So’nggi yangiliklar

16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  2 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  2 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  16 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  5 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9

O'zbekiston MTJ Turkiyaga uchib ketdi Yangiliklar

O'zbekiston MTJ Turkiyaga uchib ketdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 15-29 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Kecha milliy terma jamoamiz azolari tibbiy tekshiruvdan o'tishdi. Terma jamoa shifokori Abror Pirrievning malum qilishicha, barcha futbolchilarning sog'lig'i joyida. Jarohati bezovta qilayotganlar yo'q.

Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi milliy terma jamoamiz azolari erta tongda Toshkent - Istambul - Antaliya yo'nalishida Turkiyaga jo'nab ketishdi. Futbolchilarimiz 29 dekabrga qadar Turkiyada yig'in o'tkazib, keyin poytaxtimizga qaytib kelishadi. 3 kundan keyin esa Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo'nab ketishadi.


Ushbu yig'inda quyidagi futbolchilar ishtirok etishadi. 


Darvozabonlar:

Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912")
Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
Javohir Ilyosov ("Metallurg")
 
Himoyachilar:
Egor Krimec ("Paxtakor")
Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
Doston Tursunov ("Neftchi")
Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv")
Oleg Zoteev ("Lokomotiv")
Farrux Sayfiev ("Paxtakor")
Akmal SHorahmedov ("Paxtakor")
Davron Hoshimov ("Navbahor")
 
Yarim himoyachilar:

Odil Hamrobekov ("Nasaf")
Odil Ahmedov ("SHanxay SIPG", Xitoy)
Otabek SHukurov ("SHarja", BAA)
Dilshod Rahmatullaev ("Paxtakor")
Fozil Musaev ("Jubilo Ivata", Yaponiya)
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
Aziz Turg'unbaev ("Navbahor")
Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
Jasur Yaxshiboev ("Paxtakor")
Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912")
Ikrom Aliboev ("Seul", Janubiy Koreya)
Eldor SHomurodov ("Rostov", Rossiya)
 
Hujumchilar:
Marat Bikmaev ("Lokomotiv")
Sardor Rashidov ("Lokomotiv")
Ivan Nagaev ("Qizilqum")


Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика