2018 yil Tojikiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Ehsoni Panchshanbe "Navbahor"ga o'tdi
31 avg 2020 09:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589682_original.jpg)
![](/upload/storage/589682_220.jpg)
2018 yil Tojikiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Ehsoni Panchshanbe "Navbahor"ga o'tdi
"Navbahor" futbolchini sotib olish borasida "Istiqlol"ga rasmiy taklif bilan chiqdi. Tojikiston chempioni taklifni o'rganib chiqib, futbolchini sotishga rozi bo'ldi. Bu haqda "Istiqlol" klubi matbuot xizmati malum qildi.
Ehsoni Panchshanbe "lochinlar" bilan 2022 yil oxirigacha shartnoma tuzdi. Futbolchi yangi klubi safiga 3 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin qo'shiladi.
1999 yil tug'ilgan futbolchi 4 marta Tojikiston chempioni bo'ldi, 3 marta Tojikiston kubogi sohibiga aylandi, 2 marta Tojikiston Superkubogini qo'lga kiritdi. Hozirga qadar Tojikiston terma jamoasi safida 19ta o'yinda maydonga tushgan. Ehsoni 19 yoshida, 2018 yil Tojikiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar