So’nggi yangiliklar

17:11АПЛ болбойларнинг ўйинга таъсирини чеклайди  0 16:45МЮ "Ювентус" футболчиси учун ўз вингерини беришга ва қўшимча тўлов қилишга тайёр  1 16:25Про лига. "Олимпик-MobiUz" – "Машъал" 0:0 (онлайн ҳисоб)  1 16:11"Барселона" тарбияланувчисини қайтармоқчи  0 15:41"Ницца" АПЛ клублари қизиқаётган ҳимоячиси учун нарх белгилади  0 15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  0 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  6 13:09"Бавария" "Штутгарт" вингерига кўз тикди  0 12:46"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди  2 12:20Эшитдик-да! ФИФА "Бунёдкор"га илк санкцияни қўллади  28 11:48Клоппнинг ассистенти "Аякс" бош мураббийига айланиши мумкин  1 11:24Ўзбекистон – Гонконг учрашувида майдонга югуриб тушган мухлислар маъмурий жавобгарликка тортилди, 2 нафар шахс 5 суткага қамалди  22 10:57Пеп Гвардиола «Манчестер Сити»даги келажаги борасида бир қарорга келди  7

2017 yil futboli raqamlarda Yangiliklar

2017 yil futboli raqamlarda

Teglar :  FIFA
Futbol olamida ortda qolgan 2017 yilni turli raqamlarda yodga olib o'tamiz.

Ajoyib golli rekordlar
Messi va Ronaldu gegemonligining yakun topishi
Eng quvnoq muxlislar, eng kam sonli millat va eng ko'p millatli jamoa


335 000 — taxminan shuncha inson Islandiyada yashaydi va bu bilan u Jahon chempionatida ishtirok etadigan mamlakatlar ichida eng kichkina ishtirokchi bo'lib qoldi. Undan oldin eng kam aholi bo'yicha Trinidad va Tobago 1,3 million aholisi bilan rekord natija o'rnatgan edi.

32 466 — Ayollar futboli bo'yicha Meksika chempionatida “Gvadalaxara” va “Pachuka” o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvga shuncha tomoshabin kelgan. Bellashuvda “Gvadalaxara” raqibi ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozongan. Bu uchrashuv joriy asrda ayollar futboli o'yiniga eng ko'p tomoshabin tashrif buyurgan 5-uchrashuv bo'ldi.

87 — SHuncha yil davomida MYU mavsum startida qatorasiga 12 uchrashuvda mag'lub bo'lib, kuchli beshlik chempionatlari vakillari ichida antirekordni o'zida ushlab turgan. O'tgan yili esa A Seriyasining “Benevento” klubi 14ta mag'lubiyati bilan rekordni yangiladi. Agar darvozabon Alberto Brinoli 15-tur o'yini ("Milan"ga qarshi)ning 90+5 daqiqasida raqib jamoa darvozasini ishg'ol qilmaganida jamoa 15-o'yinda ham yutqazishi muqarrar edi. A Seriya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, bor yo'g'i ikki darvozabon o'yindan gol ura olgan edi.

56 — Xarri Keyn ham klub, ham terma jamoa uchun shuncha gol urgan va 2017 yilning eng yaxshi to'purari bo'lgan. Angliya termasining 24 yoshli forvardi bu ko'rsatkich bo'yicha Lionel Messi (54), Edinson Kavani (53), Robert Levandovski (53) va Krishtianu Ronaldu (53)dan o'zib ketdi, hamda Messi va Ronaldu gegemonligiga nuqta qo'ydi. Eslatib o'tamiz, so'nggi bor zamonamizning ikki eng kuchlisini ortda qoldirish David Vilyaga, “Valensiya” va Ispaniya termasi safida, 2009 yil (43ta gol) nasib etgan edi.

49 — SHuncha o'yinning hammasida plyaj futboli bo'yicha g'olib bo'lish Braziliya terma jamoasining bosh murabbiyi Jilberto Kostaga nasib etgan. 40 yoshli mutaxassis 2016 yil yanvar oyida jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan bo'lsa, 2017 yilda u braziliyaliklarga Jahon CHempionatida zafar quchishda yordam berdi. Qiziq jihati shuki, ikki yilda jamoa biror marta mag'lub bo'lmadi.

49 soat va 49 daqiqa — "Bavariya" shuncha vaqt davomida Germaniya kubogida birinchi bo'lib gol o'tkazib yubormagan. Bu raqamni 2016/17 yilgi kubok bellashuvlari yarim finalida Marko Roys bavariyaliklar darvozasini ishg'ol etgan holda to'xtatgan.

24 o'yin va 13 yil mag'lubiyatsiz — Misrning Afrika millatlar Kubogidagi mag'lubiyatsiz seriyasi shuncha vaqt davom etgan. Bu seriyaga 2017 yilning fevralida Kamerun musobaqa finalida misrliklar ustidan irodali g'alabani qo'lga kiritgan holda barham bergan. Bunday holat so'nggi bor 1994 yilgi finalda sodir bo'lgan edi. O'shanda Nigeriya o'yin davomida engilayotib Zambiyani mag'lub etgan (2:1) edi.

20 yil — Angliya so'nggi bor yoshlar o'rtasidagi Jahon CHempionatida (20 yoshgacha) zafar quchganiga shuncha yil bo'lgan.

19 gol 13 o'yinda — 2017 yil UEFA CHempionlar Ligasida Krishtianu Ronaldu shuncha golni o'z hisobiga yozib qo'yishga muvaffaq bo'lgan. Eng qizig'i shundaki, u bunday natijaga deyarli bir taqvim yili ichida erishgan. Bu bilan Krishti 2015 yil o'zi o'rnatgan rekord (16ta gol)ni yangiladi.

11 nafar turli millat vakillari "Granada" asosiy tarkibida maydonga tushishdi. Eng qizig'i, ularning orasida birorta ham ispan yo'q edi. Bunaqasi ispan futboli tarixida bo'lmagandi. Toni Adams murabbiylikni qo'lga olgach, debyut o'yinida barcha poziciyalarda turli mamlakatlardan yig'ilgan futbolchilar: Meksika, Franciya, Islandiya, Portugaliya, Urugvay, Nigeriya, Gana, Sloveniya, Braziliya, Ukraina va Argentina vakillari maydonga tushgandi.

Terma jamoa uchun 6 o'yinda 11 gol — Samanta Kerr 2017 yilda terma jamoa safida aynan shuncha gol urishga muvaffaq bo'ldi. Etiborli jihati, undan gol o'tkazib yuborgan jamoalarning har biri o'z vaqtida ayollar o'rtasida Jahon CHempionati finalchisi bo'lgan. Kerr Avstraliya safida 9 yildan buyon o'ynab keladi va shu vaqt ichida 57 o'yinda 19 bor raqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. SHuni takidlash lozimki, ularning 8tasini “Skay Blyu” vakilasi 8 yildan ko'proq vaqtda urishga erishgan bo'lsa, keyingi 11tasini yarim yildan kamroq vaqt ichida urib tashladi — oxirgi olti o'yinda. SHu tariqa, Samanta hamkasabasi Sara Uolsh rekordini yangiladi. Uolsh ketma-ket besh o'yinda gol urishga muvaffaq bo'lgandi. Kerr, shuningdek, Avstraliya termasiga o'z tarixida ilk bor FIFA reytingida kuchli to'rtlikka kirishida yordam berdi.

9 o'yinda ketma-ket Diego Valeri maydonni golsiz tark etmadi. Bu MLSning mutloq rekordi. 2017 yilda argentinalik chempionatda 21ta gol urdi va bir mavsum davomida yarim himoyachilar orasida gol urish bo'yicha rekord o'rnatdi.

7 — Angliya va Ispaniya termalari o'smirlar o'rtasidagi Jahon CHempionati (17 yoshgacha) finalida umumiy hisobda aynan shuncha gol urishga muvaffaq bo'lishdi. SHu tariqa ular eng yaxshi (eng ko'p gol urilgan final) natijani takrorlashdi. 1958 yilda Jahon CHempionati finali Braziliya va SHveciya (5:2), 1999 yil Konfederaciyalar Kubogi finalida Meksika va Braziliya (4:2), ayollar o'rtasidagi avvalgi Jahon CHempionatida AQSH va Yaponiya final uchrashuvini 5:2 hisobida yakunlashgan.

4ta gol — “Barselona” ECHL chorak finalida PSJ bilan bellashuvda aynan shunday farqni yo'qqa chiqara oldi. Yakunda, ikki o'yin natijasiga ko'ra “ko'k-anorranglilar” 6:5 hisobida g'alaba qozonishdi. “Barselona” tarixda birinchi bo'lib UEFA musobaqalarida, dastlabki bahsda bu qadar yirik hisobda mag'lub bo'lib, ikkinchi o'yinda farqni yo'qqa chiqara olgan birinchi klub bo'ldi. O'yinning 88-daqiqasida ham ispaniyaliklar raqib darvozasiga 3ta gol urib, o'z darvozalaridan to'p o'tkazib yubormasliklari zarur edi. Neymarning dubli va Serxi Robertoning qo'shib berilgan daqiqalarda urgan goli evaziga futbol tarixidagi eng mashhur “kambek”lardan biri guvohi bo'lgan edik.

1,5 gol — Polsha termasi safida 2017 yildagi o'yinlarda Robert Levandovski har o'yinda o'rtacha aynan shuncha gol urishga erishgan. SHu tariqa, u Jahon CHempionati saralash bosqichida urilgan gollar bo'yicha yangi rekord natija o'rnatdi (51 gol). Leva hisobida 48ta gol bo'lgan Vlodzimeja Lyubanskini ortda qoldirdi.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика