So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  17 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  5 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  11 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Superliga-2018. Maydonga tushgan eng faxriy futbolchilar TOP-10 Yangiliklar

Superliga-2018. Maydonga tushgan eng faxriy futbolchilar TOP-10

O'quvchilarimizga yakuniga etgan mavsum haqidagi malumotlar berishda davom etamiz.

Bu safar 2018 yilgi Superligada maydonga tushgan eng faxriy futbolchilar haqida gaplashamiz.

Anvar Berdiev (11.05.1978)
Klubi:
"Neftchi"
Ampluasi: Hujumchi
Statistikasi: 12 ta o'yin, 1 ta gol

Bu yil maydonga tushgan eng faxriy futbolchi "Neftchi" hujumchisi Anvar Berdiev bo'ldi. 1978 yilda tug'ilgan to'purar 40 yosh, 202 kunligida Superligada to'p tepdi. Murabbiylar tajribali futbolchini asosan zaxiradan maydonga tushirishdi. Mavsum davomida 12 ta o'yinda qatnashgan Berdiev Farg'onada "Paxtakor"ga qarshi kechgan bahsda gol urishning uddasidan chiqdi va bu yil gol urgan eng faxriy futbolchi nomiga ham sazovor bo'ldi. Berdiev bu yil O'zbekiston chempionatida o'zining 500-uchrashuvini o'tkazdi.



Anvar G'ofurov (14.05.1982)
Klubi:
"Bunyodkor"
Ampluasi: Himoyachi
Statistikasi: 17 ta o'yin, 1 ta gol

"Bunyodkor" himoyachisi Anvar G'ofurov bu reytingda ikkinchi o'rinni egalladi. 36 yoshli futbolchi yakuniga etgan mavsumda 17 bor maydonga tushdi va shundan 15tasida to'liq o'ynadi. "So'g'diyona" bilan bahsda raqib darvozasiga to'p kiritishning ham uddasida chiqqan G'ofurov negadir Superliganing ikkinchi bosqichida umuman maydonga tushgani yo'q. Katta ehtimol bilan G'ofurov keyingi mavsum "Bunyodkor"da o'ynamaydi.




Mamur Ikromov (12.06.1982)
Klubi: 
"Lokomotiv"
Ampluasi: Darvozabon
Statistikasi: 2 ta o'yin, -1 ta gol

Bir necha yildan buyon "Lokomotiv"ning zaxira darvozaboni degan nomni hech kimga bermayotgan Mamur Ikromov 2018 yilgi Superligada o'ynagan eng yoshi katta posbon bo'ldi. 36 yoshli darvozabon bu yil ikkitagina o'yinda maydonga tushdi va bitta gol o'tkazib yubordi.

Murodjon Zuhurov (23.02.1983)
Klubi
: "Bunyodkor"
Ampluasi: Darvozabon
Statistikasi: 14 ta o'yin, -14 ta gol

Reytingimizdagi yana bir darvozabon - Murodjon Zuhurov. "Bunyodkor"ning 35 yoshli posboni yakuniga etayotgan yilda 14 ta o'yinda ishtirok etdi va o'z darvozasidan xuddi shuncha to'p olib chiqdi.

Kamoliddin Tojiev (03.05.1983)
Klubi:
"Paxtakor"
Ampluasi: Himoyachi
Statistikasi: 7 ta o'yin

Bir necha yildan buyon "Paxtakor" tarkibida o'ynab kelayotgan Kamoliddin Tojiev ham endilikda faxriylar qatoriga kirib bo'ldi. 35 yoshli himoyachi uchun 2018 yil u qadar omadli o'tgani yo'q. SHota Arveladze boshqa himoyachilarga ko'proq ishonch bildirdi. Tojiev 7 ta o'yinda maydonga tushdi va atiga 3tasida to'liq harakat qildi. Mavsum so'nggida Tojievlarning o'rtanchasiga "Paxtakor" rahbariyati tomonidan to'n kiydirildi. SHu bois himoyachi yangi mavsumni boshqa klubda o'tkazishi mumkin deb taxmin qilamiz.




Ignatiy Nesterov (20.06.1983)
Klubi:
"Lokomotiv"
Ampluasi: Darvozabon
Statistikasi: 30 ta o'yin, -27ta gol

"Lokomotiv"ning asosiy posboni Ignatiy Nesterov ham reytingimizdan joy oldi. 1983 yilda tavallud topgan darvozabon bu yil O'zbekiston chempionatida o'zining 400-uchrashuvini o'tkazdi. 2018 yilgi mavsumda Nesterov 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol o'tkazdi.




Jasur Hasanov (02.08.1983)
Klubi
: "Nasaf"/AGMK
Ampluasi: Yarim himoyachi
Statistikasi: 28 ta o'yin, 3 ta gol

2003 yil Nesterov bilan birga yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan Jasur Hasanov ham faxriy fubolchiga aylandi. 35 yoshli yarim himoyachi bu yilgi mavsumni "Nasaf" safida boshladi va yozda AGMK safiga ko'chib o'tdi. Jami 28 ta o'yinda maydonga tushgan Hasanov 3 ta gol urdi va 12 marta sheriklariga golli pas oshirdi.




Igor Taran (29.12.1983)
Klubi:
"Qo'qon-1912"/"Neftchi"
Ampluasi: Hujumchi
Statistikasi: 15 ta o'yin, 1 ta gol

"SHo'rtan"dagi o'yinlari orqali tanilgan Igor Taran 2018 yilgi mavsum ikkita klubda o'tkazdi. Dastlab "Qo'qon-1912"da harakat qilgan hujumchi transferlar oynasi paytida vodiyning boshqa bir klubi "Neftchi"ga o'tdi. 15 ta uchrashuvda maydonga tushgan Taran bitta gol urdi. Biroq 29 dekabr kuni 35 yoshga to'ladigan hujumchi faqat bitta uchrashuvda to'liq o'ynaganini ham qo'shib qo'yish lozim.

Nosirbek Otaqo'ziev (30.01.1984)
Klubi:
"Qo'qon-1912"
Ampluasi: Hujumchi
Statistikasi: 25 ta o'yin, 2 ta gol

So'nggi yillarni "Qo'qon-1912"da o'tkazgan Nosirbek Otaqo'ziev bu mavsum 25 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki bor ishg'ol qildi. 34 yoshli hujumchi hozirga qadar O'zbekiston chempionatida jami 351 ta o'yin o'tkazdi.

Nemanya Yovanovich (03.03.1984)
Klubi
: "Qizilqum"
Ampluasi: Hujumchi
Statistikasi: 28 ta o'yin, 6 ta gol

Reytingimizdagi yakkayu-yagona legioner Nemanya Yovanovich bo'ldi. "Qizilqum" hujumchisi 34 yoshida 28 ta bahsda maydonga tushdi va 6 marta raqiblar darvozasiga gol urishga muvaffaq bo'ldi. Serbiyalik futbolchi keyingi yil ham yurtimizda o'ynaydimi yoki yo'qmi buni vaqt ko'rsatadi.



Narzulla Saydullaev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика