So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Umid Ahmadjonov: “Terma jamoamizni yoshartirish vaqti keldi” Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: “Terma jamoamizni yoshartirish vaqti keldi”

O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov milliy terma jamoamizning Osiyo Kubogidagi ishtiroki bo'yicha o'z fikrlarini bildirar ekan, bo'lajak musobaqalarda asosiy etiborni endi yoshlarga qaratish zarurligini takidlab o'tdi.

“O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogida mazmunli o'yin namoyish qildi. Garchi asosiy maqsadimiz bo'lgan Osiyo Kubogi g'olibligi qo'lga kiritilmagan bo'lsa-da, futbolchilarimiz maydonda Vatan shani uchun bor kuchlari bilan harakat qilishdi, astoyidil kurashishdi. Ayniqsa, terma jamoa tarkibidagi yosh futbolchilarning o'yini meni quvontirdi. Ulardagi shijoat, g'alabaga chanqoqlik, raqibdan cho'chimaslik, oxirigacha kurashish xususiyatlari kelajakka umid bilan qarashimizga sabab bo'la oladi.
 
Statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak, terma jamoamiz mazkur musobaqada jami 7ta gol kiritdi. SHulardan 6ta golni 25 yoshgacha bo'lgan futbolchilar kiritgani ham etiborga molik. Eldor SHomurodov 23 yosh, Jaloliddin Masharipov 25 yosh, Javohir Sidiqov, Otabek SHukurov, Doston Hamdamovlar 22 yosh. Nasib qilsa, bular hali ko'p yillar davomida terma jamoamiz tarkibida yuqori saviyada to'p surishga qodir futbolchilar. Yoshi katta futbolchilarimizga ham katta rahmat aytmoqchiman. Ular o'z tajribalari bilan terma jamoamizga ko'p foyda keltirishdi. Lekin endi terma jamoani yoshartirish vaqti keldi. Oldimizda jahon chempionati saralashi turibdi. Mazkur musobaqaga yoshartirilgan tarkib bilan yo'l olamiz.

Yoshlarga ko'proq etibor qaratishimiz zarur. Ular o'yin amaliyotiga qaerda ega bo'lishadi? Albatta, o'z klublari tarkibida. SHu o'rinda milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar bosh murabbiylariga ham murojaat qilib o'tmoqchiman. CHempionat o'yinlarida yoshlarga ishonch bildirishdan qo'rqmang, cho'chimang. Yoshlar ishtiyoqqa to'la, kuchga to'la. Ularga ishonch bildiradigan bo'lsak, bu narsa ularga yanada kuch bag'ishlaydi. Bir marta xato qilishi mumkin, ikki marta adashishi mumkin. Ammo keyin o'zini tiklab olib, chiroyli o'yinlari bilan jamoasiga ko'proq yordam beradi. Bazi klublarni kuzatib bormoqdaman, hali hamon 35-36 yoshli futbolchilar bilan shartnomalar tuzib yurishibdi. Bu uzoqni o'ylamasdan amalga oshirilayotgan ish, deb bilaman. Klub kelajagini o'ylaydigan rahbarlar, murabbiylar bir yillik futbolchilarga emas, ko'proq yoshlarga etibor qaratadi. Ular bilan ko'proq ishlashni yo'lga qo'yadi.

Bazi yoshi katta futbolchilar jamoaga foydasi tegmasa ham maydonda barchaga buyruq berib, xato qilgan yosh futbolchilarni so'kib yurishni o'ziga ep ko'radi. Natijada yosh futbolchilar katta yoshlilardan so'kish eshitmaslik uchun erkin harakat qilolmaydi, o'z o'yinini ko'rsata olmaydi. Bu noto'g'ri tizim.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi nega Osiyo chempionatida muvaffaqiyat qozondi? CHunki ular nafaqat maydonda, balki maydon tashqarisida ham o'zaro do'stlar. Bir-birlariga gaplari o'tadi, boshqalardan o'zini ustun qo'yadigan futbolchilar yo'q tarkibda. Hamma bir maqsad yo'lida birlashadi, biror futbolchi xato qilsa, o'sha xatoni to'g'irlash uchun hamma birgalikda yuguradi. Barcha jamoalarimiz mana shunday harakat qiladigan bo'lsa, yoshlarga ko'proq imkon berib, ularning kuchiga, shijoatiga, ishtiyoqiga tayanadigan bo'lsak, albatta o'z maqsadimizga etamiz”, - deydi Umid Ahmadjonov.

Reyting: +88   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика