So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  2 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  1 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  39 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Osiyo vice-chempioni, "Nasaf"da porlagan Kenja To'raev hozir qaerda? Yangiliklar

Osiyo vice-chempioni, "Nasaf"da porlagan Kenja To'raev hozir qaerda?

Bu futbolchi o'z yosh toifasida birinchi bo'lib milliy terma jamoadan chaqiruv olgan edi.

Bugun "Ular qaerda" rukni orqali "Nasaf"dagi o'yinlari bilan tanilgan Kenja To'raev haqida fikr yuritishni lozim topdik. O'z vaqtida "Nasaf"da porlab chiqqan istedod sohibi Kenja To'raevni o'zbek futbol muxlislari ichida tanimagan ishqiboz bo'lmasa kerak. Qarshining "Nasaf" jamoasi safida olgan jarohati uning keyingi faoliyatiga ham o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Jarohatlar girdobida tushib qolgan hujumchi orada "Nasaf"dagi o'rnini  boshqa raqobatchilariga boy berdi va terma jamoa murabbiylari etiboridan ham chetga qola boshladi. Vaholanki, u yuqorida aytganimizdek o'z yosh toifasidagi futbolchilar orasidan birinchilardan milliy jamoa libosini kiygan, 2008 yil Mirjalol Qosimov qo'l ostida Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida debyut qilgan edi. 

"Futbolga qadam qo'yishimga akam bilan amakim sababchi bo'lishgan. Akam hamda amakim futbolni haqiqiy shinavandalari bo'lishgan. 2000 yili meni futbol maktabiga olib kelishgan. Alisher va Jasur Ibragimov degan murabbiylar qo'l ostida shug'ullanganman. "2006 yilgi mavsumda "Samarqand" jamoasiga qarshi uchrashuvda o'z debyutimni nishonlaganman. O'shanda jamoaga Bahrom Hakimov boshchilik qilardi. SHu mutaxassis qo'l ostida Oliy ligada debyut qilganman. Bahrom Hakimov, Fomichyov, Borisov kabi mutaxassislarning xizmati katta bo'lgan. Aynan shu murabbiylarning katta ishonchi tufayli Kenja To'raev bo'lib tanilganman",- degan edi qahramonimiz 2016 yil saytimizga bergan intervyusida.

Malumot uchun Alisher Ibragimov Osiyo chempionlari Abduqodir Husanov, Umarali Rahmonaliev, Po'latxo'ja Xoldorxonov kabi futbolchilarning ham birinchi ustozi hisoblanadi. Qaysidir manoda Alisher Ibragimovni chempion murabbiy desak ham bo'ladi. Kenja To'raev 2006 yil Bahrom Hakimov qo'l ostida "Dinamo"ga qarshi o'yinda "Nasaf" tarkibida ilk bor maydonga tushgan. 


Tez orada Ahmad Ubaydullaev ustozlik qilayotgan yoshlar terma jamoasida paydo bo'ladi. 2006 yil porlab chiqqan Kenja To'raev O'zbekiston U-19, U-20 terma jamoalarining muhim azosiga aylana olgan. 2008 yilgi U-19 Osiyo chempionatida finalgacha borgan terma jamoamizning yagona goliga aynan Kenja To'raev mualliflik qilgan edi. 

"Toshkentda o'tgan saralash bosqichida muvaffaqiyatli qatnashdik va Osiyo chempionatiga yo'l olgandik. BAAda bo'lib o'tgan qita chempionatida muvaffaqiyatli qatnashdik, deya olaman. O'shanda biz finalda BAA bilan duch kelgandik. Ammo o'sha hal qiluvchi bahsda g'alaba qozona olmagandik. U payti ancha yosh bo'lganmiz va hissiyotlar, ehtiroslar bo'lmagan",-  degan edi qahramonimiz 2016 yil saytimizga bergan intervyusida.

Bu pallaga kelib  O'zbekiston olimpiya terma jamoasi  London-2012 Olimpiyadasiga saralash o'yinlarida ishtirokini boshlagan, Vadim Abramov uchun bu Pekin-2008 Olimpiadasidan keyingi ikkinchi urinish edi. Kenja To'raev olimpiya terma jamoasida ham yo'qolib qolgani yo'q. So'nggi hal qiluvchi o'yinda BAAga engilganimiz esa yodimizdan chiqmaydigan tarix bo'lib qoldi. 

"Bu hech esdan chiqmaydigan o'yin bo'lib qolgan. G'alaba bizni Londonda bo'lib o'tadigan Olimpiada olib chiqardi. Bor kuchimizni g'alaba sarflash uchun maydonga tushgandik. Nimadirlar sabab bo'lib o'shanda tayyor g'alabani qo'ldan chiqargandik. O'zimizning xatolar va vaziyatlarni ko'kka sovurganimiz bizga pand bergandi. O'shanda ham Ahmad Halil darvozamizga gol urgandi. Bir qadam qolganida biz emas, BAA OTJ maqsadiga erishgandi. Buni uddan chiqarib bo'lmaydi",- deydi Kenja To'raev

Jarohatlar sabab o'yin amaliyotisiz qolgan va diqqat markazidan yo'qolib qolayotgan Kenja To'raev 2016 yil "SHo'rtan"da paydo bo'ldi. O'sha yilning ikkinchi davrasida esa "Mashal"ga yo'l oldi. O'shanda uning muborakliklar safiga o'tishi ikkinchi davraning eng foydali transferi sifatida tilga olingan. 12ta o'yinda maydonga tushgan To'raev 7ta gol urgan, 1ta o'yinda xet-trik qayd etgan.

"Menga keladigan bo'lsak, 2012 yili birinchi turda "Olmaliq" bilan o'yinda olgan jarohatimdan so'ng uzoq muddatga safdan chiqqandim. Undan keyin yana o'ynadim va 2014 yil ham og'ir jarohat oldim. Oxirgi 3 yilda ketma-ket ikki marotaba og'ir jarohat olganim menga pand berdi. Boshqa sababini bilmadim",- degan edi qahramonimiz 2016 yil saytimizga bergan intervyusida.


"Mashal"ga ikkinchi davra boshlanishiga sanoqli kunlar qolganida borganim sabab, jamoaning taktik uslubiga va o'yiniga kirishib ketish biroz qiyin bo'ldi. Dastlabki bahsda 20 daqiqa harakat qildim. Keyin "Metallurg"ga qarshi bellashuvda maydonga tushmadim. Aleksandr Xomyakov esa menga albatta imkoniyat berishini aytib o'tdi. SHundan so'ng "Bunyodkor" bilan o'yinda maydonga tushdim va ishlar yaxshi tarafga qarab ketdi. Avvaliga aytib o'tganimdek, jamoaga ko'nikib va moslashib ketishimga biroz vaqt kerak bo'ldi. "Mashal"ning o'z taktika va falsafasi mavjud. O'zbekistonda 5ta himoyachi bilan o'ynaydigan yagona jamoa "Mashal" hisoblanadi. SHu tariqa jamoaga moslashib ketdim va o'yindan-o'yinga sport formamni yaxshilab bordim",-  degan edi Kenja To'raev 2016 yil saytimizga bergan intervyusida.

Futbolchi faoliyati davomida poytaxt klublaridan takliflar bo'lganini eslaydi:

"Bunyodkor", "Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalaridan ham takliflar bo'lgan. Lekin u vaqti "Nasaf"dan keta olmasdim. Qashqadaryoning o'sha paytdagi hokimi rahmatli Nuriddin Zaynievning hurmatlari tufayli "Nasaf"dan ketmaganman, chunki meni "Nasaf" jamoasining asosiy tarkibiga kirishimga ham rahmatli Nuriddin Zaynievning xizmatlari katta bo'lgan. Aynan shu kishi Bahrom Hakimovga meni asosiy tarkibda o'ynatishni aytgan",- degan edi qahramonimiz 2016 yil saytimizga bergan intervyusida.

Kenja To'raev bugungi kunda qadrdon jamoasi "Nasaf" klubi tizimida murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda. O'tgan mavsumda u Birinchi ligada "Nasaf-Farm"ni Eldor Moyliev bilan birgalikda boshqarishdi. Kenja To'raevning murabbiylik faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz. 

Keyingi xabarlarimizda qaysi futbolchi haqida malumot olishni istaysiz?

Jahon chempionatida qatnashgan, "Paxtakor" bilan sovrinlarni yutgan Ildar Magdeev hozir qaerda?

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика