So’nggi yangiliklar

14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  8 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0

Yilning eng yaxshi hujumchisi - Tiago Bezerra Yangiliklar

Yilning eng yaxshi hujumchisi - Tiago Bezerra

"Championat.asia" sayti odatga ko'ra o'z talqini bo'yicha "Yilning eng yaxshilari"ni aniqlaydi.

Dastlab yilning eng yaxshi darvozaboni, eng yaxshi himoyachisi va eng yaxshi yarim himoyachini elon qilgandik. Endi poziciya bo'yicha eng yaxshi hujumchini aniqlaymiz.

Demak, Superliga-2018da yilning eng yaxshi hujumchisi bo'lishga nomzodlar quyidagicha ko'rinish oldi:

Marat Bikmaev ("Lokomotiv")
Tiago Bezerra ("Paxtakor")
Bobir Abdixoliqov ("Nasaf")
Elguja Grigalashvili ("Qizilqum")
Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor")


Saytimiz xodimlari o'rtasidagi so'rovnomaga ko'ra, joriy mavsumda O'zbekiston chempionatida faoliyat ko'rsatgan futbolchilarning poziciya bo'yicha eng yaxshilarini aniqladik. Unga ko'ra, Superligada yilning eng yaxshi hujumchisi deya "Paxtakor" legioneri Tiago Bezerra topildi.

Superliga to'purari bo'lgan Tiago Bezerra ovoz berish jarayonida yaxshigina ustunlik bilan g'olibga aylandi. Unga bu borada chempion jamoa hujumchisi Marat Bikmaev raqobat tug'dirishga harakat qildi. Biroq Marat Bikmaev jami 3 ovoz to'pladi. "Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqov esa bitta ovozga egalik qildi. Elguja Grigalashvili va Ismoil Gonsalveshga esa hech kim ovoz bermadi.


Quyida saytimiz xodimlari kimga ovoz berishganini havola etamiz:

Narzulla Saydullaev - Tiago Bezerra
Tolibjon Qosimov - Tiago Bezerra
SHahboz Beg'amov - Tiago Bezerra
Jahongir Fayzullaev - Bobir Abdixoliqov
Zoir Tursunboev - Marat Bikmaev
Nig'mon Nazimov - Marat Bikmaev  
Alisher Xolmatov - Tiago Bezerra
Nozima Zaripova - Tiago Bezerra  
Xayrulla Xoliqov - Tiago Bezerra  
Jasur Aslanov - Marat Bikmaev
Nodirxo'ja Yuldashev - Tiago Bezerra  
Gayrat Xasbiulin - Tiago Bezerra
Asror Abdunazarov - Tiago Bezerra

SHu tariqa chempionat to'purari, "Paxtakor" azosi Tiago Bezerra "CA" talqini bo'yicha Superliga-2018da yilning eng yaxshi hujumchisiga aylandi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика