So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  23 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

18 yoshida O'zbekiston chempionatida to'purar bo'lgan Valeriy Kechinov haqida Yangiliklar

18 yoshida O'zbekiston chempionatida to'purar bo'lgan Valeriy Kechinov haqida

Futbolda hujumchining birinchi galdagi vazifasi gol urish hisoblanishini juda yaxshi bilasiz.

Yurtimiz futboli tarixida o'z ishini qoyilmaqom darajada uddalagan hujumchilar etarlicha topiladi. Baxtiyor Hamidullaev, SHuhrat Mirholdirshoev, Anvar Soliev. Biz bugun 1992 yil mustaqil O'zbekiston tarixida ilk bor o'tkazilgan Oliy ligada to'purarlik maqomini qo'lga kiritgan Valeriy Kechinov haqida gaplashamiz va uning faoliyatiga nigoh tashlaymiz.

Hamma qatori ko'cha futbolidan chiqqan Kechinov Toshkentning “Traktor” jamoasida futbol sir-asrorlarini o'rgana boshladi. Uning birinchi murabbiyi otasi, “Paxtakor” jamoasida faoliyat olib borgan, respublika toifasidagi hakam – Viktor Kechinovdir.

Aynan ushbu mutaxassis murabbiyligida u to'p bilan muomala qilishni o'rgandi, ilk qadamlarini tashladi. “Traktor”dagi o'yinlarini kuzatgan “Paxtakor” murabbiylari uni klubning mahsus guruhiga olishadi. U o'sha paytlarda Toshkent chempionatida ko'plab gollar urib to'purarga beriladigan sovrinni qo'lga kiritgandi. Aynan shuning hisobiga u SSSR o'smirlar terma jamoasining murabbiylarini nazariga tushadi va termaga chaqiriladi. Bilsangiz, avvalari sobiq ittifoq davrida “Valentin Granatkin” xotira turniri o'tkazilardi. Ushbu musobaqada oldin Mirjalol Qosimov ham o'smirlar terma jamoasi bilan bosh sovrinni boshi uzra baland ko'targandi. Kechinov ham terma jamoa bilan mazkur musobaqada zafar quchadi.


1991 yilga kelib maxsus guruhdan “Paxtakor” o'rinbosarlari jamoasiga qabul qilinadi va to'liq bir mavsum o'ynaydi. Asosiy tarkibda faqat bitta uchrashuvda qatnashdi. U ham bo'lsa SSSR kubogi doirasidan o'rin olgan Lipeckiyning “Metallurg” jamoasiga qarshi uchrashuvda besh daqiqagina harakat qildi.

Yurtimiz 1991 yil 31 avsuts kuni istiqlolga yuz tutdi. Keyingi yildan etiboran esa O'zbekiston chempionati, Oliy liga bahslari o'tkazila boshlandi. Bu paytga kelib u “Paxtakor”ning asosiy o'yinchisiga aylanib bo'lgandi. Endigina 18 yoshga qadam qo'ygan Valeriy jamoadoshlarining ko'magi va o'zining mehnati bilan chempionat to'purarlari orasida 24ta gol bilan birinchi o'rinni egalladi va mamlakat chempioni, yil yakunida mavsumning “eng yaxshi futbolchisi” etirofiga sazovor bo'ldi.

Buni qarang hali 20ga ham kirmagan futbolchi qanchadan, qancha tajribali futbolchilarni ortdi qoldirishni uddasidan chiqa oldi. Bo'lmasa, o'sha yillari jamoada kuchli futbolchilar ko'p edi. No'mon Hasanov, SHuhrat Maqsudov, Oleg Sinelobov, Rifat Galiev kabi etakchilardan o'zib ketdi. To'purarlar ro'yxatida undan keyingi o'rinni qo'qonlik futbolchi Rustam Abdullaev band qildi. O'sha paytlarda jamoada moliyaviy muammolar yuzaga kelganiga qaramasdan oxirigacha kurash olib borishdi. Jamoadan SHkvirin, Qosimov, Abduraimov, Oganesyan, Pyatnickiylar boshqa klublarga ketib bo'lgandi. Ularning o'rnini esa yosh futbolchilar to'ldirishdi.


1993 yilning ikkinchi davrasida Kechinov Moskvaning “Spartak” jamoasiga transfer qilindi. To'g'ri, u darhol jamoaga qo'shilib keta olmadi. Boshida bir qator qiyinchiliklarga duch keldi. Ayniqsa, Kievning “Dinamo”siga qarshi o'yinda og'ir jarohat oldi va ko'pgina uchrashuvlarni maydondan tashqarida kuzatishga majbur bo'ldi. Aslida sof hujumchi bo'lgan Kechinovni Oleg Romancev kelgach o'ng qanot yarim himoyasiga qo'yishni boshladi.

Bilsangiz, Romancev o'zining g'alati qarorlari bilan doim hayron qoldirib kelgan, o'z principlaridan hech qachon chetga chiqmasdi. Kechinovdan himoyachilarga ham yordamga kelishi talab qilinardi. Albatta, o'zi uchun noqulay poziciyada harakat qilish ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarishi tabiiy. “Spartak”dagi etti yillik faoliyatidan so'ng “Saturn”, “SHinnik” klublarida to'p tepdi va futbol bilan xayrlashdi.

Hujumchi 1992 yilda O'zbekiston terma jamoasida ham o'ynashga ulgurgandi. Rustam Akramov futbolchiga uchta uchrashuvda o'ynash imkoniyatini beradi. Hayotini keyingi yillarini Rossiyada o'tkazgan futbolchi shu yurt fuqaroligini qabul qiladi. Dastlab Rossiya yoshlar terma jamoasi, so'ng milliy terma jamoada 10dan oshiq o'yinlarda maydonga tushdi. Garchi, futbolimizga ko'p ham foyda bermagan bo'lsada, Oliy ligada birinchi to'purar sifatida tarix zarvaraqlariga kirdi. Bugungi kunda Superligada 18 yoshli futbolchining barchadan ustun kelib to'purarga aylanishi esa amrimahol.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика