So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  211 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  6 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  2 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  12 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

2004 yilda tug'ilgan yosh futzalchilar o'rtasida O'zbekiston chempioni aniqlandi Yangiliklar

2004 yilda tug'ilgan yosh futzalchilar o'rtasida O'zbekiston chempioni aniqlandi

Teglar :  Futzal
“Sport maktablari futbol ligasi” - O'zbekiston chempionati nihoyasiga etdi.

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida faoliyat yuritayotgan SO'EAIBO'SM manejida futzal bo'yicha Bolalar-o'smirlar sport maktablari, Ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktablari hamda Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining 2004 yilda tug'ilgan shug'ullanuvchilari o'rtasida “Sport maktablari futbol ligasi” - O'zbekiston chempionati nihoyasiga etdi.

O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston futbol associaciyasi hamkorligida uyushtirilgan mazkur musobaqada Qoraqalpog'iston respublikasi va 11 ta viloyat terma jamoasi ishtirok etdi. 

Dastlabki bosqichda jamoalar to'rt guruhga taqsimlangan holda bir davrali tizimda bahs yuritishdi.

Guruh o'yinlari natijalari:
1-tur: Andijon – Navoiy - 3:6, Surxondaryo – Jizzax - 3:6, Xorazm – Sirdaryo - 4:0, Farg'ona – Toshkent vil. - 3:2.
2-tur: Samarqand – Andijon – 3:1, Qashqadaryo – Surxondaryo – 1:1, Buxoro – Xorazm – 2:4, Qoraqalpog'iston – Farg'ona – 2:5.
3 - tur: Navoiy – Samarqand – 7:4, Jizzax – Qashqadaryo – 5:2, Sirdaryo – Buxoro – 0:0 , Toshkent vil. – Qoraqalpog'iston – 6:1.

Guruhlarning yakuniy jadvali:
“A” guruhi: Navoiy – 6 ochko. To'plar nisbati – 13-7. 2-o'rin. Samarqand – 3 ochko. To'plar nisbati – 7-8. 3-o'rin. Andijon – 0 ochko. To'plar nisbati – 4-9.
“V” guruhi: 1-o'rin. Jizzax – 6 ochko. To'plar nisbati – 11-5. 2-o'rin. Surxondaryo – 1 ochko. To'plar nisbati – 4-7. 3-o'rin. Qashqadaryo – 1 ochko. To'plar nisbati – 3-6.
“S” guruhi: 1-o'rin. Xorazm – 6 ochko. To'plar nisbati – 8-2. 2-o'rin. Buxoro – 1 ochko. To'plar nisbati – 2-4. 3-o'rin. Sirdaryo – 1 ochko. To'plar nisbati – 0-4.
“D” guruhi: 1-o'rin. Farg'ona – 6 ochko. To'plar nisbati – 8-4. 2-o'rin. Toshkent vil.– 3 ochko. To'plar nisbati – 8-4. 3-o'rin. Qoraqalpog'iston – 0 ochko. To'plar nisbati – 3-11.

Musobaqa nizomiga ko'ra, har bir guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar chorak finalga yo'l olishdi.

CHorak final. Navoiy – Buxoro - 2:2 (penaltilar bo'yicha-1:3), Jizzax – Toshkent vil. - 2:4, Xorazm – Samarqand - 7:1, Farg'ona – Surxondaryo - 2:2 (penaltilar bo'yicha-2:1).
Yarim final. Toshkent vil. - Buxoro - 2:2 (penaltilar bo'yicha-3:2), Xorazm – Farg'ona - 3:0.

Final. Hal qiluvchi uchrashuvda Toshkent va Xorazm viloyatlari terma jamoalari o'zaro kuch sinashdi. Tarkibining asosi Urganch shahridagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan vohalik yosh futzalchilar gollarga boy bo'lgan o'yinda poytaxt viloyatidan tashrif buyurgan tengdoshlarini yirik, 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, O'zbekiston chempioni nomini qo'lga kiritishdi. Natijada, Toshkent viloyati terma jamoasi ikkinchi o'rinni egalladi. Faxrli uchinchi o'ringa Farg'ona va Buxoro viloyatlari terma jamoalari loyiq ko'rildi.

Musobaqaning yopilish marosimi bayramona tarzda nishonlandi. Tantanada qatnashgan Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari Botir Saidov hukumatimiz tomonidan sportni yanada ommaviylashtirish va rivojlantirish yo'lida olib borilayotgan izchil say-harakatlar, uning mazmun va mohiyati haqida alohida to'xtalib, g'olib va sovrindor jamoalarni, musobaqaning eng yaxshi o'yinchilarini taqdirladi.

O'z navbatida chempionat ishtirokchilari, ularning trenerlari musobaqani yuksak saviyada uyushtirilishida ko'magini ayamagan Xorazm viloyati hokimligi, viloyat futbol associaciyasi hamda SO'EAIBO'SM rahbariyatiga minnatdorlik bildirishdi.




Ikrom XUDOYBERGANOV, Xorazm viloyatidan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика