"Paxtakor" - "Bunyodkor" o'yini prevyusi
29 noy 2018 11:57
Yangiliklar


"Paxtakor" - "Bunyodkor" o'yini prevyusi
Superliganing yakunlovchi turida muxlislar “Paxtakor” va "Bunyodkor" o'rtasidagi Toshkent derbisiga guvoh bo'lishadi.
Toshkentning ikki eng sovrindor jamoasi o'zaro chempionatlar doirasida 25 bor to'qnash kelgan. "SHerlar" 8 bellashuvda zafar quchishgan, 8 o'yinda "Bunyodkor" g'olib chiqqan.
9 uchrashuvda jamoalar durang o'ynashgan. "Paxtakor" maydonidagi uchrashuvlarda 5 g'alaba, 6 durang va 1 mag'lubiyat kuzatilgan. Raqib darvozasiga 23 to'p kiritilib, darvozamidan 26 gol o'tkazib yuborilgan.
Ayni paytda jamoalarning turnir jadvalidagi o'rinlari aniq bo'lib ulgurdi, lekin bu jamoalar o'rtasidagi bellashuvlar hamisha katta qiziqishga sabab bo'lgan.
"Paxtakor" va "Bunyodkor" o'rtasidagi bahs 30 noyabr, juma kuni "Paxtakor" stadionida soat 16:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar