So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

2018 yilgi musobaqa reglamenti. Qanday hollarda uchrashuvlar boshqa kunga ko'chirilishi mumkin? Yangiliklar

2018 yilgi musobaqa reglamenti. Qanday hollarda uchrashuvlar boshqa kunga ko'chirilishi mumkin?

Teglar :  ReglamentSuperliga
2018 yilgi mavsum reglamentida milliy chempionat uchrashuvlari taqvim asosida belgilangan sanalarda o'tkazilishi shartligi belgilab qo'yilgan.

Faqat quyidagi hollarda o'yinlar sanasini boshqa kunga ko'chirishga ruxsat beriladi:

-Oldindan aniqlash va bilishning imkoni bo'lmagan fors-major holatlari tufayli o'yinlarni davom ettirishning imkoni bo'lmasa. Bunday holatlar: avariya, yong'in, suv toshishi, er qimirlashi kabi tabiat hodisalari, shuningdek, musobaqa tashkilotchilari va ishtirokchilariga bog'liq bo'lmagan boshqa holatlardan iborat;

-Agar uchrashuvning 50% yoki undan kami o'ynalgan bo'lsa, uchrashuv boshqa kuni qaytadan o'tkaziladi. O'yin qaysi sanada o'tkazilishi PFL tomonidan belgilanadi. Uchrashuvdagi gollar bekor qilinadi, chetlatish va ogohlantirishlar amalda qoladi.

-Agar uchrashuvning 50%dan ko'prog'i o'tib bo'lgan bo'lsa, ertasi kuni qolgan qismi davom ettiriladi. Bunda o'yin yoritish uskunalari talab etilmaydigan kunduz kuni o'tkaziladi. Qoldirilgan o'yin 12:00dan avval o'tkazilishi mumkin emas. Qoldirilgan o'yinning aniq boshlanish vaqti klublar, uchrashuv nazoratchisi va komissari bilan kelishgan holda PFL tomonidan belgilanadi. Mezbon klub uchrashuvning qaytadan o'tkazish bilan bog'liq barcha xarajatlar, shu jumladan, mehmon klub xarajatlarini ham qoplashi kerak. Qoldirilgan o'yinlarda kiritilgan gollar, chetlatish va ogohlantirishlar, jamoalar tarkibi va amalga oshirilgan o'zgarishlar saqlab qolinadi;

-PFL komissari, nazoratchisi va bosh hakamning fikriga ko'ra futbolchilar sog'lig'i uchun xavfli deb topilgan noqulay ob-havo va boshqa sabablar tufayli o'yinlar boshqa kunga qoldirilishi mumkin.

-Musobaqa taqvimiga o'zgarishlar kiritilishi tufayli;

-Elektr taminotidagi nosozlik tufayli o'yinni boshlash, davom ettirish, yakunlash imkoni bo'lmasa, nosozlik bir soatdan oshiqroq vaqt davomida bartaraf etilmasa, stadionning texnik holati yomonligi tufayli taqvim bo'yicha belgilangan uchrashuv qoldirilishiga to'g'ri kelsa, maydon egasi bo'lgan klubga texnik mag'lubiyat yoziladi.

PFL komissari, nazoratchi va bosh hakam o'yinni o'z vaqtida o'tkazilishi uchun barcha chora-tadbirlarni ko'rishlari kerak. Ular tomonidan qabul qilinadigan har qanday qaror PFL mamuriyati bilan kelishgan holda qabul qilinishi kerak.

-Agar jamoalar o'yin bo'lib o'tadigan joyga belgilangan vaqtda kelishmasa, PFL komissari, nazoratchi yoki bosh hakam bu haqida PFLga xabar berishlari kerak.

Agar mehmon jamoa kechikadigan bo'lsa, PFL komissari, nazoratchi va bosh hakam mezbon klub rahbariyati bilan birgalikda o'yinni o'sha kuni o'tkazish uchun barcha choralarni ko'rishlari kerak. Agar o'yinni o'sha kuni o'tkazishning ilojisi bo'lmasa, bu o'yin bo'yicha PFL vaziyatni har tomonlama o'rgangan holda qaror qabul qiladi.Taqvimdagi o'yinning kechiktirilishiga sabab bo'lgan jamoa O'FFning Tartib-intizom Kodeksiga ko'ra jarimaga tortiladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика