So’nggi yangiliklar

18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  0 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  1 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1

2017 yil o'zbek futbolida sodir bo'lgan eng muhim voqealar Yangiliklar

2017 yil o'zbek futbolida sodir bo'lgan eng muhim voqealar

Mana 2017 yil yakunlanishiga ham sanoqli soatlar qolmoqda. Yil yakunida odatga ko'ra o'tgan yil sarhisob qilinadi.

2017 yil o'zbek futbolida bir qator o'zgarishlar, yutuqlar va alamli mag'lubiyatlar kuzatildi. Biz o'quvchilarimizga mana shu voqealarni oyma-oy taqdim etishga qaror qildik.

YANVAR
15 yanvar kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov Eronning “Istiqlol” futbol klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

16 yanvar kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov Qatarning “Al Sayliya” futbol klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

17 yanvar kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar SHoahmedov Qatarning “Al Sayliya” futbol klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

31 yanvar kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida "Nasaf" klubi OCHL-2017 saralash bahslari doirasida Bahraynning "Al Hidd" klubini qabul qilib 4:0 hisobida g'alaba qozonib pley-off bosqichiga chiqdi.


FEVRAL
7 fevral kuni O'zbekistonning "Nasaf" klubi OCHL-2017 pley-off bosqichida Saudiya Arabistonining "Al Fateh" klubi mehmoni bo'ldi. Uchrashuvda mezbonlar bitta gol evaziga guruh bosqichiga yo'l olishgandi.

Xuddi shu kuni O'zbekistonning "Bunyodkor" klubi OCHL-2017 pley-off bosqichida Qatarda "Al Jayish" mehmoni bo'ldi. Asosiy va qo'shimcha vaqtlarda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida "qaldirg'ochlar" 3:1 hisobida zafar quchib "Bunyodkor" guruh bosqichiga yo'l oldi.


MART
3 mart kuni oliy liga bahslariga start berildi. Bu yilgi chempionatda 16ta klub chempionlik uchun kurashni boshladi. Biroq "Obod" klubi mavsum tugamay turib PFL tomonidan oliy ligadan chetlatildi.

23 mart kuni O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Malayziyada Suriya bilan o'yin o'tkazdi. Bahs taqdirini so'nggi daqiqada penaltidan urilgan gol hal qildi va O'zbekiston terma jamoasi alamali tarzda mag'lubiyatni qabul qilib oldi.

28 mart kuni O'zbekiston JCH-2018 saralashi doirasida Toshkentda Qatarni qabul qildi. Uchrashuvda bitta gol urildi. 65-daqiqada Odil Ahmedov jarima to'pidan so'ng gol urib O'zbekiston terma jamoasiga g'alaba keltirgandi - 1:0.


APREL
3-11 aprel kunlari Iordaniyaning Amman shahrida O'zbekiston ayollar terma jamoasi 2018 yilgi Osiyo chempionati saralash bahslarida ishtirok etdi. Guruhda Gongkong (2:1) va Hindiston (7:1) mag'lub etildi. KXDR va Janubiy Koreya bilan bahslarda esa bir xil 0:4 hisoblarida imkoniyat boy berildi. SHu tariqa terma jamoamiz guruhda uchinchi o'rinni olib Osiyo chempionatiga chiqa olmadi.

MAY

10 may kuni Osiyo chempionlar ligasida guruh bosqichi yakuniga etdi. "Lokomotiv" o'z guruhida 1ta g'alaba, 2ta durang va 3ta mag'lubiyat qayd etib 5 ochko bilan eng so'nggi o'rini band etdi. "Bunyodkor" esa o'z guruhida 1ta g'alaba va 5ta mag'lubiyat qayd etib 3 ochko bilan eng oxirgi o'rinni egalladi.  

16-26 may kunlari futzal bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Osiyo chempionatida ishtirok etdi. Xose Mariya Mendez boshchiligidagi futzalchilarimiz musobaqaning yarim finaliga qadar etib borib bo'lajak chempion Eronga yutqazdi. Uchinchi o'rin uchun bahsda Tailandga imkoniyat boy berildi. Osiyo chempionatida 13ta gol urgan Akbar Usmonov musobaqa to'purari bo'ldi.

27 aprel – 7 may kunlari Bagam orollarida bo'lib o'tgan Plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionatida o'zbekistonlik hakam Baxtiyor Namozov ishladi. Braziliya va Taiti terma jamoalari ishtirokida bo'lib o'tgan final uchrashuvini hamyurtimiz bosh hakam sifatida boshqarib bordi. Takidlash joizki, shu paytga qadar plyaj futboli tarixida Jahon chempionati finallarida osiyolik hakamlar ishlamagan bo'lib, Baxtiyor Namozov bu borada birinchi bo'ldi.


IYUN

12 iyun kuni O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Tehron shahridagi "Ozodi" stadionida Eron bilan kuch sinashdi. Bu o'yinda mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozonib Rossiyadagi mundialga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

17 iyundan 2 iyulga qadar Ravshan Ermatov Konfederaciyalar kubogida videoassistent sifatida ishladi. FIFA hakami jumladan yarim final doirasidagi Portugaliya - CHili uchrashuvida ham videoassistent bo'lib faoliyat yuritdi.

19 iyun kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov BAA Pro Ligasi vakili – Abu-Dabi shahri sharafini himoya qiluvchi “Al-Jazira” klubi azosiga aylandi.  


IYUL
15 iyul O'zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning “Bunyodkor” klubi hujumchisi Eldor SHomurodov Rossiya premer-ligasi vakili “Rostov” klubiga ko'chib o'tdi.

15-19 iyul kunlari Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi BAA mamlakatida o'gan U-23 Osiyo chempionati saralashida qatnashdi. Yoshlarimiz Livan (3:1), Nepal (2:0) va BAA (2:0) terma jamoalarini mag'lub etishdi. Guruhda birinchi o'rinni band etgan yoshlarimiz Xitoyda bo'ladigan Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

19-30 iyul - Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati 23-25 iyul kunlari "Olmaliq" Tailand poytaxti Bangkok shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida qatnashdi. Livannig "Bank Beyrut" klubiga 3:8 hisobida, Tailandning "CHonburi Blyuveyv" klubiga 0:5 hisobida imkoniyat boy berilgach "Olmaliq" guruhda so'nggi o'rinni egalladi.


AVGUST
31 avgust kuni O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida safarda Xitoy bilan o'ynadi. Uchrashuv taqdirini 84-daqiqada Gao Lin tomonidan penaltidan urilgan gol hal qildi - 1:0. Ushbu o'yindan so'ng terma jamoamizning mundialga chiqish imkoniyatlari pasayib ketdi.

25 avgust O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan bir qator soha xodimlari Prezident SHavkat Mirziyoev farmoniga ko'ra faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlandi. Ular orasida “Nasaf” futbol klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ham qayd etildi. 45 yoshli mutaxassis “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.


SENTYABR
5 sentyabr kuni "Bunyodkor" stadionida O'zbekiston terma jamosi JCH-2018 saralashi doirasida Janubiy Koreya bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. Natijada koreyslar guruhda ikkini o'rin bilan Rossiyadagi mundialga yo'l olishdi. Paralell o'tgan bahsda Suriya Eron bilan 2:2 hisobida durang o'ynab uchinchi o'rinni egallab pley-offga yo'l oldi. Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi guruhda to'rtinchi o'rinni band etib 2018 yilgi mundialga bora olmasligi aniq bo'ldi.

12 sentyabr kuni Toshkentdagi Radisson BLU mehmonxonasida O'zbekiston Futbol Federaciyasining hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi. Kun tartibidan mamuriy masalalar, prezident murojaati, O'FF prezidentining o'tgan yillar mobaynida olib borgan ishlari hisoboti, moliyaviy va buxgalterlik hisobotlari, Ijroiya qo'mitasi tavsiyasiga ko'ra mustaqil auditorlarni tayinlash va eng asosiysi O'FFning yangi prezidenti, vice-prezidentlari va Ijroqo'm azolarini saylash kabi masalalar o'rin oldi. O'FF prezidenti lavozimiga yozma ravishda taqdim etilgan Ahmadjonov Umid Maxamatjonovich nomzodi barcha delegatlar tomonidan bir ovozdan qo'llab-quvvatlandi.


16-24 sentyabr kunlari O'zbekiston U-16 terma jamoasi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida U-16 Osiyo chempionatiga saralash bahslarida qatnashdi. O'smirlarimiz Bahrayn (1:0), SHri-Lanka (6:0) kabi jamoalarni mag'lub etishdi. Iordaniya bila durang (0:0) qayd etildi. Saudiya Arabistoniga esa imkoniyat boy (0:1) berildi. Guruhda uchinchi o'rinni band etgan O'zbekiston Osiyo chempionatiga chiqa olmadi.

21 sentyabr kuni O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov va O'zbekiston Futbol Federaciyasi Ijroiya Qo'mitasi azosi Bobur SHodiev bugun SHveycariyaning Cyurix shahrida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi. FIFA qarorgohida bo'lib o'tgan muzokaralar yakuniga ko'ra, O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifi bilan FIFA prezidenti Janni Infantino O'zbekistonga tashrif buyurishga vada berdi.

26 sentyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarining futzal musobaqasi o'z yakuniga etdi. Final bahsida O'zbekiston va Eron terma jamoalari o'zaro bahs olib bordi. Mazkur uchrashuvda O'zbekiston futzal terma jamoasi 1:7 hisobida imkoniyatni boy berib, Osiyo o'yinlarining kumush medaliga sazovor bo'ldi. Bahodir Ahmedov jamoasining yagona goliga 29-daqiqada Davron CHoriev mualliflik qildi.


OKTYABR
1 oktyabr kuni O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Dubayda Birlashgan Arab Amirliklari Futbol Uyushmasi vice-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov va Abdulla Nosir al-Junaybiy O'FF va BAA Futbol Uyushmasi o'rtasidagi hamkorlik memorandumini imzoladilar.

10 oktyabr kuni O'zbekiston Futbol Federaciyasi majlislari zalida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi. Kun tartibidan O'zbekiston Professional Futbol Ligasi rahbariyatidagi o'zgarishlar masalasi o'rin oldi. SHu vaqtga qadar O'zPFL Bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Farhod Magametov o'z vazifasidan ozod etildi. Uning o'rniga Omon G'ofurov O'zPFL Bosh direktori etib tayinlandi.


15-17 oktyabr kunlari futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2018 saralash bahslarida ishtirok etdi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi jamoamiz guruhda Nepal (14:1), Turkmaniston (4:2) va Qirg'iziston (4:3) terma jamoalarini mag'lub etib Osiyo chempionatiga final bosqichga yo'l oldi.

17 oktyabr kuni O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyushmasining Prezidenti SHayx Hamad bin Xalifa Ahmad ol Taniyning taklifiga ko'ra Dohaga xizmat safari uyushtirib, Qatar futboli mansabdor shaxslari bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov va SHayx Hamad bin Halifa O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Qatar Futbol Uyushmasining hamkorlik to'g'risidagi memorandumini imzoladilar.

15-21 oktyabr kunlari O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi U-19 Osiyo chempionati final bosqichida ishtirok etdi. Guruh bosqichida qizlarimiz Xitoyga va KXDRga bir xil 0:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. Tailand bilan bahsda 2:2 hisobi qayd etildi. Bir ochko to'plagan jamoamiz guruhdan chiqa olmadi.

23 oktyabr kuni kuni Londonda FIFAning yil yakunlariga bag'ishlangan ananaviy gala-oqshomi bo'lib o'tdi. “The Best FIFA Football Awards 2017” deb nomlangan ushbu tantanali kechada O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov va O'FF ijroqo'mi azosi Bobur SHodiev ishtirok etdi.


NOYABR
31 oktyabr - 8 noyabr kunlari Aleksandr Mochinov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionati saralash bahslarida qatnashdi. Saralash bahslari doirasida vakillarimiz SHri-Lankani 10:0, Maldiv orollarini 6:0 va Bangladeshni 1:0 hisobida mag'lub etishdi. Guruh bosqichi so'nggi turida saralash mezboni Tojikistonga qarshi maydonga tushgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi raqibiga kichik 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi va OCH final bosqichiga chiqish imkoniyatini boy berdi. Tojikiston ushbu g'alabadn so'ng guruh g'olibi sifatida Osiyo chempionatiga yo'l olgan bo'lsa, O'zbekiston yoshlar  terma jamoasi guruhda ikkinchi o'rinni band etib, to'plar nisbatiga ko'ra, ikkinchi o'rinni egallagan eng yaxshi beshta jamoa safiga kira olmadi.

9 noyabr kuni yurtimizga Jahon futboli afsonasi, Evropa va Jahon chempioni Karles Puyol tashrif buyurdi. Karles Puyol tashrifi davomida yurtimizdagi futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari uchun master-klasslar o'tkazib berdi, shuningdek, Oliy liga 28-tur doirasida bo'lib o'tadigan “Paxtakor” va “Olmaliq” jamoalari o'rtasidagi o'yinni bevosita “Paxtakor” stadionidan turib tomosha qilib bordi. Mashhur futbolchi bilan “Hyatt Regency” mehmonxonasida maxsus matbuot anjumani ham o'tkazildi.


9 noyabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo Futbol Konfederaciyasi prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan rasmiy uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga asoslangan turli loyihalar bo'yicha o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, OFK tomonidan milliy associaciyalarni rivojlantirish dasturi asosida ikkita loyiha bo'yicha kelishuvga erishildi.

14 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahridagi “Xalifa bin Zayd” stadionida O'zbekiston milliy terma jamoasi BAA termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. O'yin 0:1 hisobida vakillarimiz mag'lubiyati bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona gol 16-daqiqada Ali Mabhut tomonidan kiritildi. Ushbu uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasini Ro'ziqul Berdiev bosh murabbiy sifatida maydonga olib tushdi.

16 noyabr kuni O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov Janubiy Koreya Futbol Associaciyasi Prezidenti CHun Mun Guning taklifiga ko'ra Seul shahriga xizmat safari uyushtirib, Janubiy Koreya futboli mutassaddilari bilan uchrashdi. Seulda bo'lib o'tgan uchrashuv chog'ida O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Janubiy Koreya futbol Associyaciyasi o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov va CHun Mun Gu O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Janubiy Koreya Futbol Associaciyasining hamkorlik to'g'risidagi memorandumini imzoladilar.

17 noyabr kuni O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov Tokio shahrida Yaponiya Futbol Associaciyasi Prezidenti Tashima Kodzo bilan rasmiy uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv davomida O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Yaponiya Futbol Associyaciyasi o'rtasidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash bo'yicha kelishuvga erishildi.

SHu yilning 24 noyabridan 3 dekabriga qadar Taylandda U-18 World Deaf Futsal Championship — futzal bo'yicha zaif eshituvchilar o'rtasidagi Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo'lga kiritgani haqida avval xabar berib o'tgandik. Vakillarimiz musobaqaning "V" guruhida ishtirok etib, guruhda SHveciya 5:3, Indoneziya 17:2, Kuvaytni 9:2 mag'lub etishdi.Yarim finalda Rossiya terma jamoasi 3:2 hisobida taslim etildi. Finalda SHveciyaga qarshi o'yin o'tkazgan O'zbekiston terma jamoasi azolari 4:2 hisobida g'alaba qozonib, Jahon chempioni degan nomga sazovor bo'lishdi. O'zbekiston terma jamoasi azolari musobaqa g'olibligidan tashqari, turnirning "Eng yaxshi darvozaboni" va "Eng yaxshi to'purari" nominaciyalarida ham tengsiz deb topilishganini alohida takidlash kerak.


25 noyabr kuni XXVI O'zbekiston chempionati bahslari o'z yakuniga etdi. Toshkentning "Lokomotiv" klubi ketma-ket ikkinchi yil mamlakat chempioni bo'ldi. Qarshining "Nasaf" klubi kumush medallariga ega chiqdi. Bronza medallari esa "Paxtakor" klubiga nasib etdi.

29 noyabr kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyoning eng yaxshilarini aniqlashga bag'ishlangan  AFC ANNUAL AWARDS 2017 marosimi bo'lib o'tdi. OFKning hakamlar uchun maxsus sovrini o'zbekistonlik FIFA referisi, plyaj futboli hakami Baxtiyor Namozovga beriladigan bo'ldi.


DEKABR
4 dekabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda "Lokomotiv" "Bunyodkor"ga qarshi bahs yuritib, 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Yagona gol 7-daqiqada Marat Bikmaev tomonidan kiritildi. SHu tariqa "Lokomotiv" o'z tarixida uchinchi bor mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. "Lokomotiv" jamoasiga O'zbekiston Kubogini OFK Prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa va O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov topshirdi.


14 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida futbol bo'yicha 2017 yilning “Eng yaxshilari”ni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, federaciya Ijroqo'mi azolari, O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport Davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov, milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar rahbarlari, murabbiylar, futbolchilar, akademiyalar tarbiyalanuvchilari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

“O'zbek futboli rivojiga hissa qo'shayotgan eng yaxshi chet ellik murabbiy” - SHota Arveladze ("Paxtakor")
“Yoshlar ligasi g'olibi” - "Bunyodkor" FK
“Eng yaxshi futbol akademiyasi” sifatida "Nasaf" futbol akademiyasi etirof etildi.
“Fair Play” sovrini "Qo'qon-1912" jamoasiga topshirildi.
“Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” - Lyudmila Karachik ("Metallurg-W")
“Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” - Igor CHikrizov ("Paxtakor")
“Yilning eng yaxshi futzalchisi” - Konstatin Sviridov ("Olmaliq")
“Yilning eng yaxshi muxlislar jamoasi” - "Qo'qon-1912" jamoasi fan-klubi
“Yilning eng yaxshi klubi” - "Lokomotiv" PFK
“Yilning eng yaxshi murabbiyi” - Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf")
“Yilning eng yaxshi futbolchisi” - Marat Bikmaev ("Lokomotiv")


15 dekabr kuni O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Tailandning Buriram shahrida bo'lib o'tgan M-150 Cup musobaqasi finalida Yaponiya U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va penaltilar seriyasiga ko'ra g'oliblikni qo'lga kiritdi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa azolari Zabihillo O'rinboev musobaqa to'ppurari va final uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Javohir Sidiqov esa musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

6-16 dekabr kunlari BAA mamlakatida FIFA klublar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslari bo'lib o'tdi. Unda o'zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov ham faoliyat olib bordi. Hamyurtimiz final uchrashuvida zaxira hakami vazifasini bajardi.



Narzulla Saydullaev

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика