So’nggi yangiliklar

00:02ЕЧЛ. "Бенфика" – "Реал Мадрид". Бошланғич таркиблар аниқ!  1 23:56ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Галатасарой". Ҳусанов асосий таркибда!  1 23:41"Динамо" назорат учрашувида "Акрон"га кичик ҳисобда мағлуб бўлди  0 23:02Эрон. "Персеполис" меҳмонда Фуладга ютқазди. Ўрунов бир тайм ўйнади  0 22:33"Насаф" назорат учрашувида "Иртиш"ни мағлубиятга учратди  4 22:12"Қўқон-1912" Туркиядаги илк назорат ўйинида Косово клубига ютқазди  1 21:42"Манчестер Сити" Оскар Боббни АПЛнинг бошқа клубига сотиш бўйича келишувга эришди  0 21:09Стерлинг ўз академиясида болаларни машқ қилдирмоқда. "Челси" футболчиси бу мавсум майдонга тушмади  2 20:45"Челси" Эндрикни сотиб олиш учун катта сумма тўлашга тайёр  4 20:22"Барса" ва "Ман Сити" Дюмфрисга қизиқишини сақлаб қолмоқда  0 19:45"Перес эффекти". Флорентино Беллингем ва бошқа юлдузлардан муносабатни ўзгартиришни талаб қилди  18 19:03Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлим ўтди (тўлиқ тақвим)  36 18:44Футзал бўйича Осиё кубоги–2026 кундалиги: 1-тур баҳслари якунланди (жадвал)  3 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон Тожикистонни юта олмади  33 17:38"Сени топаман!" — Адрианонинг онасини сунъий интеллект ёрдамида алдаб, пулларини ўғирлашди  2

Kamoliddin Tojiev: "Jamoadagi eng asosiy narsa bu ichki muhit hisoblanadi" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Jamoadagi eng asosiy narsa bu ichki muhit hisoblanadi"

Superliga 30-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan so'ng toshkentliklar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Qiyin bahs kechishini bilardik. "Navbahor" bilan bu erda hech qachon oson bo'lmagan. Tarkibimizda jarohat olganlar bor. Shu bois optimal tarkib bilan keldik deya olmayman. Ammo maydonga tushgan futbolchilar bor kuch bilan harakat qilishdi. Afsuski, Bashar Resan qizil kartochka olib maydonni tark etdi. O'yinni oxirigacha to'liq o'tkazganimizda balki yutib ketishimiz ham mumkin edi.

- G'alaba uchun qaysi faktor etishmadi?

- Aytib o'tganimdek, qizil kartochka, jarohat olgan futbolchilar... Lekin "Navbahor" ham kuchli jamoa. Durang o'ynab bir ochkoni qo'lga kiritdik va mavsumni ikkinchi o'rinda yakunladik. Bu ham yaxshi natija.

- Jamoani qiyin holatda qabul qilib olgansiz. Ikkinchi davrada qo'l ostingizdagilar umuman boshqacha o'yin namoyish etdi, natija ham yaxshi bo'ldi. Buning sabablarini nimada ko'rasiz?

- Eng birinchi navbatda muhitni yaxshilashga va futbolchilarni birlashtirishga harakat qildik. Chunki har qanday jamoada eng asosiy narsa bu ichki muhit hisoblanadi.

- Davralar oralig'idagi transferlar qanchalik o'zini oqladi?

- Yaxshi transferlarni amalga oshirdik. Hammasidan qoniqdik. Jamoamizga kim qo'shilgan bo'lsa, hamma qo'ldan kelgancha yordam berdi.

- Qishda Igor Sergeev klubni tark etishi mumkin ekan.

- Biz har doim Sergeevga umid qilganmiz. Uning o'zi ham "Paxtakor"da qolishni xohlaydi.

- Bobir Abdixoliqov negadir bugun maydonga tushmadi?

- Qizil kartochka sabab rejani o'zgartirdik. Aslida Bobirni maydonga tushirishni maqsad qilgandik.

- Bu yilgi mavsumdan qoniqdingizmi?

- Qoniqdim desam bo'ladi. Kubokni qo'lga kiritdik, chempionatni ikkinchi o'rinda yakunladik. Bu avvalo futbolchilarning mehnati, shu bois hammaga rahmat aytaman. Kelasi yil yana tarkibni kuchaytirishga harakat qilamiz. Chunki Osiyo chempionlar Ligasida munosib ishtirok etishimiz lozim.

- "Paxtakor" bu mavsum chempion "Neftchi"ni har ikkala o'yinda mag'lub etdi. Biroq "Qo'qon-1912", "Sho'rtan" klublari bilan kutilmaganda durang o'ynadi.

- Kuchli jamoalarga qarshi alohida tayyorgarlik shart emas. Ammo siz aytgan raqiblarga qarshi o'yinda ishtiyoq biroz pand berdi deb o'ylayman.



Reyting: +3   

Fikrlar

+4   
29 noy 21:13:20
Бахтиёр Ашуров
Барчаси учун раҳмат!
+2   
30 noy 10:43:31
Тохир
Камолиддин сизга катта рахмат.
Куласи мавсумларда катта мавафакият тилайман.
+1   
30 noy 07:40:01
Б Х
Маладец Камол Гап йук!!!!!!!!!!!!!
+1   
29 noy 22:07:44
Farhod Uktamovich
Узр, минг узур ,уша португалиялик сутакдан 1000 бор Зур Камолиддин, молодец
   
30 noy 17:17:05
TOMJIQ_OLOT
Ички ишлар вазирлиги Академияси битирувчиси, собиқ Ички ишлар ходими Камолиддин Тожиевга омад тилайман! Мана, мелисадан ҳам яхшигина мураббий чиқарканку! Офарин!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика