So’nggi yangiliklar

13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   0 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  4 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  10 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  12 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1

PFL maxsus ishchi-guruhi bir qator klublarni monitoringdan o'tkazmoqda Yangiliklar

PFL maxsus ishchi-guruhi bir qator klublarni monitoringdan o'tkazmoqda

Teglar :  Buxoro PFL Surxon
Bilasiz, Superliga va Pro-liga klublari yangi mavsum uchun futbolchi va murabbiylarini PFLda ro'yxatdan o'tkazishi uchun avvalo bir qator talablarni bajarishi lozim bo'ladi.

Yani, oldindan malumot berilganidek, “O'FA va O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini licenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo'yicha reglament”da ko'rsatilgan talablar, jumladan o'z akademiyasiga ega bo'lish, uy stadioni maydoni yaxshi holatda bo'lishini taminlash hamda futbolchilari oldida qarzdorligi mavjud emasligini ko'rsatgan klub haftaning istalgan kunida yangi futbolchilari bilan shartnomalarni PFL ro'yxatidan o'tkazishi mumkin.

Biroq yangi mavsum starti borgan sayin yaqinlashayotgan bo'lsa-da, yuqorida sanab o'tilgan u yoki bu talabni bajarishni biroz paysalga solayotgan klublar ham yo'q emas.

Ayni paytga kelib, faqatgina “Qizilqum” hamda “Andijon” jamoalari yuqorida sanab o'tilgan talablar yuzasidan amalga oshirilgan va bajarilayotgan ishlar bo'yicha to'liq hisobot taqdim etdi. Vaziyat qolgan klublarda qanday ekani, yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni qanday olib borilayotgani bilan yaqindan tanishish maqsadida PFL monitoring guruhlari bugun, 9 fevral kuni bir qator klublarga tashrif buyurishmoqda.  

Jumladan, “Buxoro”, “Mashal”, “Nasaf”, “So'g'diyona”, “Dinamo”, “Qo'qon-1912”, “Neftchi”, “Istiqlol”, “Navbahor” hamda “Surxon” klublarida monitoring olib borilmoqda va stadion, maydon holati, yoritish tizimlari, klub shtat birligi, akademiya, mavjud qarzdorliklar va boshqa yo'nalishlar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko'zdan kechirilmoqda.

Dushanba kuni o'tkazilgan monitoring natijalari umumlashtirilgan holda keng futbol jamoatchiligi etiboriga havola etiladi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика