Rustambek Fomin CSKAning asosiy jamoasi bilan shug'ullanmoqda
23 iyu 18:24
Yangiliklar
Rustambek Fomin CSKAning asosiy jamoasi bilan shug'ullanmoqda
Moskvaning CSKA klubi aloqalar bo'yicha direktori Kirill Breydo "qizil-ko'klar"ning asosiy jamoasi bilan shug'ullanayotgan 18 yoshli Rustambek Fomin haqida gapirdi.
"Haqiqatdan ham Rustambek Fomin CSKA PFK va O'zbekiston futbol associaciyasi o'rtasidagi hamkorlik dasturi doirasida asosiy jamoamiz bilan shug'ullanmoqda. Rustambek katta iqtidor hisoblanadi, u 17 yoshidayoq U20 terma jamoasiga kirgan va hozirda unda sardor hisoblanadi. CSKA bundan keyin ham o'zbekistonlik eng iqtidorli yigitlar uchun amaliyot o'tashda davom etadi, ammo ayni damda 18 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash haqida gap ketmayapti", — deb yozdi Breydo o'z telegram kanalida.
18 yoshli Fomin Toshkentning "Olimpik-MobiUz" klubida "Paxtakor"dan ijara asosida o'ynaydi. Rustambek jamoa tarkibida 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar
У ҳали пахтакорга керак, малакасини оширгани борган.
Фарзандини "Пахтакор" академиясига беришни истаган ота-оналар ҳафтанинг сешанба, пайшанба ва шанба кунлари соат 10:30да "Ёшлик" спорт залига келишлари лозим, албатта фарзандингиз билан бирга. Йиғиндан ўтган болажонлар Дониёр Нартаджиев мураббийлигидаги жамоага қабул қилинади.
Мурожаат учун: +99890 1671367 (Нартаджиев Дониёр Низамович)
Lekin nega butun xalq nafratlandi bu Brentdan