So’nggi yangiliklar

17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  1 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  4 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  10 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9

"8+3". O'zbekiston terma jamoasini hech qachon kuchli murabbiy boshqarmagan (12-son) Yangiliklar

"8+3". O'zbekiston terma jamoasini hech qachon kuchli murabbiy boshqarmagan (12-son)

Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

Bu gal jurnalist, PFL musobaqalarni o'tkazish bo'limida faoliyat yuritayotgan SHerzod Rajabov bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.

- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- Men kuzatganlarim ichida eng kuchlisi Lionel Messi. 

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- CHiroyli gollar talaygina. Ulardan bittasini tanlash qiyin. Roberto Karlosning Franciyaga jarimadan urgan goli. Zlatan Ibrohimovichning Angliya darvozasiga kiritgan to'pi. Mauro Bressanning "Fiorentina" - "Barselona" o'yinida kiritgan goli. 

- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim?

- Zlatan Ibrohimovich. Uni boshqalardan mutlaq ajralib turishini futbolga qiziqqan barcha bilsa kerak.

- O'zbekiston terma jamoasini boshqargan eng kuchli murabbiy kim?

- Menimcha, O'zbekiston terma jamoasini shu paytgacha kuchli murabbiy boshqarmagan. 

- Nechanchi yillardagi terma jamoamiz barcha davrlarning eng kuchlisi edi?

- 2011-2016 yillardagisi kuchliroq edi.

- Sizningcha, bugun o'zbek futbolining qaysi jihatlari tanqidga loyiq?

- O'zbekiston klublarida ish yuritayotgan murabbiylarning malakasi va saviyasi tanqidga loyiq. 

- Ayollar va futbol. Bunga qanday qaraysiz?

- Agar futbolga qiziqishsa, o'ynayverishsin. Futbol ham boshqa jamoaviy sport turlari kabi, ayollar o'ynashi mumkin bo'lgan sport turi.

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering.

- Buffon, Karlos, Puyol, Ramos, Zambrotta, Mirjalol Qosimov, Ronaldino, Guti, Zidan, Ronaldu, Messi.

- Hayotdagi kumiringiz kim?

- Otam. Men havas qilib, ergashadigan insonlar aslida ko'p. Barchasidan nimadir olishga, nimadir o'zlashtirishga intilaman.

- O'zingizga yoqmagan tarafingiz qaysilar? Kamchiliklaringiz...

- Biroz qiziqqonligim. Tezda qizishib ketaman. Boshqa kamchiliklarim o'zimga ko'rinmasa kerak, bilmadim.

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

- 2012 yilda O'FFda ish boshlaganim. 

"8+3". Rivaldoning Muborakdagi goli, Zafar Xolmurodov va Xirosima-1994... (11-son)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика