Eldor Shomurodov: "Hozir faqat "Istanbul Bashakshehir" haqida o'ylayapman"
20 jan 15:07
Yangiliklar
Eldor Shomurodov: "Hozir faqat "Istanbul Bashakshehir" haqida o'ylayapman"
"Men "Istanbul Bashakshehir"ni ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun tanlaganman. Murabbiylar shtabi va jamoaning o'yin uslubi menda juda katta taassurot qoldirdi. Hozir men faqat "Istanbul Bashakshehir" haqida o'ylayapman. Ligadagi boshqa hech bir jamoa variantini ko'rib chiqmadim", – dedi futbolchi.
Shomurodov o'tgan yozda "Roma"dan "Istanbul Bashakshehir"ga ijara asosida o'tgandi. Bitim qiymati 3 million evroga teng bo'lib, turk klubi futbolchini to'liq sotib olish huquqini ham qo'lga kiritgan.
Transfer o'zini to'liq oqladi: 30 yoshli hujumchi Superligada 18 o'yinda 13 ta gol urdi va Turkiya chempionati to'purarlari ro'yxatida peshqadam bo'lib turibdi. U hatto yulduz Viktor Osimxenni ham ortda qoldirgan — unda 6 ta gol bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar
Омад ЭЛДОР!!! Доим уз устингда ишлагин, шунаканги узлигини кураолмайдиганларни ёндиргин...
Ромада ҳам Элдорга яхшироқ ўйнашганда кўр гол урган бўларди