

Jumladan, “Lokomotiv” ishqibozlari uchun mavsumiy uchrashuvlarning yillik abonementi yaqin oradan boshlab sotuvga chiqadi. Qolaversa, jamoamiz ishtirokidagi o'yinlarni bevosita stadiondan ko'rishni istagan 55 yoshdan katta muxlis-u muxlisalarga “Lokomotiv” stadioniga kirish bepul bo'lishini ma'lum qilmoqchimiz. Buning uchun 55 yosh yoki undan katta bo'lgan ishqibozlardan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni olib kelish va stadion kassasida ko'rsatish talab etiladi. Shunda sizga o'yinga kirish uchun bepul chipta taqdim etiladi.
“Lokomotiv” jamoasidan mavsumoldi yangiliklari hali davom etadi!




