"8+3". O'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxs kim?
10 dek 2021 00:06
Yangiliklar
Bu gal sobiq futbolchi, O'zbekiston futbolchilar uyushmasi raxbari Kamoliddin Murzoev bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.
- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?
- Yaqinda PSJning o'yinini kuzatdim. Rosti, Verratti umuman boshqa dunyo. Messi, Mbappelar juda kuchli futbolchi ekanligi barchaga malum. Ammo Marko Verrattining maydonda bajaradigan vazifasi undan kam emas.
- Siz birga o'ynagan futbolchilar orasidachi?
- Rivaldo.

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?
- Roberto Karlosning Franciyaga urgan golini eng chiroyli deb aytsak bo'ladi.
- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim?
- Zidan. U o'zini ham futbolchi, ham murabbiy sifatida ko'rsata oldi.
- O'zbekiston terma jamoasini boshqargan eng kuchli murabbiy kim?
- Ubirajara Veyga da Silva

- O'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxs kim?
- Bugungi kunda o'zbek futbolidagi hakamlarni omadsiz deyish mumkin. CHunki, ularga qarshi negativ fikrlar ko'paydi.
- Siz bevosita stadiondan kuzatgan eng oxirgi o'yin?
- PSJ (3:1) "Nant.
- Qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?
- Ko'p yillardan beri "Real Madrid"ning muxlisiman.
- Hayotdagi kumiringiz kim?
- Otam - hayotdagi yagona kumirim.
- O'zingizga yoqmagan tarafingiz qaysilar? Kamchiliklaringiz...
- Erinchoqligim va o'ylamasdan haqiqatni yuziga aytib yuborishim.

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?
- 2006 yil Qatarda o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida zaxiradan maydonga tushganman. SHu voqeani hayotimning burilish sifatida eslayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar