24 yoshida faoliyatini tugatgan "Brayton" sobiq azosi yurak xuruji bilan kasalxonaga yotqizildi
16 jan 2023 15:01
Yangiliklar
24 yoshida faoliyatini tugatgan "Brayton" sobiq azosi yurak xuruji bilan kasalxonaga yotqizildi
"Brayton"ning sobiq futbolchisi Enok Mvepu Zambiyada kasalxonaga tushib qoldi.
U yurak xurujida gumon qilinmoqda, deya malum qildi "Zambian Observer".
24 yoshli Enok Mvepu to'satdan yiqilib qolgach, kasalxonaga olib ketildi.
Mvepu yakshanba kuni ertalab mashina haydab ketayotganda o'zini yomon his qilgan. U mashinani to'xtatishga muvaffaq bo'lgan, shundan so'ng tushib, erga qulagan.
Mvepu "Brayton"ning eng istiqbolli o'yinchilaridan biri hisoblanardi, ammo 2022 yilning oktyabrida u irsiy yurak kasalligi tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo'ldi.
Fikrlar