01 avg 19:27

Syurpriz! Balotelli Ispaniyaning 3-divizion klubiga o'tish arafasida

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Hujumchi Mario Balotelli "Jenoa"dagi omadsiz tajribasidan so'ng Ispaniya futbolidagi faoliyatini davom ettirishi mumkin.

"Fichajes" nashri xabariga ko'ra, uchinchi divizion klubi "Real Mursiya" 34 yoshli italiyalikka alohida shartlarni ichiga olgan taklif bilan chiqqan: taxminan 500 ming evro maosh – bu klubning standart imkoniyatlaridan sezilarli darajada oshib ketadigan miqdor, shuningdek, klub atributlari sotuvining foizi va o'z homiylarini jalb qilish huquqi.

Balotellining qarorini hafta oxirigacha kutishadi. Uning vakillari va klub prezidenti Felipe Moreno o'rtasidagi muzokaralar bevosita davom etmoqda, "Real Mursiya" uchun bu transfer nafaqat maydonda, balki marketing nuqtai nazaridan ham muhim.

Balotellining o'tgan mavsumi omadsiz o'tdi: u "Jenoa" safida A Seriyada bor-yo'g'i 6 o'yinda maydonga tushdi va gol urolmadi. Hujumchi yozda klubni erkin agent sifatida tark etgan edi.

Manba : Fichajes
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +2 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

+1
01/08 22:18
Nod34 34
Job Ir foydalanuvchining fikriga javob berish
Сергеевми
Лутфулла Тураев
+1
01/08 20:10
Nod34 34
Балотелли дан яхши факат 1 уйинчи бор...
0
01/08 22:24
Job Ir
Nod34 34 foydalanuvchining fikriga javob berish
Лутфулла Тураев
Шунга ожиз аклим етмапти. Гап йук урнига урдингиз хазилни
0
01/08 21:36
Job Ir
Nod34 34 foydalanuvchining fikriga javob berish
Балотелли дан яхши факат 1 уйинчи бор...
Сергеевми
Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика