So’nggi yangiliklar

13:55"Манчестер Юнайтед"нинг 2 футболчиси умумий гуруҳга қайтди  0 13:29"Ливерпуль" ярим ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этади  0 13:00"Атлетико" "Ювентус" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 12:36Амрабат – "Милан"нинг ёзги мақсади  1 12:10Футзал бўйича Олий лига. БМБ Акбар Усмонов пента-трикка эришган ўйинда "Жиззах"га 9 та гол уриб, чемпионликни тантана қилди!  3 11:43"Ливерпуль" хавбеки АПЛ ва Бундеслигани солиштирди  0 11:19"Ливерпуль" "Спортинг" футболчиси учун курашда МЮдан олдинда  1 10:48«Барселона» жаҳон чемпиони билан шартнома тузишга яқин  6 10:20Анчелотти «Реал Мадрид» президенти Пересни Чемпионлар лигаси финалига чиққанидан кейин мақтади  4 10:19"Шўртан" ва "Қўқон-1912" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 09:52Хвича Кварацхелиянинг кейинги жамоаси маълум  2 09:27Криштиану Роналду: «Ҳеч қачон таслим бўлманг»  8 09:00«Боруссия» финалда «Реал Мадрид»га мағлуб бўлса, 5 миллион бонус олади  19 08:36ПСЖга Мбаппенинг ўрнига ким келиши маълум  4 08:11«Байер» 60 йиллик рекордни янгилади  6

"8+3". Katanec - xato tanlov (18-son) Yangiliklar

"8+3". Katanec - xato tanlov (18-son)

Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

Bu gal O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot kotibi, jurnalist Omonjon To'xtamirzaev bilan suhbatlashdik. U kishiga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.  

- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- Men kuzatgan futbolchilar orasida eng kuchlisi - Ronaldino.

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- ECHL 1/8 finalida (2004 yil adashmasam) Ronaldino "CHelsi" (CHex) darvozasiga urgan goli.


- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim? 

- Krishtianu Ronaldu (mehnatkashligi evaziga shu darajaga chiqqan deb hisoblayman). 

- O'zbekiston terma jamoasini boshqargan eng kuchli murabbiy kim?

- Xalqaro miqyosda o'lchasak, chinakamiga kuchli murabbiy bo'lmagan. Nazarimda, Katanec ham xato tanlov. 

- O'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxs kim?

- Har safar JCHga chiqamiz deb kutadigan muxlislar. Bevosita futbolchilarga kelsak - Odil Ahmedov. Menimcha, umumiy faoliyati inobatga olinsa, u ko'prog'iga loyiq edi. 

- Sizningcha, bugun o'zbek futbolining qaysi jihatlari tanqidga loyiq?

- Tashkiliy masalalarga hozirgidan chuqurroq qarash zarur. Deyarli hammamiz osongina futbolchilarni aybdorga chiqarishga o'rganib qolgandekmiz. Lekin maydon tashqarisidagi ishlar ham ancha muhim. 

- Siz bevosita stadiondan kuzatgan eng oxirgi o'yin?

- Vaziyat taqozosi tufayli oxirgi marta stadiondan o'yinni kuzatganimga yarim yildan ko'proq bo'libdi.

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering.

Iker Kasilyas, Filipp Lam, Karles Puyol, Serxio Ramos, Gari Nevill, Zinedin Zidan, Kazemiro, Toni Kroos, Ronaldino, Krishtianu Ronaldu, Fernando Torres.

- Hayotdagi kumiringiz kim?

- Kimnidir to'g'ridan-to'g'ri ko'chirish kerak emas, imkon qadar yaxshi hislatlarni ko'paytirish kerak. 

- O'zingizga yoqmagan tarafingiz qaysilar? Kamchiliklaringiz...

- Yoqmagan tarafim - vaqtimdan maksimal ravishda unumli foydalanmayapman, menimcha. Kamchiliklarim borasida yaqinlarim, atrofimlagilardan so'rash to'g'riroq bo'lsa kerak.

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

- Umid qilamanki, chinakamiga burilish nuqtasi deyishga arziydigan vaziyat, voqea endi (kelajakda) amalga oshadi. 

"8+3". O'zbekiston MTJni boshqargan eng kuchli murabbiy — Bob Xougton (17-son)

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика