2021 yilgi UEFA prezidenti sovrini daniyalik shifokorlarga taqdim qilinadi
24 avg 2021 22:56
Yangiliklar
2021 yilgi UEFA prezidenti sovrini daniyalik shifokorlarga taqdim qilinadi
UEFA prezidenti sovrini Evro-2020 qahramonlariga beriladigan bo'ldi.
2021 yilgi UEFA prezidenti sovrini Evro-2020 doirasida, 12 iyun kuni Kristian Eriksenning hayotini saqlab qolgan shifokorlar guruhiga beriladi. O'shanda "Inter" yarim himoyachisi maydonda yurak hurujini boshidan o'tkazgan va maydonga qulagandi. SHifokorlarning tezkorlik bilan ko'rsatgan yordami tufayli futbolchining hayoti saqlab qolingandi. Ushbu mukofotga shifokorlar bilan bilan bir qatorda Daniya terma jamoasi sardori Simon Ker ham loyiq ko'rildi. Futbolchining o'sha vaziyatda liderlik qobiliyatini ko'rsatgani UEFA tomonidan alohida qayd etilgan.
Fikrlar