So’nggi yangiliklar

10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  3 10:24Мусиала операция қилинди  2 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1

Yangi PFLning hech qachon to'g'rilab bo'lmas xatosi - "Mashal"ni "chopgani"! Yangiliklar

Yangi PFLning hech qachon to'g'rilab bo'lmas xatosi - "Mashal"ni "chopgani"!

To'ppa-tuzuk jamoani, klub sifatida ham yaxshigina poydevor va infrastrukturaga ega "Mashal"ni he yo'q, be yo'q Pro-ligaga uloqtirib yuborishdi.

"Etibor bering, hozirgi terma jamoamizga azo va nomzod darvozabonlarning deyarli hammasi "Mashal"dan chiqqan: Eldorbek Suyunov, Sanjar Quvvatov, O'tkir Yusupov va Javohir Ilyosov.

Superligada joriy mavsum har taraflama eng yaxshi darvozabon bo'lgan Suyunov, bu borada eng yaxshi ketma-ketlikda yana "Mashal" nihollari Quvvatov, Yusupov va Ilyosov.

Futbolchilarni hali sanaganim yo'q. Himoyachilardan eng barqaror o'ynagan SHerzod Azamov bo'ldi. Bu ham "Mashal"dagi nihol. Superligada eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri bo'lgan Farruh Sayfievni ham o'zbek futboliga "Mashal" bergan. Xorijda o'ynayotgan sanoqli vakillarimiz Fozil Musaev ham "Mashal"dan chiqqan aslida. SHomurodov va SHukurov qaysi jamoa tarbiyalanuvchisi ekanligini barcha biladi. Bunday misollarni keltiraman desa klaviaturani soatlab shaqillatsa bo'ladi. SHundoq jamoani elitadan yo'qotdik! Bu hali bizga qimmatga tushadi...

Qandaydir tizimli klub, undagi futzal, ayollar va hokazo ishlarni talab qilishdan avval kuchli va barqaror jamoani QADRlashni o'rganishimiz kerak!!

O'sha yangi kelib qolgan mutaxassislar aytayotgan talab va 1-2 kunda yaratib bo'lmaydigan sharoitlarni deb sanoqli tuzuk jamoalarimizni ham yo'q qilaversak, bilmadim.

Futbolda avvalo futbolni qadrlashni o'rganishimiz shart! Professionallik aslida shu. Kimdandir professionallikni talab qilishdan avval o'zi shunga monand va munosib bo'lishi, kamida o'rnak bo'lmog'i lozim!", - deya yozadi SHahboz Beg'amov o'zining telegramdagi kanalida.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика