9 yoki 10 - SHomurodov "Jenoa"da qaysi raqamni tanlaydi?
01 okt 2020 10:31
Yangiliklar
9 yoki 10 - SHomurodov "Jenoa"da qaysi raqamni tanlaydi?
O'zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov yaqin vaqt ichida Italiyaning "Jenoa" klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Futbolchi yangi klubi safida o'zining sevimli 14-raqamida o'ynay olmaydi. Sababi ushbu raqam jamoa himoyachisi va vice-sardori Daveide Biraskiga tegishli.
"Jenoa"da 6, 7 va 12-raqamlar hech kimga berilmaydi.
Ayni paytda 9 va 10-raqamlar bo'sh. O'tgan mavsum 9-raqamda "Betis"ga o'tib ketgan Antonio Sanabriya o'ynagandi. 10-raqam ostida "Benevento"ga ketgan Yago Falke harakat qilgandi.
SHu bois katta ehtimol bilan SHomurodov "Jenoa"da 9 yoki 10-raqamni oladi.
Malumot uchun, Eldor O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida 9, "Bunyodkor"da malum vaqt 10-raqamda o'ynagandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar