So’nggi yangiliklar

07:00Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7

"Paxtakor" 2,5 milliardlik transferga qo'l urdi Yangiliklar

"Paxtakor" 2,5 milliardlik transferga qo'l urdi

Yangi mavsumga, xususan OCHLga taraddud ko'rayotgan "Paxtakor" o'z tarkibini kuchaytirmoqda.

"Paxtakor" klubi "Nasaf" yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekovning transfer ustida ish olib borayotgani haqida xabar bergandik.

"Paxtakor" Odiljon Hamrobekovning transferini sotib olish bo'yicha "Nasaf"ga rasman taklif bilan chiqqan edi.

SHahboz Beg'amovning malum qilishicha, anchadan buyon davom etayotgan muzokaralar bugun muvaffaqiyatli yakunlangan. Yani tomonlar o'zaro kelishuvga erishishgan.

Rasman tasdiqlanmagan, ammo bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, "Paxtakor" Odiljon Hamrobekovning transferini 2,5 milliard evaziga sotib olmoqda.

Aslida "Nasaf" 2019 yilning so'nggida shartnomasi tugaydigan Hamrobekov uchun 4 milliard so'ragan, "Paxtakor" esa 2 milliard taklif etgan. SHu boisdan muzokaralar uzoq cho'zilgan. Yakunda esa "Paxtakor" "Nasaf"ni 2,5 milliardga ko'ndirishga muvaffaq bo'ldi.

SHuningdek, katta ehtimol bilan "Paxtakor" 2,5 milliard pulga qo'shib Dilshod Rahmatullaevni ham "Nasaf"ga berishi mumkin. Qayd etish kerakki, Dilshod Rahmatullaev avval ham "Nasaf" sharafini himoya qilgan va qarshiliklar safidan "Paxtakor"ga o'tgandi.

Malumot o'rnida, Osiyo CHempionlar ligasi pley-off bosqichida o'ynaydigan "Paxtakor" uchun bugun OCHLda futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun dedlayn, yani oxirgi kun. SHu tufayli ham "sherlar" bugun Hamrobekov masalasini tezroq hal etishga kirishishdi va yakunda kelishuvga erishishdi. Hamrobekovning transfer hujjatlari bugun rasman hal etilishi kutilmoqda.

Qo'shimcha sifatida shuni aytish mumkinki, Hamrobekovning xizmatlariga "Paxtakor"dan tashqari "Navbahor" klubi ham qiziqish bildirgandi. Biroq "Nasaf"ga ko'proq "Paxtakor"ning taklifi qiziqarliroq bo'ldi.


Eslatib o'tamiz, 1996 yilda tug'ilgan asli namanganlik bo'lgan "Nasaf" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Odiljon Hamrobekov 2018 yilda Xitoyda o'tkazilgan Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati g'olibi hisoblanadi. Futbolchi Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan.

Hamrobekov 2013 yildan boshlab "Nasaf" jamoasining asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. Futbolchi "Nasaf" safida ichki chempionatda hozirga qadar 100 uchrashuvda maydonga tushgan va 2ta gol muallifiga aylangan.

Reyting: +83   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика