So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi: "Osiyo Kubogidagi asosiy maqsad - guruhdan chiqish" Yangiliklar

Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi: "Osiyo Kubogidagi asosiy maqsad - guruhdan chiqish"

Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin OFK rasmiy saytiga intervyu berdi.

"Biz o'z darajamiz va Osiyo Kubogi darajasini tushunib turibmiz. Biz raqobatbardosh jamoa bo'lishimiz kerak. Buning uchun barcha narsa bor.

Biz maqsadlarimizga qadamma-qadam erishishga umid qilamiz. Terma jamoamizning asosiy maqsadi - guruhdan chiqish. Keyin esa oldinga intilish.

Muxlislarimiz qanday o'yin namoyish etishimizni bilishadi. Qisqa va o'rta paslar bilan, hujumkor o'yin namoyish etishga urinamiz. Biroq raqiblarimizning darajasi tufayli bazi uchrashuvlarda o'yin uslubimizni o'zgartirishimiz kerak bo'ladi. Bu ish yaxshi natija qo'lga kiritish uchun qilinadi.



Osiyo Kubogida kuchsiz jamoa yo'q. Barcha raqiblar juda jiddiy. Janubiy Koreyani 2018 yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi sifatida bilamiz. Xitoy bosh murabbiyi Marchello Lippi ham Jahon chempioni hisoblanadi. Filippin ham biz kabi Osiyo Kubogida yangi jamoa. Ular bilan yaqinda ikkita yaxshi o'yin o'tkazdik, biroq ularda g'alaba qozonish nasib etmadi.

Guruhdagi o'yinlar oson bo'lmaydi. Kuchli jamoani mag'lub etish doim yoqimli. Biz mehnat qilishda davom etamiz.

Futbol rivojlanishi va ommalashishi terma jamoa hamda klublarning natijalariga bog'liq. Hozircha terma jamoaning ishlari yaxshi ketmoqda. Qirg'iziston xalqi o'z terma jamoasi ishtirokini tomosha qilishi va faxrlashishi lozim", - deydi Aleksandr Krestinin OFK rasmiy saytiga.  


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика