So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

PFL: Ayni damda faqatgina uchta klub stadioni talabga javob beradi Yangiliklar

PFL: Ayni damda faqatgina uchta klub stadioni talabga javob beradi

O'zbekiston Professional Futbol Ligasi klublar oldiga qo'yilgan talablarni kelgusi mavsumda jiddiy nazorat qilishi haqida avvalroq xabar bergandik.

Ushbu mavsumda klublar bajarishi shart bo'lgan talablarni qisman bajardi va hozirda ham klub infratuzilmasini yaxshilash uchun ular oldiga qo'yilgan talablarni qay tarzda bajarilayotgani O'zPFL tomonidan nazorat qilinmoqda. Takidlash lozim, kelasi haftada yangi mavsum uchun klublarni licenziyalash bo'yicha yangi reglament havola etiladi. Ushbu reglament asosida kelasi mavsum uchun klublarni licenziyadan o'tkazish tartibi tasdiqlangan. Asosiy mezon sifatida klublar bajarishi shart hisoblangan talab – stadion infratuzilmasini yaxshilash hisoblanadi. Etarli sharoitga ega hamda barcha talablarga mos keladigan stadion – klublarning o'zi ishtirok etayotgan ligada o'ynashini kafolatlaydi.

Ayni damda, faqatgina “Nasaf”, “Paxtakor” va “Lokomotiv” klublarining stadionlari talab darajasidadir va ular o'z uy uchrashuvlarini o'z stadionlarida boshlashi mumkin. Qolgan barcha stadionlar talabga javob bermaydi va ushbu stadionlarda kelgusi mavsum startiga qadar talabga javob beradigan holat kuzatilmasa, uy uchrashuvlarini boshqa stadionlarda o'tkazishlari mumkin. Jumladan, hozirda “Navbahor”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Metallurg”, “So'g'diyona”, “Qizilqum”, “AGMK”, “Neftchi”, “Qo'qon-1912” klublari stadionlari xalqaro standartlarga va talablarga javob bermaydi hamda ushbu klublarga kelgusi mavsum startiga qadar stadionlarini shay holatga keltirishi tavsiya etiladi.

Takidlash joiz, dekabr oyida O'zbekiston Professional Futbol Ligasi xodimlari hamda stadionlar bo'yicha mutaxassislar ushbu stadionlarga tashrif buyurishadi va kelgusi mavsum uchun ushbu stadionlarda qanday ishlar qilinayotganini tekshirishadi. Aynan shu masalada komissiya bugun Andijonga jo'nab ketdi. Mavsum yakunlariga ko'ra Superligaga qaytgan “Andijon” dekabrda kelasi mavsum uchun tayyorgarlikni boshladi. O'zPFL tomonidan tuzilgan komissiya Andijon stadionini tekshiradi va olib borilayotgan ishlarni nazorat qiladi. Ushbu komissiya azolari orasida stadion chimi bo'yicha mutaxassislar ham faoliyat olib borayotganini takidlash lozim. Hozirda Qarshining “Nasaf” stadioni chimi bilan shug'ullanayotgan mutaxassislar Andijonga tashrifi chog'ida mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda ish olib borishadi va ularga stadion maysasini yaxshi holatga keltirish borasida kerakli maslahatlarni berishadi.

SHuningdek, stadionlar bo'yicha mutaxassislar stadion chimlarini yaxshi holatga keltirish bo'yicha klublarga amaliy yordam berishi ko'zda tutilgan. Boisi, stadionlarning holatidan Professional Futbol Ligasi ham manfaatdor va klublarga buning uchun amaliy yordam berishga tayyor.

Malumot uchun, komissiya Andijon shahriga tashrifdan so'ng shuningdek, Farg'ona hamda Qo'qon shaharlaridagi stadionlarni tekshirishadi.

Agarda, stadionlarning sharoiti yaxshilanmasa, klublar kelgusi mavsum oldidan stadionlarini yaxshi holatga keltirmasa, u holda O'zPFL ularga nisbatan jiddiy sankciyalar qo'llashini malum qiladi. Jumladan, yuqorida takidlanganidek, ular uy uchrashuvlarini boshqa stadionlarda o'tkazishadi va klublarga stadion sharoitini yaxshilash uchun malum muhlat beriladi. Agar klublar ushbu muhlat ichida ham sharoitni to'g'irlamasa, ularga nisbatan yanada jiddiy choralar ko'rilishi, Pro-Ligadan tushirib yuborilishi ham ko'zda tutilgan.

SHuningdek, mavsum o'rtasiga kelib stadioni talabga javob bermaydigan holga kelib qolgan klublar ham jiddiy jazolanadilar.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика