

Serj o'ynashni xohlaydi, ammo u hali bu darajaga chiqishga ulgurgani yo'q. U faqat akademiyada shug'ullangan, APLda esa o'yin amaliyotiga ega emas. Akademiyalarni liga darajasidagi futbolchilar tugallaydi. Ammo bu – APL.
O'sha yili Gnabri APLda umumiy 12 daqiqa o'tkazdi. 2015/16 yilgi mavsum yakunida u Arsenal bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortib, Germaniyaga qaytdi. APLda qadrlanmagan futbolchi bir necha yildan so'ng Bavariya yetakchisiga aylandi. Tumanli albionda mamlakat grandlaridan birini yolg'iz o'zi osonlikcha yanchib tashladi.
Arsenal muxlislari Serj klubni tark etganda undan mutlaqo ranjishmadi. Aybdor sifatida klub mutasaddilari va Arsen Venger ko'rsatilgandi. Aftidan, Gnabri to'pchilarga nimanidir isbotlash maqsadida Germaniyaga ko'chib o'tgan ko'rinadi. Bu nafaqat Tottenxem darvozasiga urilgan pokerga bog'liq. Vest Bromvichdagi 12 daqiqa va u tez orada Bundesligada erishgan mavqeyi orasidagi farqni solishtirib ko'ring. Bu holat ko'rsatib berdiki, London klubi yoshlar bilan ishlash tizimi o'zgartirishi kerak edi. Oxirgi uch yilda Arsenal faqat APLda emas, boshqa chempionatlarda ham tarbiyalanuvchilarining tajribasini oshirishni boshlab yubordi.
Gnabri bolaligida ham ulkan istedod sohibi bo'lgan. U sprinter bo'lishni orzu qilardi. Keyin Arsenal. Bazida nomaqbul bo'lsa ham, Venger uni Uolkott bilan taqqoslar edi. Ammo to'liq potencialini namoyon qilishi uchun Serjga boshqacha yondashish kerak edi.

Rio Olimpiadasi Gnabrining kayfiyatini o'zgartirdi. Shundan so'ng u Arsenalni tark etdi
Bazan, oldinga qadam tashlash uchun ko'rsatiladigan vajlar shunchalik oddiy va ahamiyatsiz bo'lib tuyuladi. Gnabri uchun bu – o'yindan olinadigan zavq edi.
2016 yil avgust oyiga kelib yarim himoyachi futbol haqida deyarli unutgandi. Bungacha 8 oy futbol o'ynamagan, 1 yil mobaynida tizzasini davolagan futbolchi so'nggi 2,5 yilda 137 daqiqa maydonda harakatlangandi, xolos. Germaniya yoshlar terma jamoasi murabbiyi Xorst Xrubesh uni Olimpiadaga olib borishga qaror qildi. Ehtimol, Goretcka va Brandtning muqobili vazifasini bajarish va uchrashuv yakunlangach, barcha kabi chiqib muxlislarni olqishlash vazifasini bajaruvchi zaxira futbolchisi sifatida ko'rilgan. Biroq Goretcka Meksikaga qarshi birinchi uchrashuvdayoq jarohatlangan daqiqadan boshlab Gnabrining davri boshlangandi. U meksikaliklar darvozasiga gol urdi va keyingi ikki bahsda dubl qayd etib, nemislarni pley-off bosqichiga olib chiqdi. 6 bahsda xuddi shuncha gol urgan futbolchi musobaqaning eng yaxshi to'purari va kumush medal sovrindoriga aylandi.
Mening Angliyadagi holatimni taqqoslash uchun ajoyib kontrast. Futbolda hamma narsa oddiy: agar, siz yaxshi o'ynasangiz, gol ursangiz, siz hammani qiziqtirasiz va ular siz haqingizda gapirishadi. Rioda katta futbolga qaytdim, - deb quvongandi nemis futbolchisi. U orqaga qaytishni xohlamadi, o'zini qo'yib yuborishlarini to'pchilar rahbariyatidan talab qildi. Alaloqibat, transfer oynasining oxirgi kunida Bremenning Verder klubi safiga borib qo'shildi.
Gnabri yugurish va mashq qilish usullarini o'zgartirdi.
21 yoshli futbolchining yangi klubiga o'tish bahosi 5 million evroga teng edi. Aslida, bu birmuncha qiziqarli holatga sabab bo'lgandi. Serjning otasi tasodifan bitimda Bavariyaning ishtiroki haqida gapirib qo'yadi. Keyinchalik, bu so'zlarini qaytarib olmoqchi bo'lgan, ammo hech kimni ishontira olmagandi. Odamlar Verder moliyaviy jihatdan qiyin davrda bo'lgani uchun transferning orqasida uchinchi qo'l borligiga ishonch hosil qilishdi. Chempion uchun ham bu yo'l qulay edi. Chunki Arsenal bilan bevosita muzokara qilgandan ko'ra, futbolchini Verder orqali xarid qilish Bavariya uchun nisbatan kam xarajatli yo'l edi.
Haqiqatan hammasi shunday bo'lgan desak, unda Bavariya bu murakkab sxemaning tezda o'zini oqlashiga ishongan. Va adashmagan. Futbolchi Yangi yilga qadar 7 ta gol urdi va milliy terma jamoada ham o'ynashga ulgurdi. Birinchi davra yakunida Serj shunday degandi:
“Men Arsenaldan kyetib - to'gri ish qildim. So'nggi 4 oyda erishgan yutuqlarimni Angliyadagi davr bilan solishtirgan kishi bu qaror naqadar to'g'ri ekaniga amin bo'ladi. Menga o'ynash uchun vaqt kerak edi. Arsenal esa meni ushlab turmoqchi bo'ldi, ammo men o'zimning rivojlanishim haqida o'yladim”.
Unga taqdim etilgan o'yin amaliyoti Gnabridagi jadal rivojlanishning ikkinchi sababi hisoblanadi. Birinchisi – kutilmaganda tuzalgan tizza jarohati.
Olimpiada oldidan Gnabri Germaniyaning Bonn shahrida klub va terma jamoadan mustaqil ravishda mashg'ulotlarga kirishdi. Unga sportchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan Focus-on-Performance kompaniyasi mutaxassislari yordam berdilar. Bu kompaniya avvalroq Serjning jamoadoshi Mertezakerga og'ir jarohatdan qutulishda ko'mak bergandi.

Focus-on-Performance asoschisi Martin Veddmann tayyorgarlik jarayoni, neyrobiologiya va biomexanikani qayta ko'rib chiqdi va yangicha yondashuvni neyro-atletika deb atadi:
• To'g'ri harakatni dasturlash;
• Nerv-mushak aloqalarini rivojlantirish;
• Tanadagi barcha jarayonlarni boshqarish.
“Serj jarohatlangach, Arsenal shifokorlari yangi harakat ko'nikmalari – miya uchun vosita reflekslarini boshqaradigan dasturiy taminotni ishlabchiqishlari kerak edi”, - deb tanqid qiladi Veddmann. – Ular bunday qilmadilar va to'qimalarning tuzalishiga e'tibor qaratdilar. Bu etarli emas. Biz miya faoliyatiga e'tibor berishimiz kerak. U tanamizni boshqarib turadigan unsurdir. Agar tanani noto'g'ri booshqarsangiz, yaxshi o'ynay olmaysiz”.
Mutaxassis Gnabrini qayta dasturlashtirdi, unga yugurayotganda tizzani qanday qilib xavfsiz bukish, to'pga zarba berishdan oldin belni to'g'rilash va og'irlik markazini yuqori tezlikda boshqarishni o'rgatdi. Oxirgi uch yilda Serj faqat bir marta engil jarohat olgani bois 4 kunni o'tkazib yubordi. 2016 yilgacha u bir necha bor jiddiy jarohatlangan va katta muddat mobaynida maydondan chetda qolgan edi. Ammo tizzasidagi jarohatlardan umidsizlikka tushgan futbolchi bu holatdan neyro-atletika vositasida silliqqina chiqib ketdi.

Gnabri Common Goal harakatiga qo'shildi, vegetarianga aylandi va yoga bilan shug'ullana boshladi
Focus-on-Performance kompaniyasi Gnabrini butunlay o'zgartirib yubordi. U shaxsiy murabbiy yollab, yoga bilan shug'ullana boshladi, uyqu rejimini o'zgartirdi va o'ziga yangi sevimli mahg'ulot topdi:
Mening qo'llarim oyoqlarim singari chaqqon emas, ammo futbol va pianino bir biriga juda o'xshaydi. Yangi asarni o'rganish jarayoni futbol mashg'ulotiga juda o'xshaydi. Futbolda foydali ish qilsangiz, kayfiyatingiz ko'tariladi, pianino sizni shu taqlid takomillashtiradi.
Yanvarda Gnabri go'shtdan butkul voz kechdi va no'xatu ko'katlar bilan ovqatlana boshladi. Avvalroq, Kris Smolling va Ektor Bellerin vegetarian hayot tarziga o'tishgandi. Bu ularning faoliyatiga ijobiy ta’sir o'tkazgani takidlangandi. Gnabriga nisbatan ham shunday deyish mumkin. Ammo bu tajriba qisqa umr ko'rdi. Yaqinda futbolchi bazan hali ham go'sht istemol qilib turishini tan oldi.
Gnabrining dunyosi faqat futbolda iborat emas. U 2017 yilda Common Goa harakatiga qo'shildi va ish haqining 1 foizini xayriya ishlariga sarflamoqda. Uning uchun bu principial masaladir:
Qaror yurakdan chiqadi. Harakatga qo'shilishimning asosiy sabablaridan biri otam Afrika, ivuarlik. Men u yerda bo'lganman va hayot tarzi haqida bilaman. Boshqalarga yordam berishni xohlayman. Hamma hayot hashamatini turlicha idrok etadi. Bazilar uchun bu oltindan yasalgan mashina, men uchun esa shunchaki futbol o'yini. Futbol har qanday hashamatdan ko'ra qadrliroqdir.

***
Futbolchi Bavariyadagi taqdimot marosimiga Lebron Jeyms kiygan qizil-oq Guchchi libosida tashrif buyurgandi. U o'tgan mavsum yakuniga ko'ra klubning eng yaxshi o'yinchisi, deb etirof etildi. Bu mavsum yanada yaxshiroq o'ynayapti. Serj futbolning Lebroniga aylana olmas, ammo Bavariya uchun – ehtimol. Hech bo'lmaganda, klubda Robben va Riberidan keyingi merosxo'r topildi…
Rus tilidan Faxriddin Ro'ziev tarjimasi



