So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

Ilyos Zeytullaev: "Orzu qilish zarar qilmaydi, oxirigacha kurashamiz!" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Orzu qilish zarar qilmaydi, oxirigacha kurashamiz!"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev Championat.asia saytiga intervyu berdi.

- Xayrli kech, Ilyos Bekirovich. "Bunyodkor"ning ikkinchi davraga tayyorgarligi haqida nima deya olasiz? Jamoaga dam berilganmidi?

- Futbolchilar chindan ham dam olishga munosib edilar. "Andijon" bilan o'yindan so'ng ularga darhol tiklanish imkoniyatini berdik. Mahalliy o'yinchilarga qisqa tanaffus berildi, xorijliklarga esa ko'proq vaqt – ikki-uch kun ajratildi, chunki ular uylariga uchib borib, qaytib kelishlari kerak edi. Hamma vaziyatni tushunardi, hech qanday gina-kudurat yo'q edi, jamoamiz ahil-inoq.

Mahalliy yigitlar yakshanba kuni tushlikdan keyin to'planishdi, biz ularni asta-sekin ish suratiga qaytarish uchun engil mashqlardan boshladik. Chet ellik futbolchilar seshanba kuni qaytishdi, shu bois jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylarimiz – Aleks va Andreasning ishi ko'paydi.

- Haydarov rahbarligidagi hozirgi olimpiya terma jamoasi haqida fikringiz qanday? Nosir Abdusalomov ham o'sha jamoaga chaqirildi...

- Haydarov juda tajribali mutaxassis. Buni uning necha yildan beri futbolda ishlab kelayotganidan ham bilsa bo'ladi. U – juda mohir murabbiy. U nima qilayotganini biladi, o'yinchilarga yondashishni uddalaydi. Esimda, men hali terma jamoada o'ynab yurgan paytimda u allaqachon murabbiy edi.

- Uning davrida terma jamoaga chaqirilganmidingiz? 2007-2008 yillarda "Paxtakor"da Qatarga gol urganingizda tarkibda bo'lganingizni eslayman...

- Ha, mutlaqo to'g'ri. O'shanda terma jamoani Ravshan Haydarov va Salkov boshqarardi, adashmasam. Ha, o'sha yillari chaqirilgandim.

U davrlar boshqacha edi, lekin Haydarov tinimsiz o'sib bormoqda, yangi tajribalarni o'zlashtirmoqda. Hozir barcha murabbiylarimiz ko'p safar qilishadi, chet ellik mutaxassislar bilan muloqot qilishadi, shu bois yondashuv asta-sekin o'zgarmoqda. Men ularning mashg'ulotlarini kuzatishni, qanday ishlashlarini ko'rishni juda xohlardim – vaqt topilishi bilanoq albatta shunday qilaman. O'zimga ham qiziq.

- Yordamchilaringiz Andreas va Aleks o'z g'oyalarini mashg'ulot jarayoniga singdirishga ulgurdimi? Yana nimadir etishmayaptimi, balki qandaydir yangiliklar rejalashtirilayotgandir?

- Bilasizmi, futbolda doim nimanidir takomillashtirish mumkin. Biz, masalan, yaqinda mashg'ulot jarayonini kuzatish uchun videotizim o'rnatdik – rahbariyat bunday tashabbuslarni qo'llab-quvvatlamoqda.

Ammo bazida barcha g'oyalarni amalga oshirish uchun texnik imkoniyatlar, kadrlar, vaqt etishmasligini tushunasiz. Rivojlanishga katta turtki beradigan ko'plab samarali usullar, mayda-chuyda tafsilotlar mavjud. Biroq bularning barchasi uchun vaqt kerak.

Rahbariyat yordamida ko'plab futbol mashg'ulotlari uchun sharoitlarni yangiladik.

- Yangi trenajyorlar mavsum boshlanishidan oldin keltirildi. Shunday emasmi?

- Ha, zamonaviy trenajyorlar o'rnatildi. Bu muhim, o'yinchilar tushunishlari kerak: ular nafaqat o'zlari uchun mehnat qilishadi, balki o'zlaridan keyin keladiganlarga ham nimadir qoldiradilar. Aytganlariday, o'zingdan keyin yaxshi iz qoldirish kerak.

Biz futbolchilar nafaqat mashq qilishi, balki dam olishi – bilyard yoki PlayStation o'ynashi, o'yinlarni tomosha qilishi mumkin bo'lgan joy yaratmoqchimiz. Futbolchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishni rejalashtirganmiz.

- Mavsumning birinchi qismi o'tdi. Qanchalik mamnun yoki norozi ekanligingizni so'rash biroz noo'rin. Lekin 10 ballik shkalada baholasak-chi?

- Sakkiz.

- Nega o'n emas? Mukammallikka nima etishmayapti?

- O'n – bu hamma narsa mukammal bo'lgan holat. Biz esa mukammal emasmiz. Sakkiz, chunki yigitlar murakkab sharoitlarda ulkan ishlarni amalga oshirdilar. Pasayishlar, qiyin lahzalar bo'ldi, lekin umuman olganda, yaxshi natija.

Jamoada o'sishga rag'bat bo'lishi uchun ataylab shunday baho qo'yyapman. Futbolchilarning o'zlari ham his qilishlarini istayman: ular har qanday raqib bilan, hatto chempionlik uchun kurashayotganlar bilan ham bellasha olishadi.

Aytish mumkinki, 8.5 – birinchi davrani munosib o'tkazdik.

- Transfer oynasida jamoani bir necha futbolchi tark etdi. Luis Kachorridan boshlaymiz. U bilan qanday xayrlashdingiz?

- Luisning O'zbekistonda qiziqarli tarixi bor. O'tgan yili biz uni malum bir o'yin uslubi uchun olgandik, o'shanda "qutulishimiz" kerak edi. U juda mos keldi – gavdali, yakkakurashlarda kuchli, ko'plab muhim gollarni urdi.

Bu mavsumda taktikani biroz o'zgartirdik va u o'zini yangicha namoyon etdi: tez-tez jarima maydonida o'ynay boshladi, samaradorligini oshirdi. Bu uning mahoratidan dalolat beradi. U – haqiqiy professional.

Biz uni qoldirmoqchi edik, muzokaralar olib bordik. Ammo u Iordaniyadan rad etish qiyin bo'lgan juda foydali taklif oldi. Afsus, albatta, lekin biz uning tanlovini tushunamiz.

- Yana bir yo'qotish – Odiljon Hamrobekov. U Eronning "Taraxtorsozi" klubiga o'tdi. Bu jamoa uchun qanchalik og'ir?

- Odil – katta yo'qotish, yashirmayman. Haqiqiy sardor va jamoaviy o'yinchi. Eslaydigan bo'lsangiz, u birinchi o'yindayoq sardorlik bog'ichi bilan maydonga tushdi, ammo Temurxo'ja Abduxoliqov paydo bo'lishi bilan darhol unga bog'ichni topshirdi, mana shu subordinaciyaga hurmat.

Lekin men yigitlarga, kelinglar, bunga ijobiy qaraylik, dedim. Biz u bilan yarim yil ishlash sharafiga muyassar bo'ldik. Endi esa bu boshqalar uchun imkoniyat. Bizda Amir To'raqulov, Azizbek To'lqinbekov, Rasul Yo'ldoshev bor. Asadbek Rahimjonov jarohatdan so'ng safga qaytmoqda. U ham himoyachi, ham markaziy himoyachi vazifasini bajara oladi.

- So'nggi paytlarda ko'pchilik darvozabonlar ko'proq xato qila boshlaganini takidlamoqda. Buni qanday izohlaysiz?

- Bu umumjahon tendenciyasi. Zamonaviy futbol darvozabonlardan ko'proq narsani talab qiladi - ular hujumning to'laqonli ishtirokchisiga aylangan. Endi darvozabon oyoq bilan o'ynashni, hujumlarni boshlashni, bosim ostida qaror qabul qilishni bilishi kerak.

Ilgari darvozabon shunchaki to'pni oldinga tepib yuborar edi - hozir esa statistikaga qarang: u bir o'yinda necha marta o'yin qurishda ishtirok etadi! Tabiiyki, harakatlar soni ortishi bilan xatolar ehtimoli ham ko'payadi.

Hamid uchun bu mavsum oson kechmadi, ammo bu tabiiy holat. Asosiysi, o'ylanib qolmasdan, xatolar ustida ishlash. Tez orada hamma natijani ko'radi.

- Jamoangiz etakchilar bilan yonma-yon bormoqda. Ikkinchi davraga qanday vazifalar qo'yasiz?

- Klubning real vazifasi - jadvalning yuqori qismiga, ettinchi o'ringa chiqish. O'tgan yili biz o'ninchi o'rinda edik - bu ko'p yillar davomidagi eng yomon natija. Bir mavsumda 10-o'rindan sakrab, sovrinli o'rinlar uchun kurashish mumkin emas. Mumkin bo'lsa ham, bu endi boshqa mavzu.

Agar 7-pog'onadan yuqorida bo'lsak - ajoyib bo'ladi. Lekin asosiysi kelajakka poydevor qo'yish: keyingi murabbiy (xoh u men bo'lay, xoh boshqasi) shu asosda qurishi kerak.

- Jamoadagi muhitni qanday tariflaysiz?

- Bu men hech qachon tashvishlanmaydigan yagona narsa. Bizda ajoyib mikroiqlim - yigitlar haqiqatan ham bir-birlariga jon kuydirishadi. O'yin jarayonida hamma ishtirok etadi.

Jarohatlar bo'lgan eng qiyin daqiqalarda ham - jamoa tarqalib ketmadi. Aksincha, bu jamoani yanada jipslashtirdi.

- "Bunyodkor"ni kema sifatida tasavvur qilsak, u qanday bo'lardi? Xayol qilishimiz mumkinmi?

- (o'ychan tabassum bilan) Bilasizmi, menga bu savolni tez-tez berishadi. Har safar "Bunyodkor"ning o'tmishdagi holatini eslayman - u haqiqiy kruiz layneri edi. Katta, qudratli, mukammal sharoitlarga ega. Hamma narsa soatdek ishlar edi: yuqori darajali futbolchilar, ajoyib infratuzilma, barqaror natijalar. Biroq zamonlar o'zgarmoqda.

Hozirgi "Bunyodkor"imiz ko'proq sport elkan kemasiga o'xshaydi. Tasavvur qiling: ulkan po'lat layner emas, balki tez, epchil va har bir ekipaj azosi muhim bo'lgan kema. Bunday kemada bo'lganingizda, shunchaki tugmani bosib, natijani kutib o'tirolmaysiz - bu erda hamma hamjihatlikda ishlashi va bir-birini his qilishi kerak.

Masalan, Najmiddin o'naqay bo'lsa-da, chap qanotda o'ynaydi va shikoyat qilmaydi. U haqiqiy jangchidek, natija uchun chidaydi va o'zini ayamaydi. Hech qachon nolimaydi. Men unga doim aytaman: "Agar urush boshlanib qolsa, sen bilan birga boraman".

- O'zbekiston Kubogida qanday maqsadlar qo'yilgan? Kubok bahslari bor yo'g'i bir o'yindan iborat va har qanday natija qayd etilishi mumkin-ku...

- Biz jiddiy kayfiyatdamiz. "Qo'qon-1912"ni penaltilar seriyasida engdik – Odil va Timasiz, bu oson bo'lmadi. Endi "Buxoro"ga qarshi o'yin kutmoqda - bu biz uchun final darajasidagi uchrashuv bo'ladi.

Kubok – o'ziga xos turnir. Bu erda hamma narsa bo'lishi mumkin. Orzu qilish zarar qilmaydi, oxirigacha kurashamiz! Orzu qilmaslik - mana bu haqiqatan zarar.


Abdulvosit Bektemirov va Emil Bekmuxamedov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

   
02 avg 23:40:51
Рома
Мана сизга узбекистонни 2025 йилдаги энг яхши зур мураббийи!Насиб килса терма жамоага хам унинг хизматидан фойдаланиш зарар килмайди дустлар
championat.asia
Яндекс.Метрика