So’nggi yangiliklar

07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0

Roberto Karlos Toshkentda bolajonlar uchun master-klass namoyish qildi Yangiliklar

Roberto Karlos Toshkentda bolajonlar uchun master-klass namoyish qildi

Teglar :  Roberto KarlosO'FA
Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos poytaxtimizga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

"Real" klubining sobiq azosi dastlab O'FA rahbariyati bilan uchrashdi. Unga milliy choponimiz va do'ppimiz sovg'a qilindi.
 
SHundan so'ng, braziliyalik jahon chempioni  yosh futbolchilar uchun O'FA maydonida tashkil etilgan master-klassda ishtirok etdi. U turli futbol maktablaridan kelgan bolajonlar uchun mahorat darslarini namoyish qildi. Keyin shu erning o'zida faxriy futbolchilar ishtirokida o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tdi. Unda Azamat Abduraimov, Viktor Karpenko, Zayniddin Tojiev, Eldor Magdeev, Bahodir Ahmedov, Aleksandr Xvostunov, Aleksey Roshhin kabi futbolchilardan tashkil topgan "Paxtakor" va O'zbekiston terma jamoasining faxriylari ishtirok etishdi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to'p surdi. Uchrashuv O'zbekiston terma jamoasi faxriylarining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi. Karlos gollardan biriga mualliflik qilganini ham takidlab o'tish zarur.
 
SHundan keyin Roberto Karlos Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon chempionati g'olibi bo'lgan bolajonlar va boshqa futbol maktablari tarbiyalanuvchilariga turli sovg'alar taqdim qildi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика