13 yoshli "maktab bolasi" katta futbolda maydonga tushdi
14 sen 2022 13:36
Yangiliklar


13 yoshli "maktab bolasi" katta futbolda maydonga tushdi
SHimoliy irlandiyalik maktab o'quvchisi Kristofer Aterton 13 yosh-u 329 kunligida Buyuk Britaniyadagi eng yosh futbolchiga aylandi.
O'smir futbolchi seshanba kuni Liga Kubogi doirasida "Glenavon" jamoasi tarkibida "Dollingstaun" ustidan yirik 6:0 hisobida g'alaba qozonilgan uchrashuvning ikkinchi taymida zaxiradan maydonga tushirildi.
U maydonda ilk ishtirokini amalga oshirish orqali 14 yosh-u 323 kunligida Imon Kollinzning 42 yillik rekordini yangiladi.
Aterton rekordga qo'shimcha ravishda jamoasining oltinchi goliga asistentlik qildi.
Malumot uchun, Kollinz 1980 yil 9 sentyabrda "Blekpul" libosida debyut qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar