Yovich "Roma"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
9 avg 2021, 23:53
"Real" forvardi Luka Yovich transferlar oynasi yopilgunga qadar jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"Football Italia" xabariga ko'ra, Madrid klubi 23 yoshli futbolchini "Roma"ga tavsiya qilgan. Agarda u Rim jamoasiga o'tishni maqul topsa, jamoada "Inter"ga ketishi kutilayotgan Edin Jekoning o'rnini egallashi mumkin.

Yovich 2019 yili "Real"ga o'tganidan keyin 32 o'yinda 2 gol urdi. Uning bozor narxi 20 million evroga teng.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia