2014 yil 7 mart kuni O'zbekiston superkubogi bo'lib o'tadi
24 dek 2013 11:39
Yangiliklar


2014 yil 7 mart kuni O'zbekiston superkubogi bo'lib o'tadi
Bugungi yig'ilishda PFL bosh direktori Farhod Magometov bir qator yangiliklar haqida aytib o'tdi.
Magometovning aytishicha 2014 yil 7 mart kuni O'zbekiston superkubogi o'yini bo'lib o'tadi.
"Bunyodkor" va "Lokomotiv" klubi o'rtasidagi bahs mavsumni rasman ochib beradi. 2014 yilgi oliy liga 15 mart kuni boshlanishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari keyingi mavsumdan boshlab O'zbekiston kubogi finali neytral maydonda bo'lib o'tadi. Stadion finalga chiqqan jamoalarga qarab tanlanadi.

Fikrlar