"Liverpul" yarim himoyachisi yozda jamoani tark etadi
10 may 2024 13:29
Yangiliklar
"Liverpul" xavbeki Tyago Alkantara mavsum yakunlanganidan so'ng jamoadan ketadi. Bu haqda "The Athletic" xabar qildi.
Aytishlaricha, 33 yoshli Alkantaraning shartnomasi iyun oyida tugaydi va u erkin agentga aylanadi. So'nggi paytlarda yarim himoyachi son qismidagi muammolar tufayli deyarli o'ynamadi.
Tyago Alkantara ushbu mavsum "Liverpul" tarkibida Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi 5 daqiqa harakat qildi va jarohat oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar