11 oy maydonga tushmagan Noyer tezda "Bavariya" asosiy tarkibiga qaytmoqchi
10 okt 2023 00:25
Yangiliklar
11 oy maydonga tushmagan Noyer tezda "Bavariya" asosiy tarkibiga qaytmoqchi
Manuel Noyer oktyabr oxirigacha "Bavariya" safida maydonga tushadi.
Malumotlarga ko'ra, posbon maydonga qaytishi mumkin bo'lgan sanalardan bir 28 oktyabr, myunxenliklar o'sha kuni "Darmshtadt"ni qabul qilishadi. Darvozabonning 21 yoki 24 oktyabr kunlari, "Maync" yoki "Galatasaroy"ga qarshi bahsda ham ishtirok etish ehtimoli bor.
Noyer tezda asosiy tarkibga kirishi rejalashtirilyapti. U 11 oydan beri maydonga tushmayotgan edi.
37 yoshli darvozabon jarohatidan to'liq qutildi va rasmiy bahslarga tayyor.
Fikrlar