"Manchester Yunayted"ning 2 futbolchisi umumiy guruhga qaytdi
10 may 2024 13:55
Yangiliklar
"Manchester Yunayted"ning 2 futbolchisi umumiy guruhga qaytdi
Markus Reshford va Lisandro Martines jarohatidan qutuldi.
"Manchester Yunayted"ning 2 futbolchisi – hujumchi Markus Reshford va himoyachi Lisandro Martines jarohatidan forig' bo'ldi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Xabar berishlaricha, ikkala futbolchi ham bir guruhda mashg'ulot o'tkazishgan. 26 yoshli Martines 30 martdan beri maydonga tushmagandi, uning tengdoshi Reshford esa 21 apreldan beri maydonga ko'rinmayotgandi.
Lisandro Martines joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan bo'lsa, Markus Reshford 40 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar