Meretning ustidan tashlab qo'ydi. "Napoli" nima bo'lganini tushunib ulgurmay, "Milan" yana gol urdi. Benasser ijrosidagi qanotdan uzatmadan keyin Dias jarima maydonchasida uni qabul qildi va bir yo'la 2 himoyachini chalg'itib, to'qqizlikni aniq nishonga oldi. "Napoli" tanaffusgacha farqni bittaga qisqartirishi mumkin edi, lekin Menyan Zelinskining xavfli zarbasini qaytara oldi.

Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilanoq "rossoneri" yana bir vaziyatga ega bo'ldi. Benasser tovoni bilan to'pni Jiruga tashladi, ammo Olive qulay nuqtadan yo'llagan to'pi ustun yonidan o'tib ketdi. "Milan" pressingi nafaqat "Napoli" hujumlarini to'xtatardi, balki neapolliklar darvozasi oldida xavfli vaziyat va gollarga ham sabab bo'lardi. Tonalli maydon markazida to'pni olib qo'ydi va uni Leaoga etkazdi, Rafael esa ikki raqibini aldamchi harakatlar bilan chalg'itib, uzoq burchakni aniq nishonga oldi. Mezbonlar o'ziga butkul o'xshamasdi, "Milan" esa bundan unumli foydalandi. Kalabriyaning uzatmasidan keyin zaxiradan o'yinga qo'shilgan Salemakers yo'l-yo'lakay 3 raqibini aldab, jarima maydonchasiga yorib kirdi va Meretni ham dog'da qoldirdi. Ko'p o'tmay aynan u dubl qayd etishga yaqin edi, biroq bu safar Meret mahorat ko'rsatdi. "Napoli" esa hujumda shu kuni aytarli hech nima qila olmadi va haqli ravishda mag'lub bo'ldi. Bu uchrashuvdan keyin jamoalarning CHempionlar Ligasidagi to'qnashuviga bo'lgan qiziqish yanada ortdi.


SHomurodov "Salernitana" bilan o'yinda "Speciya"ni mag'lubiyatdan qutqardi 

"Salernitana" ilk daqiqalarni juda faol boshladi. 8-daqiqadayoq Kandrevaning zarbasidan keyin Kaldara to'pni bo'sh qolgan darvozadan qaytardi. "Speciya" oradan bir necha daqiqa o'tib, juda o'ziga xos uslubda gol urishi mumkin edi. Verde "Alya Qosimov" uslubida burchak zarbasini golga aylantirishiga bir bahya qoldi. "Speciya" hujumlari soni keskin oshdi va jamoa ustunlikni o'z tomoniga og'dirganek bo'ldi. Natijada gol urishga ham muvaffaq bo'ldi, faqat... Pentek bilan kurashda Kaldara to'pni o'z darvozasiga yo'llab qo'ydi. Bo'lim oxirida mehmonlar hujumchisi Diada oradagi farqni ikkitaga oshirish uchun vaziyat bo'ldi, ammo Drongovski qiyin vaziyatda mahorat ko'rsatdi. Burchak zarbasidan keyin Pentekning darvozaga yo'llagan to'pini ustun o'ziga qabul qildi. 

Tanaffusdan qaytgach, "Salernitana" hujumlari ancha keskinlashdi. Ayniqsa Dia faol edi. Biroq uning zarbalariga aniqlik etishmasdi. Bunga qaramay, hisobda ortda qolayotgan "Speciya" asta-sekin ustunlikni o'z tomoniga og'dirdi va bu ish berdi. Nisbatan oddiy vaziyatda Pirola sustkashlikka yo'l qo'ydi va SHomurodov to'pni ilib ketib, kiper bilan yaqinlashgach, to'pni uning ustidan tashlab qo'ydi. SHu tariqa, Eldor yangi jamoasi safida A Seriyadagi birinchi golini urishga muvaffaq bo'ldi. So'nggi daqiqalarda "Speciya" g'alabani ham ilib ketishi mumkin edi. Biroq omad o'sha lahzalarda "Salernitana"ga kulib boqdi. Avvaliga Maldini jarima zarbasidan to'sinni poyladi, keyin jarima maydonchasiga yorib kirgan Ekdal tepgan to'p ustunga tegib qaytdi. 


"Inter" "Fiorentina"ga yutqazib qo'ydi 

O'yin startida mehmonlar xavfliroq hujumlar uyushtirardi. Saponaraning uzatmasidan keyin Kastrovilli yaxshi zarba yo'lladi, ammo Onana jamoasiga pand bermadi. Ko'p o'tmay, endi "Inter"da imkoniyat bo'ldi, Mxitaryan ajoyib reyddan keyin negadir to'pni qulayroq vaziyatda turgan Lukakuga oshirmadi va o'zi zarba berdi. Terrachino to'pni qaytardi, ikkinchi urinishda esa Mxitaryanning o'zi ko'ngildagidek harakat qila olmadi. Keyingi imkoniyat Lukakuda bo'ldi, qulay nuqtaga chiqib borgan Romelu mo'ljalda adashdi. Bo'lim so'nggida undan ham xavfliroq vaziyat Ikoneda yuzaga keldi, "Fio" hujumchisi o'ta qulay vaziyatda darvozani emas, to'pni ham aniq poylay olmadi.


"Fiorentina" ikkinchi bo'limni faolroq boshladi. Kastrovilli ajoyib harakatlaridan keyin darvoza to'qqizligini nishonga olgandi, to'p biroz yonroqdan o'tib ketdi. Onana ham bu safar milanliklarni qutqara olmasdi. Bellanovaning qanotdan amalga oshirgan uzatmasidan keyin "Inter" gol urishi kerak edi, biroq Lukaku aqlbovar qilmas tarzda to'pni bo'sh darvozaga yo'llay olmadi. "Fiorentina" buni kechirmadi. Biragi ijrosidagi burchak zarbasidan keyin Kabral zo'r zarba berdi, Bonaventura qaytgan to'pga birinchi bo'lib etib bordi va hisobni ochdi. "Inter" keyingi hujumdayoq javob berishi mumkin edi. Barellaning zarbasidan keyin to'p ustunga tegib qaytdi. "Neradzurri" katta kuch bilan raqib himoyasiga bosim o'tkaza boshladi, lekin imkon topildi deguncha "fialka"lar ham qarshi hujumlarga qochishga urinardi. Eng xavfli vaziyat Lautaro uzatgan to'pga Bellanova zarba berganda yuzaga keldi, lekin Terrachino oyoqlari bilan to'pni qaytarib, jamoasiga navbatdagi g'alabani keltirdi. "Inter" esa borgan sari og'ir ahvolga tushib bormoqda.


"Roma" "Sampdoriya"ga imkon qoldirmadi

O'yin ancha sokin ruhda boshlandi. 1-vaziyat esa mezbonlar davrozasi oldida yuzaga keldi. Lekin Kyuzansning zarbasi o'ta kuchsiz chiqdi. "Roma" o'zining birinchi xavfli vaziyatini bo'lim o'rtalarida yuzaga keltira oldi. Burchak zarbasidan keyin Lorente xavf tug'dirdi. Uning o'zi ko'p o'tmay, Veynaldumni qulay nuqtaga chiqarib yubordi, ammo yarim himoyachi ustunni nishonga oldi. Rimliklar bo'lim oxirida ancha faollashdi. Ammo chinakamiga xavfli vaziyatgacha ish etib bormasdi.

Ko'p narsani ikkinchi bo'lim boshidagi Muriloning chetlatilishi hal qildi. Ustunlikka ega bo'lgan "Roma" yanada katta kuch bilan hujum qila boshladi. Va ko'p o'tmay, bu o'z samarasini berdi. Matich to'pni jarima maydonchasiga tashlab berdi, Veynaldum esa boshi bilan darvozani ishg'ol qildi. "Roma" hujum qilishda davom etar, Genui jamoasining esa ha, deganda "ketmoni uchavermasdi". Dibala va Smollingda imkoniyat bo'ldi, ammo har safar biroz omad etishmasdi. Veynaldumga esa o'sha omad kulib boqdi. U qadar xavfli bo'lmagan vaziyatda jarima maydonchasida unga nisbatan qoidani buzishdi. Nuqtaga Dibala yaqinlashdi va penaltidan unumli foydalandi. "Roma" erkin harakat qilardi va uchrashuv so'nggida yana bitta gol urdi. El-SHaaravi to'pni Solbakendan qabul qilib, Auderoni dog'da qoldirdi. "Roma" to'rtlikka yana yaqinlashib oldi, "Sampdoriya"ning ishlari esa umuman qovushmayapti.

SHuningdek, "Atalanta" yirik hisobda "Kremoneze"ni, "Lacio" esa "Monca"ni engdi, "Torino" va "Sassuolo" ochkolarni bo'lishib olishdi.


Sergey Rumyancev 

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика