Bugun Olimpiya terma jamoasi azolari Turkiyada nazorat o'yini o'tkazishadi. Futbolchilarimiz "Istambul Bashakshehir" klubining U-23 jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.
Turkiyadagi yig'in 3 mart kunigacha davom etishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yil Tailandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Saralash bahslari shu yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda o'tkazilib, terma jamoamiz azolari Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalari bilan kuch sinashishadi.