So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Ro'ziqul Berdiev ertaga "Nasaf" rulida oxirgi o'yinini o'tkazadimi? Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev ertaga "Nasaf" rulida oxirgi o'yinini o'tkazadimi?

Qarshining "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning kelasi mavsumda qator jamoalarni boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mish va xabarlar yuribdi.

Xususan joriy mavsum o'rtasida Ro'ziqul Berdievga AGMK klubidan qiziqish bo'lgandi. Ammo murabbiy "Nasaf"ni qiyin pallada tashlab ketishni maqul ko'rmagandi. Ertaga Superliganing so'nggi turida "Nasaf" Jizzaxda "So'g'diyona" bilan kuch sinashadi. Mazkur bahs Berdievning "Nasaf" rulidagi oxirgi o'yini bo'lishi mumkinligi haqidagi taxminlar ham yo'q emas.

Aynan shu savol va boshqa bir qator masalalar bo'yicha "Nasaf" bosh menejeri Sergey Kucherenkoga murojaat qildik. Qarshiliklar menejeri jamoaga yangi murabbiy izlamayotganini takidladi.

- "SHuni baralla ayta olamanki, biz hozirgacha jamoaga boshqa murabbiy izlaganimiz yo'q. CHunki jamoani ajoyib mutaxassis Ro'ziqul Berdiev boshqarmoqda va biz uning ishidan mamnunmiz. SHu boisdan ham yangi yoki boshqa murabbiy izlayotganimiz yo'q. SHu o'rinda jamoani qiyin holatda munosib boshqargan va tarbiyalanuvchilarimizga tayanib ishlagan Berdievga katta minnatdorchilik bildiraman".


"Nasaf" Ro'ziqul Berdiev bilan shartnomani uzaytardimi yoki uzaytiradimi? Yani Berdievni "Nasaf"da aniq qoladi deyish mumkinmi?

- "Hozircha bazi qarzdorliklar mavjud. SHu masalalar hal etilganidan so'ng bu borada gaplashamiz", - deya javob qaytardi Sergey Kucherenko.


"Nasaf"ning kelasi mavsum uchun rejalari qanday?

- "Maqsad aniq - jamoani avvalgi mavqeini tiklash. "Nasaf" doimgidek sovrinli o'rinlar, OCHLga yo'llanma olish va chempionlik uchun kurashadigan raqobatbardosh jamoaga aylanishini lozim. To'g'ri, bu mavsum biz uchun yo'qotishlarga boy bo'ldi. Etakchilarning ketishi, moliyaviy holat yomonlashganiga qaramasdan jamoa o'z tarbiyalanuvchilari bilan qaddini ko'tarishga muvaffaq bo'ldi. SHu o'rinda ishonchni oqlagan va murabbiyga elkadosh bo'lgan yosh futbolchilarimizga ham rahmat aytaman. Ular ishonchni oqlashdi.

Kelasi mavsumdan umidimiz katta. Biz yana avvalgidek katta raqobatga qaytish arafasidamiz. "Nasaf" yana muxlislar o'rganib qolgandek yuqori maqsadlar sari dadil odimlaydi. Hozirda oldimizda turgan asosiy vazifa - jamoa o'zagini saqlab qolish. SHu bilan bir qatorda jamoa tarkibini kuchaytirish borasida izlanyapmiz. Imkoniyatdan kelib chiqib jamoaga yana legionerlarni jalb etish rejasi mavjud. Ko'p narsa imkoniyat va sharoitga bog'liq. Ammo maqsad va vazifalar ulkan", - deya ishontirdi "Nasaf" menejeri Sergey Kucherenko.


Xush, "Nasaf" kelasi mavsumda yana avvalgidek sovrinli o'rinlarga kurashishi uchun moliyaviy jihatdan ham ancha barqarorlashishi talab etiladi. Klub byudjeti yanada oshiriladimi?

- "Ochig'i bu savolga men javob berolmayman. Buni klub prezidenti hal etadi. Umid qilamizki, kelasi mavsum ko'zlagan maqsadlarimiz amalga oshirish uchun etarli sharoit va imkoniyatga ega bo'lamiz. Jamoaning ishi oson bo'lishi, futbolchilarga qulaylik yaratish maqsadida klub mamuriyatiga bazi qisqartirishlarni kiritmoqchimiz. Muhimi, jamoani saqlab qolish. Buning uchun esa bazi ishchi kuchini qurbon qilishga to'g'ri keladi. Bundan ko'zlangan maqsad jamoaga og'ir bo'lmasligi va klub akademiyasida ziyon etkazmaslik. CHunki jamoamizning poydevori bo'lgan akademiya murabbiylariga kerakli sharoitlarni yaratib bermog'imiz zarur. Joriy mavsumda ikki xil toifadagi yoshlarimiz Superligada chempionlikni qo'lga kiritishgani jamoamiz kelajagi ishonchli ko'llarda ekanligini yana bir bor ko'rsatdi", - dedi Sergey Kucherenko.


Bobir Abdixoliqov, Odiljon Hamrobekov va Aziz G'aniev singari futbolchilar jamoada qoladimi?

- "Avvalo shuni aytish kerakki, bu sanab o'tilgan futbolchilarning jamoa bilan amalda shartnomasi mavjud. Ularni hech kimga tekinga qo'yib yubormaymiz yoki shartnomani buzib qo'ymoqchi ham emasmiz. Bobir, Odil yoki Aziz jamoaning etakchi futbolchilariga aylanishga ulgurishdi. Bejizga "Nasaf"dan 12 nafar futbolchi yoshlar terma jamoasiga jalb etilayotgani yo'q. Yoki Odiljon Hamrobekovni olaylik, bu futbolchimiz terma jamoaning ham asosiy figurasiga aylanib bormoqda. Agarda mazkur futbolchilar bo'yicha jiddiy va bizni qiziqtiradigan takliflar bo'lsagina o'ylab ko'ramiz", - dedi Sergey Kucherenko.


"Nasaf" bosh menejeri kelasi mavsumda jamoani avvalgi mavqeini ko'tarishni rejalashtirmoqda. Kucherenko imkoniyat tug'ilishi bilanoq tarkibni kuchaytirish maqsadida tarkibga kuchli legionerlarni jalb etishni ham ko'zlab qo'ygan. Ammo bu ishlar amalda qanchalik uddalanadi, buni vaqt ko'rsatadi.

Qayd etish kerakki, jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning klub bilan tuzgan shartnomasi yil yakunida nihoyasiga etadi. Ayni paytda Berdievning xizmatlariga ehtiyoj sezayotgan jamoalar mavjud. Ulardan biri sifatida "So'g'diyona" va "Qo'qon-1912" jamoalari tilga olinmoqda. Qo'qonliklar klubida Berdiev bilan "Nasaf"da birga ashlagan Vitaliy Ni faoliyat boshlaganini inobatga olsak, Berdievni "Qo'qon-1912"da jamoasida ko'rish ehtimoli yanada oshadi. "Nasaf" klubi Berdievni jamoada olib qolish uchun chinakamiga kurashishi talab etiladi. CHunki murabbiy oldida tanlash imkoniyati mavjud.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика