2008 yildan buyon ilk bor "Buxoro" futbolchisi xet-trikka erishdi
27 avg 2016 12:58
Yangiliklar
2008 yildan buyon ilk bor "Buxoro" futbolchisi xet-trikka erishdi
Kecha oliy liganing 20-turida "Buxoro" klubi safarda "Andijon"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.
Ushbu o'yinda mehmonlar safida yarim himoyachi Aziz Ibragimov uchta gol urib xet-trikka erishdi. SHunday qilib, 2008 yildan buyon ilk bor "Buxoro" futbolchisi bir o'yinda uchta gol urdi. So'nggi bor bunday natijaga 2008 yil 5 iyul sanasida Lochin Soliev erishgandi.
Takidlash lozimki, Aziz Ibragimov bu mavsumda xet-trik qayd etgan to'rtinchi futbolchi bo'ldi. Oleksandr Pishur, Igor Taran va Zafar Polvonovdan farqli ravishda Ibragimov bunday natijaga safarda erishdi.
Fikrlar