"4 yil oldin Xorvatiya kichik jamoalarga orzu qilish huquqini bergan edi" - Dalich
13 dek 2022 17:39
Yangiliklar
"4 yil oldin Xorvatiya kichik jamoalarga orzu qilish huquqini bergan edi" - Dalich
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Marokashning JCH-2022 yarim finaliga yo'l olgani haqida gapirdi.
"Har kim orzu qilish huquqiga ega. To'rt yil avval Xorvatiya shunday kichik jamoalar orzusini amalga oshirgandi. Biz ularga orzu qilish huquqini berdik. O'shanda finalga chiqishimizni hech kim kutmagandi. Bizning namunamiz, kurashimiz va mahoratimizdan ruhlangan boshqa barcha jamoalar bu orzuga ishondi. Hozir buni Marokash qilmoqda.
Ularda katta qo'llab-quvvatlash bor. Ular Belgiya, Ispaniya va Portugaliyadan o'tishdi. Ular eng zo'r bo'lishga umid qilishga haqli. Lekin Xorvatiyaga ham bunga umid qilish huquqini qoldiring", – dedi Xorvatiya ustozi.
JCH-2022 yarim finali doirasidagi Xorvatiya – Argentina uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.
Fikrlar