So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  193 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

"Paxtakor" sobiq futbolchisi: "Yaponiya va O'zbekiston Osiyo Kubogi finaliga chiqishini istayman" Yangiliklar

"Paxtakor" sobiq futbolchisi: "Yaponiya va O'zbekiston Osiyo Kubogi finaliga chiqishini istayman"

Mazkur uchrashuvdan so'ng Milliy olimpiya qo'mitasi Matbuot va Media departamenti vakillari mutaxassislar fikri bilan qiziqdi.

Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Yaponiyaning "Vanfore Kofu" klubi rahbari, Yaponiya futbol federaciyasi azosi Kazuyuki Umino va "Yaponiya-O'zbekiston" sport va talim bo'yicha associaciyasi raisi, "Paxtakor" va "Buxoro" klubining sobiq futbolchisi Naoya SHibamura bilan uchrashuv o'tkazdi.
 
Mazkur uchrashuvdan so'ng Milliy olimpiya qo'mitasi Matbuot va Media departamenti vakillari mutaxassislar fikri bilan qiziqdi.


 
Kazuyuki Umino: "O'zbekiston futboli so'nggi yillarda yaxshigina kuchayishga erishgan. 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoangiz yil boshida Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi. Musobaqa davomida Yaponiya, Janubiy Koreya kabi terma jamoalar mag'lub etildi. Bu albatta o'zbek futboli rivojlanib borayotganidan dalolat. SHu ruxda davom etsangiz, O'zbekiston Osiyoning etakchi futbol mamlakatiga aylanib oladi.
 
Kuni kecha "Bunyodkor" akademiyasini borib ko'rdik. U erda yaratilgan sharoitlar juda ajoyib. Mana shunday maskanda kuchli futbolchilar etishib chiqishiga aminman.
 
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashuv davomida ko'plab kelishuvga erishdik. Etiborlisi, "Vanfore Kofu" klubi Yaponiyaning oddiy klubidir. Ammo, shunga qaramay janob Ahmadjonov biz bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytib o'tdi. Bu hamkorlik har ikki tomon uchun manfaatli ekanligini eshitganimdan xursandman.
 
Hamkorlik qaysi yo'nalishda olib boriladi? Biz yoshlar futbolida yaqindan hamkorlik qilmoqchimiz. O'zbekistonlik yosh futbolchilar Yaponiyada, yapon futbolchilar esa bu erga kelib malaka oshirishlari, tajriba almashishlari mumkin bo'ladi. Biz nafaqat futbol, balki madaniyat bo'yicha ham hamkorlikni rivojlantirishni istaymiz. Qolaversa, o'zbek futbolchilarining Yaponiya klublariga o'tishini ham istaymiz", - dedi Kazuyuki Umino.



 
Naoya SHibamura: "O'zbek futbolidan yorqin xotiralar qolgan. O'zbekistonlik futbolchilar kuchli hisoblanadilar. Ular yakkakurashlarda yaxshi harakat qiladilar.
 
Osiyo kubogida O'zbekiston va Yaponiya qarama-qarshiligi? Ushbu terma jamoalar musobaqada bir guruhdan o'rin olgani men uchun ahamiyatlidir. CHunki men har ikki mamlakatda ham futbolchi sifatida o'ynaganman. Bugun terma jamoa safida harakat qilayotgan futbolchilar ichida men "Paxtakor"da birga o'ynagan sobiq jamoadoshlarim ham bor. Masalan, Egor Krimecni misol qilib keltirishim mumkin. Har ikki jamoa ham guruhdan chiqadi. Istardimki, ular hal qiluvchi final o'yinida bahs o'tkazsinlar", - dedi Naoya SHibamura.
 
Malumot uchun, SHibamura 2012 yilda Toshkentning "Paxtakor" klubida, 2013 yilda esa "Buxoro" safida harakat qilgan.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика