So’nggi yangiliklar

14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  8 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0

Yilning eng yaxshi himoyachisi - Anzur Ismoilov Yangiliklar

Yilning eng yaxshi himoyachisi - Anzur Ismoilov

"Championat.asia" sayti odatga ko'ra o'z talqini bo'yicha "Yilning eng yaxshilari"ni aniqlaydi.

Dastlab yilning eng yaxshi darvozabonini elon qilgandik. Endi poziciya bo'yicha eng yaxshi himoyachini aniqlaymiz.


Demak, Superliga-2018da yilning eng yaxshi himoyachisi bo'lishga nomzodlar quyidagicha ko'rinish oldi:

Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
SHerzod Azamov ("Paxtakor")
Farruh Sayfiev ("Paxtakor")
Igor Golban ("Navbahor")
Vladimir Bubanya (AGMK)


Saytimiz xodimlari o'rtasidagi so'rovnomaga ko'ra, joriy mavsumda O'zbekiston chempionatida faoliyat ko'rsatgan futbolchilarning poziciya bo'yicha eng yaxshilarini aniqladik. Unga ko'ra, Superligada yilning eng yaxshi himoyachisi deya "Lokomotiv" himoyachisi Anzur Ismoilov topildi.

Darhaqiqat, ushbu himoyachisi "Loko"ga kelganidan so'ng jamoaning mudofaa chizig'i ancha tartibga keldi. "Lokomotiv"ning chempionlik shohsupasiga chiqishida aynan Ismoilovning himoyadagi ishonchli o'yini va muhim gollarni urgani hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi.

SHuningdek, so'rovnomada chempionat davomida barqaror o'ynagan SHerzod Azamov, mavsumning ikkinchi qismida porlagan Farruh Sayfiev ham ovoz to'plashga muvaffaq bo'ldi.


Quyida saytimiz xodimlari kimga ovoz berishganini havola etamiz:

Narzulla Saydullaev - Anzur Ismoilov
Tolibjon Qosimov - SHerzod Azamov
SHahboz Beg'amov - SHerzod Azamov
Jahongir Fayzullaev - Anzur Ismoilov
Zoir Tursunboev - Farruh Sayfiev  
Nig'mon Nazimov - Anzur Ismoilov  
Alisher Xolmatov - Anzur Ismoilov  
Nozima Zaripova - Anzur Ismoilov  
Xayrulla Xoliqov - Anzur Ismoilov  
Jasur Aslanov - Anzur Ismoilov  
Nodirxo'ja Yuldashev - Anzur Ismoilov  
Gayrat Xasbiulin - Anzur Ismoilov
Asror Abdunazarov - Anzur Ismoilov  


SHu tariqa "Lokomotiv"ni chempionlik sari etaklagan Anzur Ismoilov Superligada yilning eng yaxshi himoyachisiga aylandi.

Qayd etish kerakki, Anzur Ismoilov "Lokomotiv"ga kelganidan so'ng jamoa Superligada umuman mag'lubiyatga uchragani yo'q. Ismoilov "Loko" safida 15 o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 4 marotaba ishg'ol etishni uddasidan chiqdi.

"CA" talqini bo'yicha Anzur Ismoilov Superliga-2018da yilning eng yaxshi himoyachisi deb topildi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика