So’nggi yangiliklar

17:03Европа Лигаси янги мавсумига қуръа ташланди: МЮ "Порту" билан, "Тоттенхэм" "Рома" билан ўйнайди  0 16:47Абдуқодир Ҳусанов — "Панатинаикос" - "Ланс" учрашувининг энг яхши футболчиси!  5 16:05Ўзбекистон терма жамоаси собиқ ҳимоячиси: "Жаҳон чемпионатига чиқишимизга ишоняпман. Бундан яхши имконият бўлмайди"   3 15:47"Пахтакор" ва "Навбаҳор" ўртасидаги Тошкентда ўтказилган охирги беш ўйинда нақ 32 та сариқ карточка кўрсатилган  2 15:28"Пахтакор" – "Навбаҳор", "Андижон" – "Сурхон" учрашувларини кимлар шарҳлаб боради?  11 14:58"Барселона" собиқ дарвозабони "Арсенал"га ўтмоқда  0 14:38Англия термаси ҳужумчиси "Челси" ва МЮ таклифини рад этиб, Саудия Арабистонига йўл олмоқда  0 13:58"Рома" машғулотида тўполон: мураббий ва футболчи катта жанжал келтириб чиқарди  6 13:28Ана холос! "Ланс" етакчиси "Рома"да тиббий кўрикдан ўтолмади  0 13:00КХДР Ўзбекистонга қандай таркиб билан келаётгани маълум  11 12:40Ҳусниддин Нишонов: "Терма жамоадаги муҳит ва кайфият аъло даражада. Мундиалга тайёргарлик яхши кетмоқда"  0 12:12Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби Иордания билан навбатдаги ўртоқлик ўйинида майдонга тушди  0 11:55"GOAT" машғулотларга қайтди. У қачон майдонга тушиши маълум  34 11:37"Камтар" Роналду ўзини дунёдаги энг машҳур инсон деб атади  21 11:10Осимхен "Ал Аҳли"да қанча ишлаб олиши маълум  0

2015 yilda Vest Bromvich keraksizga chiqarib qo'ygan futbolchi APL grandini yanchib tashladi. Serj Gnabri muvaffaqiyatining siri nimada? Yangiliklar

2015 yilda Vest Bromvich keraksizga chiqarib qo'ygan futbolchi APL grandini yanchib tashladi. Serj Gnabri muvaffaqiyatining siri nimada?

To'rt yil oldin Vest Bromvich klubi bosh murabbiyi Toni Pyulis Arsenaldan ijaraga olingan 20 yoshli Serj Gnabri haqida quyidagicha fikr bildirgandi:

«Serj o'ynashni xohlaydi, ammo u hali bu darajaga chiqishga ulgurgani yo'q. U faqat akademiyada shug'ullangan, APLda esa o'yin amaliyotiga ega emas. Akademiyalarni liga darajasidagi futbolchilar tugallaydi. Ammo bu – APL».

O'sha yili Gnabri APLda umumiy 12 daqiqa o'tkazdi. 2015/16 yilgi mavsum yakunida u «Arsenal» bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortib, Germaniyaga qaytdi. APLda qadrlanmagan futbolchi bir necha yildan so'ng «Bavariya» etakchisiga aylandi. «Tumanli albion»da mamlakat grandlaridan birini yolg'iz o'zi osonlikcha «yanchib tashladi».
«Arsenal» muxlislari Serj klubni tark etganda undan mutlaqo ranjishmadi. Aybdor sifatida klub mutasaddilari va Arsen Venger ko'rsatilgandi. Aftidan, Gnabri «to'pchilar»ga nimanidir isbotlash maqsadida Germaniyaga ko'chib o'tgan ko'rinadi. Bu nafaqat «Tottenxem» darvozasiga urilgan pokerga bog'liq. «Vest Bromvich»dagi 12 daqiqa va u tez orada Bundesligada erishgan mavqeyi orasidagi farqni solishtirib ko'ring. Bu holat ko'rsatib berdiki, London klubi yoshlar bilan ishlash tizimi o'zgartirishi kerak edi. Oxirgi uch yilda «Arsenal» faqat APLda emas, boshqa chempionatlarda ham tarbiyalanuvchilarining tajribasini oshirishni boshlab yubordi.

Gnabri bolaligida ham ulkan istedod sohibi bo'lgan. U sprinter bo'lishni orzu qilardi. Keyin «Arsenal». Bazida nomaqbul bo'lsa ham, Venger uni Uolkott bilan taqqoslar edi. Ammo to'liq potencialini namoyon qilishi uchun Serjga boshqacha yondashish kerak edi.



Rio Olimpiadasi Gnabrining kayfiyatini o'zgartirdi. SHundan so'ng u «Arsenal»ni tark etdi

Bazan, oldinga qadam tashlash uchun ko'rsatiladigan vajlar shunchalik oddiy va ahamiyatsiz bo'lib tuyuladi. Gnabri uchun bu – o'yindan olinadigan zavq edi.

2016 yil avgust oyiga kelib yarim himoyachi futbol haqida deyarli unutgandi. Bungacha 8 oy futbol o'ynamagan, 1 yil mobaynida tizzasini davolagan futbolchi so'nggi 2,5 yilda 137 daqiqa maydonda harakatlangandi, xolos. Germaniya yoshlar terma jamoasi murabbiyi Xorst Xrubesh uni Olimpiadaga olib borishga qaror qildi. Ehtimol, Goretcka va Brandtning muqobili vazifasini bajarish va uchrashuv yakunlangach, barcha kabi chiqib muxlislarni olqishlash vazifasini bajaruvchi zaxira futbolchisi sifatida ko'rilgan. Biroq Goretcka Meksikaga qarshi birinchi uchrashuvdayoq jarohatlangan daqiqadan boshlab Gnabrining davri boshlangandi. U meksikaliklar darvozasiga gol urdi va keyingi ikki bahsda dubl qayd etib, nemislarni pley-off bosqichiga olib chiqdi. 6 bahsda xuddi shuncha gol urgan futbolchi musobaqaning eng yaxshi to'purari va kumush medal sovrindoriga aylandi.

«Mening Angliyadagi holatimni taqqoslash uchun ajoyib kontrast. Futbolda hamma narsa oddiy: agar, siz yaxshi o'ynasangiz, gol ursangiz, siz hammani qiziqtirasiz va ular siz haqingizda gapirishadi. Rioda katta futbolga qaytdim», - deb quvongandi nemis futbolchisi. U orqaga qaytishni xohlamadi, o'zini qo'yib yuborishlarini «to'pchilar» rahbariyatidan talab qildi. Alaloqibat, transfer oynasining oxirgi kunida Bremenning «Verder» klubi safiga borib qo'shildi.


Gnabri yugurish va mashq qilish usullarini o'zgartirdi.
21 yoshli futbolchining yangi klubiga o'tish bahosi 5 million evroga teng edi. Aslida, bu birmuncha qiziqarli holatga sabab bo'lgandi. Serjning otasi tasodifan bitimda «Bavariya»ning ishtiroki haqida gapirib qo'yadi. Keyinchalik, bu so'zlarini qaytarib olmoqchi bo'lgan, ammo hech kimni ishontira olmagandi. Odamlar «Verder» moliyaviy jihatdan qiyin davrda bo'lgani uchun transferning orqasida uchinchi qo'l borligiga ishonch hosil qilishdi. CHempion uchun ham bu yo'l qulay edi. CHunki «Arsenal» bilan bevosita muzokara qilgandan ko'ra, futbolchini «Verder» orqali xarid qilish «Bavariya» uchun nisbatan kam xarajatli yo'l edi.

Haqiqatan hammasi shunday bo'lgan desak, unda «Bavariya» bu murakkab sxemaning tezda o'zini oqlashiga ishongan. Va adashmagan. Futbolchi Yangi yilga qadar 7 ta gol urdi va milliy terma jamoada ham o'ynashga ulgurdi. Birinchi davra yakunida Serj shunday degandi:

“Men «Arsenal»dan ketib - to'gri ish qildim. So'nggi 4 oyda erishgan yutuqlarimni Angliyadagi davr bilan solishtirgan kishi bu qaror naqadar to'g'ri ekaniga amin bo'ladi. Menga o'ynash uchun vaqt kerak edi. «Arsenal» esa meni ushlab turmoqchi bo'ldi, ammo men o'zimning rivojlanishim haqida o'yladim”.

Unga taqdim etilgan o'yin amaliyoti Gnabridagi jadal rivojlanishning ikkinchi sababi hisoblanadi. Birinchisi – kutilmaganda tuzalgan tizza jarohati.

Olimpiada oldidan Gnabri Germaniyaning Bonn shahrida klub va terma jamoadan mustaqil ravishda mashg'ulotlarga kirishdi. Unga sportchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan Focus-on-Performance kompaniyasi mutaxassislari yordam berdilar. Bu kompaniya avvalroq Serjning jamoadoshi Mertezakerga og'ir jarohatdan qutulishda ko'mak bergandi.



Focus-on-Performance asoschisi Martin Veddmann tayyorgarlik jarayoni, neyrobiologiya va biomexanikani qayta ko'rib chiqdi va yangicha yondashuvni neyro-atletika deb atadi:
• To'g'ri harakatni dasturlash;
• Nerv-mushak aloqalarini rivojlantirish;
• Tanadagi barcha jarayonlarni boshqarish.

“Serj jarohatlangach, «Arsenal» shifokorlari yangi harakat ko'nikmalari – miya uchun vosita reflekslarini boshqaradigan dasturiy taminotni ishlabchiqishlari kerak edi”, - deb tanqid qiladi Veddmann. – Ular bunday qilmadilar va to'qimalarning tuzalishiga etibor qaratdilar. Bu etarli emas. Biz miya faoliyatiga etibor berishimiz kerak. U tanamizni boshqarib turadigan unsurdir. Agar tanani noto'g'ri booshqarsangiz, yaxshi o'ynay olmaysiz”.

Mutaxassis Gnabrini qayta dasturlashtirdi, unga yugurayotganda tizzani qanday qilib xavfsiz bukish, to'pga zarba berishdan oldin belni to'g'rilash va og'irlik markazini yuqori tezlikda boshqarishni o'rgatdi. Oxirgi uch yilda Serj faqat bir marta engil jarohat olgani bois 4 kunni o'tkazib yubordi. 2016 yilgacha u bir necha bor jiddiy jarohatlangan va katta muddat mobaynida maydondan chetda qolgan edi. Ammo tizzasidagi jarohatlardan umidsizlikka tushgan futbolchi bu holatdan neyro-atletika vositasida silliqqina chiqib ketdi.



Gnabri Common Goal harakatiga qo'shildi, vegetarianga aylandi va yoga bilan shug'ullana boshladi

Focus-on-Performance kompaniyasi Gnabrini butunlay o'zgartirib yubordi. U shaxsiy murabbiy yollab, yoga bilan shug'ullana boshladi, uyqu rejimini o'zgartirdi va o'ziga yangi sevimli mahg'ulot topdi:

«Mening qo'llarim oyoqlarim singari chaqqon emas, ammo futbol va pianino bir biriga juda o'xshaydi. Yangi asarni o'rganish jarayoni futbol mashg'ulotiga juda o'xshaydi. Futbolda foydali ish qilsangiz, kayfiyatingiz ko'tariladi, pianino sizni shu taqlid takomillashtiradi».

Yanvarda Gnabri go'shtdan butkul voz kechdi va no'xatu ko'katlar bilan ovqatlana boshladi. Avvalroq, Kris Smolling va Ektor Bellerin vegetarian hayot tarziga o'tishgandi. Bu ularning faoliyatiga ijobiy tasir o'tkazgani takidlangandi. Gnabriga nisbatan ham shunday deyish mumkin. Ammo bu tajriba qisqa umr ko'rdi. Yaqinda futbolchi bazan hali ham go'sht istemol qilib turishini tan oldi.

Gnabrining dunyosi faqat futbolda iborat emas. U 2017 yilda Common Goa harakatiga qo'shildi va ish haqining 1 foizini xayriya ishlariga sarflamoqda. Uning uchun bu principial masaladir:

«Qaror yurakdan chiqadi. Harakatga qo'shilishimning asosiy sabablaridan biri otam Afrika, ivuarlik. Men u erda bo'lganman va hayot tarzi haqida bilaman. Boshqalarga yordam berishni xohlayman. Hamma hayot hashamatini turlicha idrok etadi. Bazilar uchun bu oltindan yasalgan mashina, men uchun esa shunchaki futbol o'yini. Futbol har qanday hashamatdan ko'ra qadrliroqdir».



***

Futbolchi «Bavariya»dagi taqdimot marosimiga Lebron Jeyms kiygan qizil-oq Guchchi libosida tashrif buyurgandi. U o'tgan mavsum yakuniga ko'ra klubning eng yaxshi o'yinchisi, deb etirof etildi. Bu mavsum yanada yaxshiroq o'ynayapti. Serj futbolning Lebroniga aylana olmas, ammo «Bavariya» uchun – ehtimol. Hech bo'lmaganda, klubda Robben va Riberidan keyingi merosxo'r topildi…


Rus tilidan Faxriddin Ro'ziev tarjimasi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика