So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:2 (онлайн ҳисоб)  10 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  7 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

"Tottenhem" – "CHelsi" 3:1 Yangiliklar

"Tottenhem" – "CHelsi" 3:1

Teglar :  CHelsi Tottenxem
APL doirasidagi 13-turning markaziy uchrashuvida "shporlar" g'alaba qozonishdi.

Ajoyib o'tgan halqaro tanaffusdan so'ng, APL yana qaytmoqda. Nomi bilan hammani birdek o'ziga jalb qila oladigan "London derbisi" shanba oqshomida o'tkaziladi. Mauricio Sarrining "CHelsi"si hozirda dastlabki 12 turda mag'lub bo'lmasdan yaxshi ko'rsatkich bilan 3-o'rinda bormoqda. "Tottenhem" klubi esa "aristokratlar"dan 1 ochko kam to'plagan holda, hamshahrini izma-iz taqib qilib kelmoqda.

Tottenhem – CHelsi 3:1
"Uembli"

Gollar: 1:0 – 8 Alli, 2:0 – 16 Keyn, 3:0 – 54 Son Xyn Min, 3:1 – 85 Jiru.
Tottenhem – Loris, Foyt, Devis, Ore, Alderveyreld, Eriksen, Sissoko, Dayer, Alli (Uinks, 87), Son (Lamela, 78), Keyn.
CHelsi –Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Kovachich (Barkli, 58), Jorjino, Villian (Jiru, 76), Kante, Azar, Morata (Pedro, 58).
Ogohlantirish: Ryudiger (19), Azar (45), Jorjino (72).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi
O'yin statistikasi
"Tottenhem" – "CHelsi" 3:1

Zarbalar: 
18-13
Uzatma aniqligi: 
76%-85%
Aniq zarbalar:
16-11
To'p nazorati: 40%-60%

"CHelsi" Sarri boshqaruvida dastlabki mag'lubiyatini (L - Lose) qabul qilib oldi.

GOOOL!!! 3:1 - Jiru 85-daqiqada hisobni qisqartirdi. Sarri shogirdlari hisobni tenglashtira olishadimi?

GOOL! 3:0 – Son o'yin masalasini hal qildimi? Juda oSON gol :)

Birinchi bo'lim statistikasi

"Tottenhem" - "CHelsi" 2:0

Zarbalar: 13-6
Uzatma aniqligi: 77%-87%
Aniq zarbalar: 11-5
To'p nazorati: 41%-59%

GOL! 2:0 Harri Keyn. "CHelsi" uyg'onmasa hisob yiriklashadi. "Tottenhem" esa zver, yondirmoqda.


Alli "CHelsi"ga qarshi o'zining 6-golini urdi. Ushbu gollarning 4tasiga Kristian Eriksen hammualliflik qildi.


Qachon bo'lib o'tadi: 24 noyabr, 22:30 (Toshkent vaqti bilan)
Musobaqa: Angliya premer-ligasi
Qaerda: "Uembli" stadioni

O'yin prevyusi

"Tottenhem" – "CHelsi" o'rtasidagi bahs doim "lovullatadigan" ko'rinishda bo'ladi. Ayniqsa, "shporlar"ning klub sifatida sezilarli rivojlangani, "London derbisi" ahamiyatini oshishiga sabab bo'ldi. Bu davrda  Maurisio Pochettino shogirdlari 2017/18 yilgi mavsumda so'nggi 28 yil ichida ilk bor "Stemford Brij"da g'alaba qozonib qaytishdi. Bungacha, ushbu klublar o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlarda "Tottenhem" "ko'klar"ning ketma-ket 13 o'yindan iborat g'alabali seriyasiga yakun yasagandi.

"Tottenhem" g'alaba qozonsa, turnir jadvalida "CHelsi"dan ilgarilab ketadi va ushbu mavsumda Sarrini enggan birinchi jamoaga aylanadi.

"Tottenhem" o'zida yuqorida borayotgan jamoalardan ikkitasi bilan bellashishga ulgurdi. "Liverpul" va "Manchester Siti"ga qarshi kechgan har ikkala to'qnashuvda ham mag'lubiyatga uchradi. Bundan ko'rinadiki, SHimoliy London jamoasiga bu bahsda ham ochko olish oson bo'lmaydi.

Uchrashuv qaysi kanallarda namoyish etiladi?
Futbol TV va Match TV

"Championat.asia" sayti ushbu markaziy uchrashuvni onlayn yoritib borishni rejalashtirgan.

"Tottenhem" yangi bosqichga chiqishga tayyormi?

Pochettinoning tanqidlarga uchrayotganining asosiy sababi - sovrinlarning yo'qligi. Jamoani 2014 yil 27 mayidan beri boshqarib kelayotgan argentinalik APLda chempion bo'la olmadi, Liga Kubogi musobaqalarida ham g'alaba qozona olmayapti. Bir marta APL vice-chempioni bo'lishiga (2015/16) qaramay, "Tottenhem" muxlislari 46 yoshli mutaxassisdan xursand emas. Sababi, "shporlar" so'nggi marta chempionlikni (Angliya Liga Kubogini 2008 yilda) bundan 10 yil oldin qo'lga kiritishgan.

Jamoalar shu paytgacha 160 marotaba kuch sinashishgan. 52 o'yinda "Tottenhem", 68 uchrashuvda "CHelsi" muvaffaqiyatga erishgan. 40 bellashuvda g'olib nomi aniqlanmagan.

APL to'purarlari

Serxio Aguero ("Man Siti") 8

Eden Azar ("CHelsi") 7

Perr-Emerik Obameyang ("Arsenal") 7

Harri Keyn ("Tottenxem") 6

Sadio Mane ("Liverpul") 6

Antoni Marsial ("Man Yunayted") 6

Glenn Myurrey ("Brayton") 6

Risharlison ("Everton") 6

Moxamed Salax ("Liverpul") 6

Raxim Sterling ("Man Siti") 6

Kalum Uilson ("Bornmut") 6

Yo'qotishlar

Kiran Tripper terma jamoa yig'inida jarohat olgan va Pochettino Carrining jamoasiga qarshi uning xizmatlaridan foydalana olmaydi. Mateo Kovachichda kichik jarohat borligini hisobga olmasak, turning markaziy to'qnashuvida "aristokratlar" optimal takrkib bilan ishtirok etishadi.

Tahminiy tarkiblar

Tottenhem–Loris, Ore, Foyt, Alderveyreld, Devis, Dembele, Dayer, Alli, Eriksen, Lukas, Keyn
CHelsi– Arrisabalaga,Aspilikueta, Ryudiger, Luiz, Alonso, Jorjino, Kante, Barkli, Villian, Morata, Azar

Ushbu o'yin juda og'ir va kurashlarga boy bo'ladi, tahminiy hisob - 1:1.


Nodir Abdurasulov tayyorladi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика