So’nggi yangiliklar

04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  1 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  103 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  2 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  1 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  35 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  15 21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  2 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  2 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  1 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  4 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   12 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1

"2006 yil 9 iyul kuni tushlikdan so'ng PlayStation o'ynadim, kechqurun Jahon chempioni bo'ldim" Yangiliklar

"2006 yil 9 iyul kuni tushlikdan so'ng PlayStation o'ynadim, kechqurun Jahon chempioni bo'ldim"

Italiyalik ajoyib futbolchining dekabr oyida Nyu-York Siti bilan shartnomasi tugaydi. SHundan keyin u futboldan ketishini malum qildi.

Uslub

Etiborni tortish uchun daxshatli soch turmagi qilish shart emas.

Butun faoliyatini Pirlo deyarli bir xil soch turmagi bilan o'tkazdi, faoliyati tugashiga oz qolganida soqol qo'yib o'ziga xos uslub yaratdi.




Uzumchilik

Men doi vino ichganman, yoshligimda onam suv bilan aralashtirib berardilar. Turli joylardan va turli ishlab chiqaruvchilarning vinolarini ichishni yaxshi ko'raman. Uni tushunish uchun vino haqida o'qishni ham yaxshi ko'raman.

Vinochilik – Pirlo oilasining biznesi, Andreaning Italiya va Franciyada bir nechta plantaciyalari bor. Hozirda Pirloga tegishli xo'jalik yiliga 20 ming shisha tayyorlaydi.



PlayStation haqidagi mashhur iqtibos

Pirloning avtobiografiyasi bo'lgan Men o'ylayapman, men o'ynayapman kitobida PlayStation'ni insoniyatning g'ildirakdan keyingi eng ajoyib ixtirosi deb yozilgan. Andrea simulyatorda hayotdagida 4 marta ko'p o'yin o'tkazgan shekilli.

2006 yil 9 iyul kuni tushlikdan so'ng uxladim, keyin PlayStation o'ynadim, kechqurun esa Jahon chempioni bo'ldim.



Aqlli futbol va jarima to'plari

Pirloning bir nechta laqablari bor: Professor, Metronom, Arxitektor, Daho.

Uning uzun paslari va jarima to'plarini amalga oshirishi ko'pchilikka yoqadi, bularni u Junino Pernambukanudan o'rgangan. Bu holat avtobiografiyada to'liq yozilgan.



Xohlasangiz meni Pirlino deb chaqiring. Men Juninoning harakatlarini obdon o'rgandim – biroz vaqt kerak bo'ldi. U kabi tepishga urinardim, to'p esa bazadan tashqariga chiqib ketaverardi. Tashqaridagi muxlislarga esa to'pni atayin sizlarga sovg'a qilmoqchi edim deb aldardim.



Balki endi kimdir menga o'xshashga intilayotgandir. Kimlar uchundir men – Junino 2.0 bo'lsam kerak. Hech kimga buni aytmaganman, maqsadim Italiya A seriyasida jarima to'pidan eng ko'p gol urgan futbolchi bo'lish.



2015 yil bahorida Pirlo Sinisha Mixaylovichning rekordini takrorlagandi – Italiya A seriyasida 28ta gol.

Panenka uslubidagi penalti

Evro-2012 chorak finalida Angliyaga qarshi bahsda Pirlo o'yindan keyingi penaltilar seriyasida Antonin Panenka uslubida zarba bergandi: Jo Xart chap tomonga tashlangan, to'p esa ohistagina darvozaning markaziga yo'l olgandi.



Darvozabon g'alati harakatlar qilayotganini ko'rdim. U yana bir marta qimirlashini kutdim va zarba berdim. Bu zarba inglizlarni izdan chiqargandi: mendan keyin Yang ustunni nishonga olgandi.

Panenka bu zarbani maqtagandi:

Bu ajoyib zarba edi. Juda muhim vaziyatda u shunday zarba berganidan xayron qoldim. Mening zarbam hamon yashayotgani uchun sheriklarim bilan qadah ko'tardik.

Mag'lubiyatlardan keyingi ko'z yoshlar

Andrea faoliyatida 3 marta katta finallarda yutqazgan:

1) ECHL-2005 finali. O'sha Liverpulga qarshi mashhur final.

Istanbuldagi mag'lubiyatdan keyin ketish haqida o'yladim, sababi barcha narsaning mazmuni yo'qolgandi. Ikki yildan keyin finalda o'sha jamoani mag'lub etganimizdan xursandman.



Afina-2007. Pirlo Massimo Ambrozini, Kaka va ECHL kubogi bilan. Istanbuldagi o'sha finaldan ikki yil o'tib.

2) Evro-2012, ispanlardan qabul qilingan sharmandali mag'lubiyat. Pirloning yig'layotgan surati o'yindan ham ko'p yodda qoldi.




3) ECHL-2015 finali – Barselona Andreani uchinchi CHempionlar ligasi kubogisiz qoldirdi.



Tatildagi eng chiroyli rasm


Xatto tatilda ham Pirlo jarima to'plarini ajoyib bajarardi.


sports.ru saytidan tarjima

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика